73
2. Fan uchun xususiy bo‘lgan tushuncha atama va qonuniyatlarni o‘zlashtirish unsurining
tarkibini tashkil qilib, ilmiy tilda bayon etiladi.
3. Fanga tegishli ma’lum hodisalar ularning sonli nazariyalari asosida tushuntiriladi.
4. Tavsiflashning yuqori darajali umumlashmasidan foydalanilgan
holda amalga oshirish
bilan belgilanadi.
Matematika o‘quv predmetining ilmiylik darajasi va va bu parametrlar yordamida
o‘quvchilar bilim sifatini baholash uchun koeffitsent kiritiladi. O‘quvchilar tomonidan
matematikani qay darajada o‘zlashtirish ularning faoliyatiga bog‘liq. Faoliyat ko‘rsatma vositasida
yoki ko‘rsatmasiz mustaqil ravishda bajariladi. Mahsuldor faoliyat ma’lum pedagogik ko‘rsatmalar
asosida tashkil etiladi, biroq bu yerda harakatlar ketma –ketligi, tartib qoidalari ayni vaziyatda
yangilangan yoki hech kimga ma’lum bo‘lmagan usullar vositasida amalga oshadi. Yuqorida tilga
olingan o‘zlashtirish darajasini aniqlash uchun munosib testlar ishlanishi kerak. TEST- bu biror bir
faoliyatni bajarish uchun ma’lum darajadagi bilimni jamlashga qaratilgan topshiriqlardir. Testni
to‘g‘ri bajarilganligini o‘lchash va baholash maqsadida har bir testda ekspert metodi yordamida
etalon ishlab chiqiladi. Etalon yordamida test yechimiga olib keladigan
jiddiy amallar sonini
aniqlash qiyin emas o‘quvchining javobi etalon bilan solishtirilgach, testning sifatli bajarilganligi
to‘g‘risida tegishli xulosaga kelinadi va to‘g‘ri yechilgan amallar soni yordamida o‘zlashtirish
koeffisenti aniqlanadi.
Shunday qilib pedagogik aylanmaga o‘quvchilarni tajribani o‘zlashtirish koeffisenti
yordamida aniq hisoblash metodikasini kiritish pedagogik texnologiyaning muhim tamoyillaridan
birini ifodalashga imkon beradi. Bu ta’limning tugallanganlik tamoyilidir. Mazkur tamoyil
maktabda o‘qitish jarayonini samarasiz kechishi borasidagi muammolarning yechimi va
yo‘nalishlarini izlab topish imkonini beradi.
Didaktik masalalarning uchinchisi –,,ta’lim mazmuni“
yoki axborotlarning muayyan
majmuasi bo‘lib, ular yordamida yosh avlodga umuminsoniy va milliy tajribalar uzatiladi.
Ma’lumki bilimlarning o‘quvchilar tomonidan egallanishi ularning xususiy o‘quv faoliyati
natijasi tufayli ro‘y beradi. Har qanday o‘quv faoliyati umumiy loyiha bo‘yicha quriladi va
tuzatuvchi harakatlarni mujassamlashtiradi. Bu harakatlarni o‘quvchilar bevosita o‘qituvchi va
darslik yordamida bajarishlari mumkin. O‘zlashtirish o‘quv harakatlarini alohida o‘zlashtirishning
ma’lum bosqichida namoyon bo‘ladi. Chunonchi, mo‘ljalli harakatning bajarilishi va o‘quv
topshiriqlarning o‘zlashtirilishi quyidagicha ta’minlanadi:
a)o‘quvchilarning o‘qituvchi tomonidan berilgan tayyor topshiriqlarning mohiyatini
tushunib yetishlari;
b)ularning topshiriqlarni faol qabul qilishlari;
d)o‘quvchilarning mustaqil ravishda o‘quv topshiriqlarni bajarishlari;
e)ular tomonidan muayyan o‘quv topshiriqlarining mustaqil ravishda bajarilishi.
O‘quv faoliyatining muhim tavsifnomalaridan biri uning natijasidir. Yechimning ob’yektiv
to‘g‘riligi, natijani olgunga qadar sodir etilgan harakat va qadamlar soni, vaqt sarfi, sub’ekt uchun
faoliyatning
muhimligi, uning yakunidan o‘quvchining qanoatlanishi sarflangan aqliy va jismoniy
kuch hajmi va boshqalar o‘quv faoliyatining samarali yakunini ko‘rsatuvchi omillar hisoblanadi.
Darsliklar asosiy o‘qitish vositasi bo‘lib, ular o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va
malakalarning shakllanishida yetakchi o‘rinni egallaydigan rasmlar, chizmalar, mashqlar va
topshiriqlar tizimi bilan boyitilgan. Darslik o‘quvchilarning tafakkur olamini kengaytirishda,
matematika faniga bo‘lgan qiziqishini orttirishga, o‘quv- tarbiya jarayonini
tashkil etishda hamda
samaradorligini oshirishda qo‘llaniladigan eng muhim vositalaridan biridir.
Boshlang‘ich sinf matematika darsliklari o‘quvchilarga matematik bilimlar beribgina
qolmasdan, balki dunyoqarashini shakllantirishga, onglilik, vatanparvarlik kabi yuksak axloqiy-
tarbiyaviy fazilatlarni ham tarkib toptirishga yo‘naltiriladi.
Ta’lim jarayoniga kirib kelayotgan ta’limni pedagogik texnologiyalar asosida
boshlang‘ich sinf matematika darslarini o‘qitish bilan bog‘liq ilg‘or, tajribali o‘qituvchilar
tajribasiga tayangan holda yangi adabiyotlar va o‘quv- uslubiy majmualar yaratildi.
74
Darsliklar ta’lim texnologiyalarini dars jarayonida tadbiq etishda katta ahamiyatga ega
bo‘lib, o‘quvchilarning puxta bilim olishi va ijodiy samaradorligini oshirishda muhim o‘rin tutadi.
Umumta’lim maktablari o‘quv jarayonida uzviylikni ta’minlashi uchun har bir o‘qituvchi
quyidagi ishlarni bajarishi va hisobga olishi zarur:
- o‘quv rejadagi darslarni, mavzularni va uning soatlarda
taqsimlanishini mukammal
o‘rganib chiqib, mos imkoniyatlarni tanlash hamda o‘zi va o‘quvchilar uchun qulay sharoitlarni
yaratish;
- sinfda darsni to‘g‘ri tashkil etish va boshqarish;
- zamonaviy pedagogik texnologiyalar va ularning tadbiqi bo‘yicha
- darslarda o‘quvchilarning ta’lim- tarbiya olish imkoniyatlarni kengaytirish orqali hayotiy
tasavvurini rivojlantirish;
- o‘qituvchi o‘z ustida tinmay ishlab ijodiy imkoniyatlarini kengaytirib borishi;
- darsda va maktabda rag‘batlantiruvchi o‘quv metodlarini yaratish;
- o‘qitishda yuqori darajada samara bergan innovatsion pedagogik texnologiyalarni
amaliyotda qo‘llab, muntazam takomillashtirib borish.
Ana shu shartlarni o‘qituvchi o‘z faoliyatiga singdirib,
uni amalga oshira olsagina,
o‘qitishda yuqori samaradorlikka erishishi mumkin bo‘ladi.
Uzviylik ta’lim - tarbiya jarayoning ketma-ketlikka tashkil etilishini ifodalovchi muhim sifat
bo‘lib, u ma’lum bosqichda avvalgi bosqich o‘quv faoliyati mazmunini tashkil etuvchi bilim,
ko‘nikma va malakalarning mustahkamlanishi, kengaytirilishi va chuqurlashtirilishini ta’minlaydi.
Ta’limdagi uzviylikni maxsus adabiyotlarni o‘rganish natijasida quyidagi turlarga bo‘linishi
mumkin:
1. Uzluksiz ta’lim turlari orasidagi uzviylik;
2. O‘quv fanlari orasidagi uzviylik;
3. Matematika darslaridagi mavzular orasidagi uzviylik;
4. Darsni tashkil etish va uni o‘tkazish jarayonidagi uzviylik;
Boshlang‘ich ta’limda matematika darslarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha quyidagi
tartibda o‘quv jarayoni amalga oshirilsa, o‘qituvchi uzviylikning muvaffaqiyatli ta’minlanishiga
erishishi mumkin:
1.O‘quvchilarning oldin o‘zlashtirgan
bilimlarini takrorlash;
2. O‘quvchilarning diqqatini jalb qilib o‘quv jarayonida ularni faollashtirish;
3. Olingan bilimlar asosida yangi egallashga tayyorlash;
4. Yangi bilim, ko‘nikma va malakalarni bayon qilish;
5. Yangi bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash uchun mustaqil ishlarni tashkil etish;
6. O‘tilgan material bilan yangi bilimlarning o‘zaro bog‘liqligini misol va masalalar yechish
jarayonida ko‘rsatish;
7. Darsga olingan bilimlarni umumlashtirish va kutilayotgan natijaga erishish;
8. Uyga vazifa berish;
Bu bosqichlarni har birida interfaol metodlarini qo‘llab o‘quv ishini tashkil etilsa, ta’lim
samaradorligi ortadi, buni tajriba tasdiqlamoqda.
Dostları ilə paylaş: