9. Ifodali o‘qishning metodik shartlari qaysi javobda ifoda etilgan? A. Asarning jozibasini saqlab emostional o‘qish, yozuvchining niyatiga mos ravishda o‘qish.
B. Nafasni to‘g‘ri olish va to‘g‘ri sarflash, tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilish va burro gapirish, adabiy talaffuz normalariga rioya qilish.
D. Asar mazmuni va kahramonlarining xatti-harakatini tahlil qilish: pauzaning o‘rnini, urg‘uning tempini belgilash.
E. O‘qishni mashq qilish, ichda o‘qish.
10. 1-sinf o‘quvchilarining o‘qish malakasi qaysi bosqichga to‘g‘ri keladi? A. Bo‘g‘inlab o‘qish bosqichiga.
B. Harflarni qo‘shgan holda bo‘g‘inlab o‘qish bosqichiga.
D. Bo‘g‘inlab sidirg‘a o‘qish bosqichiga.
E. Sidirg‘a o‘qish bosqichiga.
11. 3-sinf o‘quvchilarining o‘qish malakasi qaysi bosqichga to‘g‘ri keladi? A. Sidirg‘a o‘qish bosqichiga
B. Harflarni qo‘shgan holda bo‘g‘inlab o‘qish bosqichiga.
D. Bo‘g‘inlab o‘qish bosqichiga.
E. Bo‘g‘inlab sidirg‘a o‘qish bosqichiga.
12. 2-sinf o‘quvchilarining o‘qish malakasi qaysi bosqichga to‘g‘ri keladi? A. Harflarni qo‘shgan holda bo‘g‘inlab o‘qish bosqichiga.
B. Bo‘g‘inlab sidirg‘a o‘qish bosqichiga.
D. Bo‘g‘inlab o‘qish bosqichiga.
E. Sidirg‘a o‘qish bosqichiga
13. To‘g‘ri o‘qishga berilgan qaysi ta’rifni noto‘g‘ri deb bilasiz? A. Materialning tovush tomonidan xatosiz va bir tekisda ravon nusxa ko‘chirish to‘g‘ri o‘qish deyiladi.
B. So‘zdagi tovushni, bo‘g‘inni tushirib qoldirmay yoki ortiqcha tovush qo‘shmay o‘qish to‘g‘ri o‘qish deyiladi.
D. Adabiy talaffuz normalariga rioya qilgan holda o‘qish to‘g‘ri o‘qish deyiladi.
E. Xato qilmasdan, yanglishmasdan o‘qish to‘g‘ri o‘qish deyiladi.
14. Boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida qaysi o‘qish turlaridan foydalaniladi? A. Ichda o‘qish va shivirlab o‘qishdan
B. Shivirlab o‘qish va ovoz chiqarib o‘qishdan
D. Ichda o‘qishdan
E.Ichda o‘qish, shivirlab o‘qish va ovoz chiqarib o‘qishdan