Мавзу: Бошлангич синфларда "Кейс" технологияси асосида таълим



Yüklə 0,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/33
tarix25.10.2022
ölçüsü0,79 Mb.
#66157
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   33
boshlangich sinflarda keys texnologiyasi asosida talim samaradorligiga erishish

 
 
 
 
 
 
 
 


1.2. Pedagogik texnologiyalarning mazmun mohiyati. 
Pedagogik texnologiya amaliyotga joriy etish mumkin bo'lgan ma'lum pedagogik 
tizimning loyihasi hisoblanadi. 
Pedagogik texnologiya-ta'lim texnologiyasi, yangi pedagogik tajriba, yangi 
pedagogik texnologiya, pedagogik texnologiya, axborot texnologiyasi, yangi tajriba
ta'lim-tarbiya metodlari tushunchalarini qamrab oladi. Demak, pedagogik texnologiya 
didaktik vazifalarni samarali amalga oshirish, shu sohadagi maqsadga erishish yo'li 
bo'lib hisoblanadi. 
Bugungi 
kunda 
mamlakatimizda 
mutaxassislarning 
ilmiy 
salohiyatini 
birlashtirishga imkoniyatlar yetarli darajada. Pedagogik texnologiyani pedagogika 
fanining alohida tarmog'i sifatida yoki faqat ta'lim amaliyotini maqbullashtirishiga 
yo'naltirilgan tizim deb qarash mumkin emas. Pedagogik texnologiya bu sohadagi 
nazariy va amaliy izlanishlarni birlashtirish doirasidagi faoliyatni aks ettiradi. Avvalo, 
pedagogik texnologiya nimani anglatadi? 
1. Pedagogik texnologiya o'quv-tarbiya jarayoni uchun loyihalanadi va belgilangan 
maqsadni yechishga qaratiladi. Har bir jamiyat shaxsni shakllantirish maqsadini aniq 
belgilab beradi va shunga mos holda ma'lum bir pedagogik tizim mavjud bo'ladi. Bu 
tizimga uzluksiz ravishda ijtimoiy buyurtma o'z ta'sirini o'tkazadi va ta'lim- tarbiya 
maqsadini umumiy holda belgilab beradi. Maqsadi esa pedagogik tizimning qolgan 
elementlarini, o'z navbatida, yangiiash zaruratini keltirib chiqaradi. 
2.Bugungi kunda fan-texnikaning rivojlanishi bilan inson faoliyati chegarasi 
nihoyatda kengayib boryapti, yangi texnologiyalar kirib kelmoqda. Sifat o'zgarishlari 
shundan dalolat beradiki, endilikda yangi metodikalarni talab etadigan va ta'lim 
jarayonining ajralmas qismiga aylanib borayotgan, unga o'zining ma'lum 
xususiyatlarini joriy etadigan yangi texnikaviy, axborotli, audiovizual, audial vositalar 
ham mavjud bo'lib, ular pedagogik texnologiyalarni real voqelikka aylantirdi. 
Pedagogik texnologiya mohiyat-e'tibori jihatidan boshqa texnologiyalar bilan bir 
safda turadi, chunki ular ham boshqalari qatori o'z xususiy sohasiga, metodlari va 
vositalariga egadir. Biroq pedagogik texnologiya inson ongi bilan bog'liq bilimlar 


sohasi sifatida murakkab va hammaga ham tushunarli bo'lmagan pedagogik jarayonni 
ifoda etishi bilan ishlab chiqarish va axborotli texnologiyalardan ajralib turadi. Uning 
o'ziga xos xususiyati — tarbiya komponentlarini mujassamlashtirganidir. 
Pedagogik texnologiya boshqa sohalardagi texnologik jarayonlar bilan uzluksiz 
boyib boradi va an'anaviy o'quv jarayoniga uning samarasini oshirishga ta'sir 
ko'rsatishning yangi imkoniyatlarini egallab oladi. O'quv-tarbiyaviy jarayonni 
texnologiyalashtirish tarixiy voqelik va jarayondir. Axborotlashtirish bu jarayondagi 
inqilobiy burilish va uning muhim bosqichidir. Oddiy til bilan aytganda, ta'lim 
tiziniida axborot texnologiyasi — bu «o'quvchi yoki talaba — kompyuter» o'rtasidagi 
muloqotdir. 
Axborotli texnologiya pedagogik texnologiyaning tarkibiy qismi bo’lib, u ta'lim 
jarayonida texnik vositalarning mukammallashgan zamonaviy turi sifatida qo'llana 
boshlandi. Axborot texnologiyalari insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida ham 
mavjud bo'lgan. Hozirgi zamon axborotlashgan jamiyatining o'ziga xos xususiyati 
shundaki, sivilizatsiya tarixida birinchi marta bilimlarga erishish va ishlab chiqarishga 
sarflanadigan kuch energiya, xomashyo, materiallar va moddiy iste'mol buyumlariga 
sarflanadigan xarajatlardan ortiq bo'ldi, ya’ni axborot texnologiyalari barcha mavjud 
texnologiyalar va xususan yangi texnologiyalar orasida yetakchi o'rin egallamoqda. 
Axborot texnologiyalarining rivojlanishida aqliy mehnat vositalarining o'zgarishi 
bilan bog'liq ikkita axborot inqilobi hal qiluvchi ta’sir ko'rsatdi. Birinchi inqilob kitob 
bosishning paydo bo'lishi bilan ro'y berdi va telefon, telegraf, radioning ixtiro qilinishi 
bilan chuqurlashdi. Ikkinchi inqilob elektron-hisoblash mashinalari (EHM ) n i n g
paydo bo'lishi va tez tarqalishi, E H M lokal tarmoqlarining yaratilishi, axborot 
resurslarini boshqarish tizimlarining tashkil etilishi bilan bog'liqdir. Shu bois yaqin 
kelajakda respublikamizdagi mavjud barcha o'quv yurtlari dasturli mashinalar bilan 
yetarli darajada ta'minlash muammosi paydo bo'ldi. Shundagina axborotli texnologiya 
asosida talabalarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish imkoniyati tug'iladi 
va u o'qituvchining yaqin ko'makdoshiga aylanadi. 


Ta'lim-tarbiya jarayoniga pedagogik texnologiyalarni qo'llash, avvalo, pedagogik 
munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratizatsiyalashni talab etadi. Chunki 
pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratizatsiyalashni amalga 
oshirmay
turib qo'llangan har qanday pedagogik texnologiya kutilgan samarani 
bermaydi. 
Pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratlashtirish asosidagi 
pedagogik texnologiya avtoritar texnologiyaga qarama-qarshi bo'lib, pedagogik 
jarayonda hamkorlik, g'amxo'rlik, ta'lim oluvchilar shaxsini hurmat qilish va e'zozlash 
orqali shaxsning tahsil olishi, ijod bilan shug'ullanishi va o'zini-o'zi rivojlantirishiga 
qulay ijtimoiy va psixologik muhit yaratadi. Mazkur jarayonda talaba o'z o'quv 
faoliyatining subyekti sanaladi va pedagog bilan hamkorlikda yagona ta'lim 
jarayonining subyekti ta'lim-tarbiya vazifalarini hal etadi. 
Umuman, pedagogik texnologiya o'quv jarayoni va uning ishtirokchilari bilan 
bog'liq barcha maqsadli sa'y-harakatlar yig'indisini anglatishi lozim. 
Hozirgi kunda uning mavjud ta'riflari juda ko'p va xilma-xildir: 
Texnologiya – biror ishda, mahoratda, san'atda qo'llaniladigan usullar va yo'llar 
yig'indisi (Izohli lug'at). 
Texnologiya – ishlov berish, ahvolni o'zgartirish san'ati, mahorati, qobiliyati
metodlar yig'indisi (V.M.Shepel). 
Pedagogik texnologiya-o'qitishning, ta'limning shakllari, metodlari, usullari, 
yo’llari tarbiyaviy vositalarning maxsus yig'indisi va komponovkasi (joylashuvi)ni 
belgilovchi psixologik tartiblar (ustanovka)lar majmuasi; u pedagogik jarayonning 
tashkiliy-uslubiy vositalaridan iborat (B.T.Lixachev). 
Pedagogik texnologiya-o'qituvchi mahoratiga bog'liq bo'lmagan holda pedagogik 
muvaffaqiyatni kafolatlay oladigan, o'quvchi shaxsini shakllantirish jarayonining 
loyihasidir (V.P.Bespalko). 
Pedagogik texnologiya-ta'limning rejalashtiriladigan natijalariga erishish jarayoni 
tafsiloti ( L P . Volkov). 


Ta'lim texnologiyasi – didaktik tizimning tarkibiy jarayonli qismi ( M .

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin