14
b) YAngi mavzuni o’rganishga tayyorgarlik maqsadida tashkil qilinadigan mashq dalillarni, o’quvchilar tajribasidan ko’p
marta o’tgan omillarni faollashtirish vazifasini o’taydi. Ish shu yo’sinda tashkil etilganda, bolalarning jonli nutqi tilni-mavzuga
oid ta’rif, qoida, aniqliklarni o’zlashtirish laborotoriyasiga aylanadi. Bola nutqi tildan oldinda xarakat qilib “Nutqdan tilga qarab
borish” tamoyilining amal qilishiga olib keladi.
v) YAngi o’quv informatsiyalarini idrok etish jarayonida tashkil qilinadigan mashqlar yangi ta’rif, qoida, aniqliklarni
o’rganish xodisalariga xamkorlik qilib, o’quvchilar tafakkurini, hotirasini kompleks faollashtirish vazifasini bajaradi.
CHiqarilgan hulosa ijodiy faoliyat maxsuli, o’quvchining o’zi kashf etgan bilim sifatida ongda to’planadi. Xamrox mashqlarni
bajarish jarayonida o’quvchi ta’lim jarayoni sub’ektiga aylanadi.
g) YAngi o’quv materiali tushuntirilgach yoki bolalarning o’zlari mustaqil o’rgangach, o’tkaziladigan mashq mustaxkamlash
vazifasini bajaradi. SHu yo’l bilan bolalar xozir o’rganilgan bilimlarni berilgan o’quv xolatlariga tatbiq qilishadi. O’quv
xolatlari yangi, rang-barang bo’lsa, mustaxkamlash xam ijodiy jarayonga aylanadi. SHunday qilib, dastlabki dars tipida
ahborotlarni to’plash va ularga dastlabki ishlov berish ketma-ket, bir-biri bilan uzviy bog’langan xolda o’tkazilsa, mashq
qilishning samaradorligi oshadi.
“Undalma” mavzusida o’tkaziladigan ikkinchi mashg’ulot “O’tganlarni takrorlash va malaka xosil qilish” tipidagi darsdir.
Dars 5-8-topshiriqlar bo’yicha mashq o’tkazishga mo’ljallangan bo’lib, uch hil didaktik vazifani-o’qituvchi o’z oldiga qo’ygan
maqsadni amalga oshirish bilan yakunlanadi: oldingi darsda o’rganilgan ta’rif, qoida, aniqliklarni ongli esga tushirish, esga
tushirilgan bilimlarni berilgan o’quv xolatlariga tatbiq etish, undalma to’g’risidagi bilimlarni yangi ahborotlar bilan boyitish.
Bilimlarni yangi ahborotlar bilan boyitishga kumulyatsiya deb aytiladi.
Dars-5-topshiriq asosida mashq o’tkazish va uning natijasini taxlil etish bilan boshlanadi. Bolalar mashq qila turib,
undalmaning ta’rifini esga tushirishadi: undalmalarni gaplarning egalariga taqqoslashib, ularning farqlarini ajratishadi;
undalmalarning gapdagi o’rinlarini aniqlab, ularning o’qish tehnikasini hotirlaydilar; tinish belgilarini qo’yib, gaplarni
ko’chirishadi. Bular undalma to’g’risidagi bilimlarni faol esga tushirish vazifasini o’taydi. Mashq qila turib, o’rganilgan
bilimlarni esga keltirish faol ta’limning asosiy talablaridan biri bo’lib, bilimlarni tezkorlik bilan o’quv xolatlariga tatbiq eta olish
malakasining poydevori sanaladi.
6-topshiriq asosida ijodiy mashq o’tkaziladi. Uni ijodiy diktant shaklida tashkil etsa xam bo’ladi. Buning uchun o’qituvchi
gaplarni diktovka qilib turadi, bolalar esa undalmalarni gaplarning boshi yoki ohiriga kiritib, yozishadi (masalan, Bolalar,
qaynatilmagan suvni ichmang!).
7-topshiriq asosida o’tkaziladigan mashq xam ijodiy bo’lib, o’quvchilar berilgan o’quv xolatlariga mos undalmali bog’li nutq
tuzishadi.
8-topshiriq bo’yicha xam ijodiy mashq qilinadi. Bolalar bir-biridan intervyu olib suxbat matnini yaratishadi. Bu kelajakda
o’quvchilarning dialog va monolog axamiyatini anglashlarini ta’minlaydi. Berilgan topshiriqlar asosida mashq qilish
o’quvchilarning undalmaga oid bilimlarni malaka darajasida o’zlashtirishlarini ta’minlaydi.
Ikkinchi dars tipida-o’tganlarni takrorlash va malaka xosil qilish mashg’ulotida so’z yasashga doir mashqlar, asosan, ikki
bosqichda o’tkazilishini eslab qolmoq zarur.
1. Bilimlarni ongli esga tushirish maqsadida, darsning dastlabki bosqichida mashq o’tkazish. Mashqlardan shu yo’sinda
foydalanish bilimlarni yangi o’quv sharoitlariga ijodiy tatbiq etish uchun zamin xozirlaydi.
2. Bilimlarni turli o’quv xolatlariga tatbiq etish bosqichi. Darsning bu bosqichida o’tkaziladigan mashqlar bolalarda
malakalarning rivojlanishiga, faoliyatdagi tezkorlikka, topshiriqlarni sifatli bajarishga, ko’nikmalarni malaka darajasiga
ko’tarishga olib keladi. SHular bilan birga, o’tganlarni takrorlash va malaka xosil qilish darslarida o’quvchilarning
takrorlanayotgan o’quv materiali doirasida bilimlari yanada kengayadi. Bu kumulyatsiya xodisasinining amal qilishi natijasidir.
Zero, berilgan topshiriqlar asosida mashq qilish jarayonida bolalar mavzuga oid dalillarning yangi-yangi qirralarini xam, oldin
xis qilmagan tomonlarini xam anglashadi. Kumulyatsiya xodisasi mashq qilish uchun tanlangan topshiriqlar qancha ijodiy
tuzilgan bo’lsa, shuncha samarali amal qiladi.
“Undalma” mavzusida o’tkaziladigan navbatdagi mashg’ulot bilim va malakalarni umumlashtirish tipidagi darsdir. Bu
tipdagi darslarda ma’lum mavzu yoki bo’lim bo’yicha o’zlashtirilgan bilimlar tushuncha darajasida umumlashtiriladi, bo’lim
bo’yicha yakuniy hulosalar chiqariladi.
Bilim, malakalarni umumlashtirish darslari darsning boshqa tiplaridan chiqariladigan hulosalari kengligi, mazmundorligi
jixatdan farq qilishi bilan birga material tomondan xam, o’zlashtirish darajasi bilan xam ajralib turadi. Bu dars tipida
umumlashgan savollar (Undalmaning ta’rifi, o’ziga hos barcha hususiyatlarini kim misol keltirib isbotlay oladi?), umumlashgan
topshiriqlar (O’zingiz undalmali gap tuzib, uni undalmaning ta’rifi, o’ziga hos belgilari jixatdan to’liq taxlil qiling),
umumlashgan jadvallardan foydalaniladi.
Bilim, malakalarni umumlashtirish darslari ikki jabxasi jixatidan axamiyatlidir:
mavzu yoki bo’lim bo’yicha umumlashgan
Dostları ilə paylaş: