Mаvzu: boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi fan sifatida


Ona tilidan bilim, ko‘nikma va malakalarni tеkshirish



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə45/81
tarix16.06.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#131416
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   81
Mаvzu boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi fan (2)

1.Ona tilidan bilim, ko‘nikma va malakalarni tеkshirish.
Bilimlarni o'zlashtirishda didaktik talablardan biri bilimlarni o'quvchilar qanday o'zlashtirganini muntazam tekshirib va baholab borish hisoblanadi. Tekshirish o'quvchilaming bilim sifatlarini, shakllantirilgan malakalardan qanchalik foydalanishini aniqlashni ta’minlaydi. Bu, o'z navbatida, o'quvchilaming yangi materialni o'rganishga tayyorligini aniqlash, shuningdek, qo'llanilgan metod va usullaming samaradorligini baholashga, ish metodlariga ayrim o'zgartirishlar kiritishga imkon beradi. Tekshirish o'quvchilar uchun, birinchidan, to'g'ri shakllantirilgan bilimlarni mustahkamlashga xizmat qiladi, ikkinchidan, ish sifatini yaxshilaydi, o'z-o'zini tekshirishni o'stiradi.
Maktab tajribasida tekshirish og‘zaki va yozma shaklda amalga oshiriladi; bilimlarni kundalik mavzuga oid va yakuniy tekshirish tatbiq etiladi. Boshlang'ich sinflarda ona tilidan bilim, ko'nikma, malakalar og'zaki va yozma shaklda tekshirilsa-da, bir umumiy baho qo'yiladi. Bunda o'quvchilaming grammatik aniqlik, imlo qoidalarini bilishlari, so'zni va gapni tahlil qila olishlari, bilimni yozma nutqqa (diktant, bayon, inshoga) tatbiq eta olishlari hisobga olinadi. O'quvchilar yozma ishlarni qanday bajarganliklari muntazam tekshirib boriladi. O'qituvchi 1-sinfda o'quvchilaming barcha yozma ishlari (uy va sinf ishlari)ni tekshiradi. Boshqa sinflarda yangi mavzu o'rganilgan davrdagi yozma ishlarni tekshiradi, boshqa vaqtda tanlab tekshiradi. Ona tilidan yozma tekshirish uchun asosan diktant, bayon, insho, shuningdek, grammatik, so'z yasashga oid, leksik va imloga oid topshiriqlami bajarish, tekshiruv ko'chirib yozishdan foydalaniladi. Yakunlovchi tekshirish uchun har bir chorakda bir marta tekshiruv ishi o'tkaziladi. Bulardan tashqari, o'quv yili davomida bir necha martadan diktant, grammatik topshiriqli yozma ishlar, test, bayon va insho o'tkaziladi. Tekshirish ishlarining hajmi quyidagicha bo'lishi mumkin.



Tekshiruv diktanti, grammatik topshiriq, bayon va insho uchun baho me’yori boshlang'ich sinflar ona tili dasturida aniq berilgan.
Test:
1. Ona tili mashg‘ulotlarini tashkil etishda qanday reja turlaridan foydalaniladi?
A) Yillik va yarim yillik reja
B) Haftalik reja
D) Kunlik reja
E) Rejalashtirilmaydi

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin