Мавзу: Бошлангич синфларда "Кейс" технологияси асосида таълим


Pedagogik texnologiyaning asoslari



Yüklə 0,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/33
tarix25.10.2022
ölçüsü0,79 Mb.
#66157
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   33
boshlangich sinflarda keys texnologiyasi asosida talim samaradorligiga erishish

Pedagogik texnologiyaning asoslari. Pedagogik texnologiya eng murakkab 
jarayon-insonning ta'lim-tarbiyasi bilan shug'ullanishda asosiy vosita bo'lganligi 
tufayli ham uning asoslari ham shaxs murakkabligi kabi xilma-xildir. Ular orasida 
tarixiy, nazariy, ijtimoiy, falsafiy, metodologik, pedagogik, didaktik, fiziologik, 
gigienik, iqtisodiy, mafkuraviy, huquqiy-me'yoriy, amaliy va boshqalar farq qilinadi. 
Umuman, pedagogik texnologiyaning vujudga kelishi ilmiy jarayon sifatida qaraladi. 
Pedagogik texnologiya o'quv predmeti va fan sifatida o'zining hayotdagi munosib 
o'rnini egallab bormoqda. «Pedagogik texnologiya», «Yangi pedagogik 
texnologiyalar», «Zamonaviy pedagogik va interfaol texnologiya», «Axborot va 
innovatsion texnologiyalar», «Ta'lim texnologiyasi», «Texnika», «Mahorat», 
«Axborot texnologiyasi», «Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari», «Ta'lim 
metodlari», «Tarbiya metodlari», «Pedagogik mahorat» kabi atamalar, tushunchalar
maxsus va tanlov kurslari, o'quv predmetlari shakllanib va ularning mazmun-mohiyati 
o'zgarib turmush va amaliy faoliyatga shiddat bilan kirib kelmoqda. Umumpedagogik 
tushunchalar tizimida texnologiya muammosiga ilmiy yondashish kuchaymoqda. 
Pedagogik texnologiya va pedagogik faoliyat hamda o'qituvchi professiogrammasi bir 
butun jarayon yoki hodisa tarzida tasavvur qilinadi. Shu nuqtai nazardan, pedagogik 
texnologiya va pedagogik mahorat o'zaro qondosh-egizakdir. Pedagogik texnologiyani 
o'qitish jarayonida qo'llash – sifat va samaradorlikning yetakchi omillaridan biridir. 


Pedagogik texnologiyaning o'z tarkibi va mazmuni bo'yicha takomillashuvi
uning kasbiy faoliyat sifatida samaradorligining ortishi uzluksiz davom etadi. Bunday 
dinamik jarayon ta'lim tizimida sodir bo'ladigan o'zgarishlar bilan garmonik tarzda 
kechadi. 
Pedagogik texnologiyaning umumiy tavsifi va tarkibiy mazmuni uning ijtimoiy 
hodisa ekanligida namoyon bo'ladi va ta'lim-tarbiya masalalari bilan bog'liq maqsad 
va vazifalar, motiv va ehtiyojlar, talab va manfaatlar, qiziqish va xohishlarni amalga 
oshirishda ro'y- rost ko'rinadi. 

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin