4. O'quvchining xatti-harakatiga pedagogik reaksiya qilish texnologiyasi.
5. Xulqi va odobi yomon o'quvchi-talabalar bilan ishlash texnologiyasi.
6. Etik himoya texnologiyasi.
7. Muammoli vaziyatlar yaratish texnologiyasi.
8. Pedagogik vosita texnologiyasi.
9. Pedagogik improvizatsiya texnologiyasi.
Pedagogik texnologiya atamasiga har bir didaktik olim o'z nuqtai nazaridan kelib
chiqqan holda ta'rif bergan. Hali bu tushunchaga to'liq va yagona ta'rif
qabul
qilinmagan. Ushbu ta'riflar ichida eng maqsadga muvofig'i YUNESKO tomonidan
berilgan ta'rif sanaladi.
Pedagogik texuologiya - ta'lim shakllarini optimallashtirish maqsadida o'qitish
va bilimlarni o'zlashtirish jarayonining inson salohiyati va texnik resurslarni qo'llash,
ularning o'zaro ta'sirini aniqlashga imkon beradigan tizimli metodlar majmuasidir.
Shuningdek, texnologiya deganda, subyekt tomonidan obyektga ko'rsatilgan ta'sir
natijasida subyektda sifat o'zgarishiga olib keluvchi jarayon tushuniladi. Texnologiya
har doim zaruriy vositalar
va sharoitlardan foydalanib, obyektga yo'naltirilgan aniq
maqsadli amallarni muayyan ketma - ketlikda bajarishni ko'zda tutadi.
Yuqorida keltirilgan tushunchalarni o'quv jarayoniga ko'chiradigan bo'lsak,
o'qituvchi(pedagog)ning o'qitish vositalari yordamida o'quvchi-talabalarga muayyan
sharoitlarda ko'rsatgan tizimli ta'siri natijasida ularda jamiyat uchun zamr bo'lgan va
oldindan belgilangan ijtimoiy sifatlarni intensiv tarzda
shakllantiruvchi ijtimoiy
hodisa yoki boshqacha aytganda, o'qituvchi tomonidan o'qitish
vositalari yordamida
o'quvchilarga ta'sir ko'rsatish va bu faoliyat inahsuli sifatida ularda oldindan belgilab
olingan shaxs sifatlarini shakllantirish jarayoni deb ta'riflash mumkin. Professor
N.Sayidahmedovning
fikricha, «Texnologiya — bu shaxsni o'qitish, tarbiyalash va
rivojlantirish qonunlarini o'zida jo qiladigan va yakuniy natijani ta'minlaydigan
pedagogik faoliyatdir». Texnologiya tushunchasi regulyativ (tartibga solib turuvchi)
ta'sir etish kuchiga ega bo'lib, erkin ijod qilishga undaydi:
samarador o'quv-bilish faoliyatining asoslarini topish; uni ekstensiv (kuch,
vaqt, resurs yo'qotishga olib keladigan .jimirasiz) asosdan ko'ra intensiv
(jadal). mumkin qadar, ilmiy iMisda qurish;
talab etilgan natijalarni kafolatlaydigan
fan va tajriba yutuqlari- I
H I
loydalanish;
o'qitish davomida tuzatishlar ehtimolini loyihalash metodiga i ivungan holda
yo'qotish;
ta'lim jarayonini yuqori darajada axborotlashtirish va zaruriy harakatlarni
algoritmlash;
texnik vositalarni yaratish. ulardan foydalanish metodikasini o'zlashtirish va
boshqalar.
Texnologiya murakkab jarayon sifatida qator o'qitish
bosqichlaridan, o'z
navbatida, bu bosqichlarning har biri o'ziga xos amallardan iborat bo'ladi. Amal —
o'qituvchining sinfda mavzu bo'yicha o'quv elementlarini tushuntirish borasidagi
bajargan ishlar yig'indisi bo'lib, o'qitish jarayonining
shu bosqichida tugallangan
qismini tashkil etadi.
Dostları ilə paylaş: