Мавзу: Бошлангич синфларда "Кейс" технологияси асосида таълим



Yüklə 0,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/33
tarix25.10.2022
ölçüsü0,79 Mb.
#66157
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   33
boshlangich sinflarda keys texnologiyasi asosida talim samaradorligiga erishish

Choshanov). 
Pcdagogik texnologiya-o'quv jarayonining o'quvchilar va o'qituvchi uchun so'zsiz 
qulay sharoitlar ta'minlashni loyihalash, (tashkil qilish va o'tkazish bo'yicha hamma 
detallari o'ylab chiqilgan birgalikdagi pedagogik faoliyat modeli (V.M. Monaxov). 
Pedagogik texnologiya-texnika resurslari, odamlar va ularning o'zaro ta'sirini 
hisobga olgan holda ta'lim shakllarini optimallashtirish vazifasini qo'yuvchi o'qitish va 
bilimlarni o'zlashtirishning hamma jarayonlarini yaratish, qo'llash va aniqlashning 
tizimli metodi bo'lib ta'limni modernizatsiyalashda harakatlantiruvchi kuchdir 
(YUNESKO). 
Pedagogik texnologiya – pedagogik maqsadlarga erishish uchun foydalaniladigan 
barcha shaxsiy, uskunali va metodologik vositalarning tizimli yig'indisini va ularni 
amal qilish tartibini bildiradi ( M . V.KIarin). 
Pedagogik texnologiya, bu-so'zsiz rioya qilish evaziga eng yuqori natijani 
kafolatlaydigan ko'rsatmalar emas, balki qonuniyatlar bo'lib, ularning amaliy 
ahamiyatidan iborat (V.Yu. Pityukov). 
Pedagogik texnologiya – bu tizimli fikr yuritish usulini pedagogikaga singdirish, 
boshqacha qilib aytganda, pedagogik jarayonni muayyan bir tizimga keltirishdir 
(T.Sakomoto). 
Pedagogik texnologiyaning mohiyati didaktik maqsad, talab etilgan o'zlashtirish 
darajasiga erishishdan iborat bo'lib, uni tatbiq etishni hisobga olgan holda ta'lim 
jarayonini ilgaridan loyihalashtirishda namoyon bo'ladi (U. Nishonalieyv). 
Pedagogik texnologiya-bu o'qituvchi (tarbiyachi)ning o'qitish (tarbiya) vositalari 
yordamida o'quvchi (talaba)larga rnuayyan sharoit va ketma-ketlikda ta'sir ko'rsatish 
va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan sifatlarni shakllantirish 
jarayonidir ( N . Sayidahmedov). 
Pedagogik texnologiya-bu jamiyat extiyojidan kelib chiqib, shaxsning oldindan 
belgilangan sifatlarini samarali shakllantiruvchi va aniq maqsadga yo'naltirilgan o'quv 
jarayonini tizim sifatida qarab, uni tashkil etuvchilar, ya'ni o'qituvchi (pedagog)ning 


o'qitish vositalari yordamida tahsil oluvchilarga ma'lum bir sharoitda muayyan ketma-
ketlikdan ko'rsatilgan ta'sirini va ta'lim natijasini nazorat jarayonida baholab beruvchi 
texnologiyalashgan ta'limiy tadbirdir ( B . G ’ . Ziyomuhamedov). 
Pedagogik texnologiya bu — obycktiv, moddiy jarayon. Agar biz o'quv-tarbiya 
jarayonidan uning obyektiv, moddiy (substansiyalik) jihatini ajrata olsak, shunda biz 
texnologiyaga, eng kamida, uning tafsilotiga ega bo'lamiz (V.K. Dyachenko). 
Pedagogik texnologiya- bu o'qitishga o'ziga xos yangicha (innovatsion) 
yondashuvdir. U pedagogikadagi ijtimoiy-muhandislik tafakkurining ifodalanishi,
texnokratik ilmiy ongning pedagogika sohasiga ko'chirilgan tasviri, ta'lim 
jarayonining muayyan standartlashuvi hisoblanadi (B.L.Farberman). 
Pedagogik texnologiya – turli mualliflar (manbalar)ning barcha ta'riflari 
mazmunini o'zida mujassam etuvchi umumlashtirishdan iborat (G.K. Selevko). 
"Texnologiya" tushunchasi keng ma'noda insonning barcha antropogen faoliyati 
natijasida mahsulot yaratilishi jarayonlarini qamrab oladi. Texnika va texnologiya, 
sanoat va transport, mashinasozlik va aviatsiya, kimyo va metallurgiya, tibbiyot va 
farmatsevtika, qishloq xo'jaligi va chorvachilik, umuman, yaratuvchanlik va ijodkorlik 
mehnati va metod, usul, vosita hamda jarayonlar majmuasini ifodalash uchun shu 
kungacha cheklanmagan miqyosda foydalanib kelinayotgan ushbu atamaning mazmun 
va mohiyati keng ko'lamga ega bo'lib qoldi. Pedagogik jarayonlar uchun tatbiq 
qilinuvchi texnologiyaning an'anaviy va noan'anaviy, tarixiy, klassik, yangi va 
zamonaviy turlari farq qilinmoqda. Asosiy maqsad - shaxsning ta'lim va tarbiyasi 
hamda uning aqlan va jismonan rivojlanishi bilan bog'liq kasbiy faoliyat ekanligini 
nazarda tutsak qanday nomlanishidan qat'iy nazar, pedagogik texnologiya komil inson 
tushunchasiga mazmunan singib ketishi lozim. 

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin