8-mavzu. Boshlang‘ich sinfda matematika o‘qitishni tashkil qilish shakllari. Boshlang‘ich sinfda matematika darsining tuzilishi va dars tizimi. Dars, dars mazmuni, texnologik xaritalar tuzish. Muammoli dars va uni tashkil qilish usullari. Darsni tahlil qilish.
9-mavzu. Boshlang‘ich sinf matematikadan darsdan tashqari mashg‘ulotlarni tashkil etish. Ta’limning darsdan tashqari yordamchi shakllari (to‘garak, matematika kechasi va boshqa turlari); o‘zlashtirmaydigan o‘quvchilar bilan ishlash; o‘quvchilar uy vazifalari, uni tashkil qilishga qo‘yilgan talablar; xatolar ustida ishlash, o‘quvchilar bilimini tekshirish metodlari; darsdan tashqari mashg‘ulot turlari, Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matematika darslarida yosh xusutsiyatlariga mos tarixiy ma’lumotlarni o‘zlashtirishi mazmuni.
10-mavzu. Xalqaro baholash dasturi mazmuni. TIMSS xalqaro baholash dasturi mazmuni bilan tanishish. TIMSS topshiriqlari mazmuni. Bilish, qo‘llash, mulohaza yuritishga doir topshiriqlar.
3-MODUL: BOSHLANG‘ICH SINFLARDA ONA TILI KURSI.
1-mavzu. Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi fanining predmeti va vazifalari. Ona tili o‘qitish tamoyillari, ona tili o‘qitish metodikasining boshqa fanlar bilan aloqadorligi.
2-mavzu. Boshlang‘ich sinflarda interfaol ta’lim metodlari Ta’limning interfaol usullar, grafikli organayzerlar, interfaol ta’lim sifat kafolati.
3-mavzu. Ona tilidan Davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi mazmuni. Ona tili ta’limi orqali o‘quvchilarning tayanch va fanga oid kompetentsiyalarini shakllantirish usullari. Nutqiy kompetentsiyalar va lingvistik kompetentsiyalarga DTSda qo‘yiladigan ta lablar.
4-mavzu. Kichik yoshdagi o‘quvchilar nutqini o‘stirish yo‘llari va vazifalari. Nutq va uni o‘stirish tushunchasi. O‘quvchilar nutqiga qo‘yilgan talablar.
5-mavzu. Kichik yoshdagi o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarash elementlarini shakllantirishda ona tilini o‘rgatishning ahamiyati.
Ona tilini o‘rgatishning lingvistik asoslari. Boshlang‘ich ta’limda ona tilini o‘rgatishning mazmuni va vazifalari.