Mаvzu: boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi fan sifatida


Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida qo’llaniladigan metodlar



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə25/81
tarix16.06.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#131416
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   81
Mаvzu boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi fan (2)

3.Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida qo’llaniladigan metodlar
Ona tilini o’qitishda o’qituvchi bilan o’quvchining birgalikdagi faoliyatini tashkil etish shakllari, metodlari va usullari ta’lim tizimining takomillashuvi bilan bog‘liq holda rivojlanib, yangilanib bormoqda.
“Metod” – o’qituvchi va o’quvchilar hamkorligida tashkil etilayotgan ta’lim jarayonida qo’yilgan maqsadga erishish usulidir. Lekin u tadqiqotchilar tomonidan turlicha sharhlanadi.
Metodika – shaxsga bilim berish, uning ma’lumotini oshirish, ta’lim samaradorligini ta’minlashga xizmat qiluvchi fanlar majmuidir. XIX-XX asrlarning oxirgi yillariga qadar o’qitish metodlari sifatida tushuntirish-bayon metodi, suhbat metodi, analiz-sintez metodi, mustaqil ish metodi, induktiv va deduktiv metodlar ona tili ta’limi darslarini tashkil etishda ko’proq qo’llanilib kelindi.
Bayon qilish metodi ona tili darslarida qo’llangan asosiy metodlardan biri bo’lgan. Bunda o’qituvchi bayon qilishdan oldin o’quvchilarning o’rganilayotgan mavzu yuzasidan bilimlarini aniqlabolgan. Bu o’quvchilarni o’qituvchi bayonini kuzatib, tinglab borishga, faol bo’lishga undagan. O’qituvchining bayoni, ya’ni bayon qilishmetodida grammatik mavzuning xususiyatidan kelib chiqib, o’qituvchi ma’lumotlarni o’z so’zlari bilan bayon qilib bergan. Bunda o’qituvchi zimmasiga o’rganilayotgan grammatik mavzuning muhimo’rinlarini aniq, lo’nda, misollar tahlili bilan izchil bayon qilibberish vazifasi yuklangan. Boshlang‘ich sinflarda bayon qilish metodi o’quvchilarning yoshi va eslab qolish holatidan kelib chiqqan holda 3-5 daqiqaga mo’ljallangan. Bayon qilish metodini qo’llash holatlari hozir ham uchraydi.
Suhbat metodi boshlang‘ich sinflarda ona tilini o’qitishda keng qo’llaniladigan va shu bosqich o’quvchilari tabiatiga mos metod sanaladi. Suhbat metodi savol-javob metodi deb ham yuritilgan. Suhbat metodi o’qituvchidanmavzuning xususiyatini o’zida aks ettirgan o’quv materialini topishni, grammatik mavzuning muhim belgilarini aniqlash, ularning o’xshash va farqli jihatlariniajratish,o’xshash va farqli jihatlariga qarabguruhlash, umumlashtirishga, xulosa chiqarishga yo’naltirilgan savollar tuzishni, ularni o’quvchilarga izchil beribborishni talabetadi.
Boshlang‘ich sinflarda suhbat metodining muammoli o’qitish metodi sifatida qo’llanilishi ta’limda o’quvchilarni faollashtirishga katta ta’sir ko’rsatadi. Muammoli o’qitish metodiga amerikalik pedagog va psixolog Dj. Dyun
1894 yilda asos solgan. Bu metodning maqsadi ilmiy tushunchalarni o’zlashtirishga yordam berishgina emas, balki o’quvchilarning bilish qobiliyatini ham rivojlantirish, ijodiy qobiliyatlarini o’stirish hamdir. Bunda suhbat davomida o’qituvchining topshirig‘i bilan o’quvchining oldiga biror muammo qo’yiladi va darsda muammoli vaziyat yaratiladi. Bu muammoni o’quvchi oldin egallagan bilimlari asosida hal etadi. Boshlang‘ich sinf o’quvchilarining hayotiy tajribalari kamligi sababli o’qituvchi muammoni hal qilishga yordamlashuvchi savollar beradi. Muammoni o’quvchi hal qila olmasa, uni o’qituvchining hal qilishiga to’g‘ri keladi. Shuning uchun boshlang‘ich sinfda muammoli o’qitish metodi yarim izlanishli metod deb ham yuritiladi. Masalan, muammoli o’qitish metodini leksik-semantik va grammatik mashqlarni tashkil etishda ham qo’llash mumkin. Bu metoddan 1-sinfdan boshlab foydalanish mumkin. Bu metodni “Tovush va harf” mavzusini o’rganayotganda tovushning so’z ma’nosini farqlashdagi vazifasini tushuntirishda, “So’z ma’nosi”, “Nutq va gap” mavzularini o’rganishda ham qo’llash mumkin. Masalan, “So’z ma’nosi” mavzusini o’rganish uchun xattaxtaga turli ma’nodagi, ya’ni turli so’z turkumiga kiradigan so’zlar aralash holda yozib qo’yiladi. O’quvchilar bilan qo’yidagicha savol-javob tashkil qilinadi:

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin