Mavzu: "boshlang’ich sinflarda tekshiruv diktanti va uni tashkil qilish"



Yüklə 94,65 Kb.
səhifə2/9
tarix19.12.2023
ölçüsü94,65 Kb.
#184652
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Ro\'zmetova Sabohat OTO\'M Kurs ishi

Kurs ishining maqsadi: Bo`lajak boshlang`ich sinf o`qituvchisining kasbiy faoliyatida ona tili ta'limida diktant va uning turlari ustida ishlash malakalarini shakllantirish mustahkamlash borasida fikr-mulohazalarni yuritish
Kurs ishining obekti: Boshlangʻich sinflarda taʼlimiy diktant va uni tashkil etish jarayoni
Kurs ishining predmeti: Boshlangʻich sinflarda taʼlimiy diktant tashkil etishda qo‘llaniladigan metodlar, usullar, vositalar
Kurs ishining vazifalari:
– Diktant turlarini tavsiflash,
- Diktantdagi xatolar tasnifi va bеlgilanishini yoritib bеrish,
- baholash mеzonlarini ishlab chiqish va hakozo.


I BOB. SAVOD O’RGATISH DAVRIDA O`QUVCHILARNI DIKTANT YOZISHGA O`RGATISH MASALALARI
1.1. Savod o'rgatish davrida o'quvchilarni o'qish va yozishga o'rgatish masalalar
Ma’lumki, savod o’rgatish, o’qish darslarining asosiy vazifasi o’quvchilarga tovush va harfni tanishtirish, ularning to’g’ri talaffuzini o’rgatish orqali bolalarda to’g’ri, ongli, ifodali o’qish ko’nikmalarini shakllantirishdan iborat. SHuningdek, o’quvchilar lugatini boyitish, boglanishli nutqini o’stirish, bilimini boyitish, mavxum tafakkurini shakllantirish, eshitish, qabul qilish sezgisini o’stirishda ham bu davr mas’uliyatliligi bilan alohida o’rin tutadi.
Tayyorgarlik davri o’qishda o’rgatish uchun zamin hozirlaydi. Bu davrda bolalarda o’zgalar nutqing eshitish, diqqatni to’plash, til birikmalarini (tovush, bo’gin, so’z, gap) farqlash, ajratish, ularning vazifalarini anglash kabi xususiyatlar shakllanadi. Bular o’quvchilarniig o’qishni muvaffaqiyatli egallashlariga yordam beradi.
O'qish va yozish — nutq faoliyatining turi. Maktabda o'qitish o'qish va yozishga o'rgatishdan boshlanadi. ,,Alifbe"ga suyangan holda qisqa vaqt ichida o'quvchilar o'qish va yozishga o’rganadilar.
Savod o'rgatish davrtda o'qish va yozish harakatini maqsadga muvofiq ravishda bajara olish o'qish va yozish ko'nikmasi deyiladi.Ushbu ko'nikma bilimni talab qiladi, chunki har qanday ko'nikmalarsiz shakllanmaydi. Bilim ko'nikmaga aylanmagan bo'lishi iiuimkin. Masalan, bola v harfining elementlarini, yozuv chiziqlari bo’ylab qanday joylashtirilishini bilib, uni daftarda yoza olmasligi yoki o'quvchi harflarni tanib, ularni o'qiy olmasligi mumkin. ko’nikmasini hosil qilish uchun boshqa faoliyat turlari, ya'ni yozish jarayonida partada to'g'ri o'tirish, ruchkani barmoqlar orasida tutitsh, daftarni qiyalikda qo'yish kabilar ham o'rgatiladi.
O'qish va yozish ko'nikmasi takomillashtirila borib, malakaga aylantiriladi.
Malakaning shakllanishi uchun bir faoliyat bir necha marta takrorlanishi lozim.
Yozish malakasida o'quvchi ruchkani qanday uhlash, qanday yurgizish haqida o'ylab o'tirmay, so'z va gaplarni yoza boshlaydi. Demak, o'qish va yozish malakasi harakatning o'ylab o’tirmay amalga oshirilish jarayonidir. Malaka o'qitishning keyingi bosqichlarida mustahkamlanib, avtomatlashish darajasiga yetkaziladi.
O'qish va yozish kishi nutq faoliyatining turi bo'lib, u nutqqa oid malakadir. O'qish malakasi ham, yozish malakasi ham nutq faoliyaiiniiig boshqa turlari bilan, ya'ni og'zaki hikoya qilish, o'zgalar nutqini eshitish orqali anglash, ichki nutq bilan uzviy bog'liq holda shakllantirldi. O'qish va yozish malakasi biri ikkinchisining muvaffaqiyatli amalga oshuvini ta'minlaydi. Shuning uchun ham o'qishga o'rgatish bilan yo-zuvga o'rgatish parallel olib boriladi va bu faoliyat muntazam ravishda mashq qildiriladi. Shunday ekan, savod o'rgatish jarayonida bola juda ko'p o'qishi va yozishi zarur. O'qish uchun ham, yozish uchun ham yangi matn olinadi, chunki bir matnni bir necha bor qayta o'qish bilan maqsadga erishish qiyin. Bu ko'pincha o'qilgan matnni yuzaki yodlab olishga olib keladi. Takroriy faoliyatda vaziyat va mazmunning almashinishi malakani mustahkamlashga yordam beradi, qobiliyatni o'stiradi. O'quvchi oldida uzoq muddatda amalga oshadigan maqsad — o'qish va yozishni o'rganish hamda hozirda bajarishi shart bo'lgan kundalik maqsad — topishmoqni o'qish va javobini topish, so'z va gaplarni o'qish, rasm asosida so'zlab berish kabilar turadi.
O'zbek tili yozuvi tovush yozuvi, ya'ni fonematik yozuvdir. Har bir tovush uchun, har bir fonema uchun maxsus grafik shakl (harf) olingan. O'qishda grafik shakllar tovushga aylantirilsa, yozuvda aksincha, tovushlar harflarga aylantiriladi. Bu o'qish va yozish faoliyatida o'quvchi uchun qiyinchilik tug'dirgandek tuyulsa-da, aslida o'qish va yozish jarayonini soddalashtiradi, chunki tilimizdagi tovushni ifodalovchi harflar soni uncha ko'p emas. O'qish va yozishni o'zlashtirish uchun tovush va harflarning o'zaro munosabatiga oid qoidalarni o'zlashtirish kifoya. Savod o'rgatish metodikasida o'zbek tili tovushlar va harflar tizimining o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olish talab etiladi.
O'zbek tilining tovush tizimi va yozuvi. O'zbek tili yozuvi fonematik yozuv hisoblanadi. 1993-yil 2-sentabrdagi ,,Lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosini joriy etish to'g'risida"gi qonunga muvofiq o'zbek tili yozuvi uchun lotin grafikasi asos qilib olindi. Nutqning har bir tovushi uchun unga mos grafik shakl qabul qilindi.
O'qituvchi savod o'rgatish jarayonida o'quvchilarni tovush va harflar bilan tanishtirishda, ularni sintezlab o'qishga o'rgatishda o'zbek tilining fonetik xususiyatlarini hisobga olishi zarur.
Savod o'rgatish analitik-sintetik tovush metodiga asosan olib boriladi. So'z bo'g'inga bo'linadi, bo'g'indan kerakli — o'rganilayotgan tovush ajratilib olinadi, tahlil qilinadi, o'rganiladigan harf bilan sintezlanadi, shu asosda harf va butun o'qish jarayoni o'zlashtiriladi. Bunda o'zbek tili grafik tizimi, tovushlarni yozuvda belgilash xususiyatlari hisobga olinadi. Savod o'rgatishda o'zbek tili grafik tizimining quyidagi xususiyatlarini hisobga olish muhim ahamiyatga ega:
Savod o'rgatishda tovush-harf bilan tanishtirish unlilardan bosh-lanadi. Hozirgi o'zbek tilida 6 ta unli fonema mavjud: a, o, i, e, u, o`.
E harfi so'z va bo'g'in boshida qo'llanadi (ekin, echki, aeroplan), undoshdan keyin o'rta keng lablanmagan unli tarzida o'qiladi (kel, tez). Savod o'rgatishda oldin so'z boshida keladigan e, so'ngra undoshdan keyin keladigan e tovush-harfi bilan tanishtiriladi. O harfi o'zbekcha, umumturkiy so'zlarda quyi keng, lablangan o lovushini ifodalaydi, ruscha-baynalmilal so'zlarda urg'usiz bo'g'inda a tarzida (botanika), o` tovushi kabi (tonna), qisqa i tarzida (traktor) ta-talaffuz qilinadi. Shuning uchun bu unli qatnashgan ruscha-baynalmilal so'zlar savod o'rgatish davridan so'ng o'quv jarayoniga kiritiladi.
Alifbo davrida undosh tovushlar bilan boshlash maqsadga muvofiqdir. Chunki sonor tovushlarni bo'g'in va so'z tarkibidan ajratib olish oson. Lekin ng sonor undoshi n va g undosh tovushlari va harflari bilan tanishtirilgach, o'rgatiladi. Harf birikmalarini o'rgatishdagi qiyinchilik hisobga olingan holda, ularning alifbe davrining oxirgi bosqichida o'rganilishi maqsadga muvofiqdir.J harfi ikki tovushni ifodalaydi, shuni hisobga olib, unga alohida darslar ajratiladi. Birinchi darsda portlovchi j tovushini o'rgatish, talaf-liizini tushuntirish, analitik-sintetik mashqlar yordamida ko'nikmalar liosil qiliinadi, keyingi darsda esa sirg'aluvchi j tovushi va uning talaffuzi o'rgatiladi. So'ng bu ikki tovushning talaffuzidagi farq taqqoslash usuli orqali tushuntiriladi. Berilgan bilim analitik-sintetik mashqlar yordamida mustahkamlanadi. Sh tovushini ifodalovchi sh harf birikmasi ham s va h harfi bilan, ch tovushini ifodalovchi ch harf birikmasi h harfi bilan tanishtirilgach,o'rgatiladi. O'quvchilar bu harf birikmalarini bir yaxlit tovushli sifatida o'qish va yozishga ko'nikishlari lozim. Bu davrda s'h (is'hoq) tarzida o'qiladigan holatga to'xtalmaydi. Jarangsiz jufti bor jarangli undoshlar talafluzi (b—p, d~t, v—f, g~k, Z~s kabi) haqida dastlabki amaliy tiishunchaiar hosil qilinadi, utaniing talaffuzi va yozilishiga e'tibor qaratiladi.
X va h tovushlarining talaffuzi va imlosi haqida ham dastlabki tishunchaiar beriladi, ularni farqlash bo'yicha maxsus mashqlar ham uyushtiriladi. Tutuq belgisi (') unli tovushdan so'ng kelsa, uni cho'zib talaffuz qilishga, undosh tovushdan so'ng kelsa, undoshni unlidan ajratib talaffuz qilishga xizmat qilishi haqida ham tiishunchalar berilib, asta-sekin uni qo'llashga doir ko'nikmalar shakllantiriladi.
Savod o'rgatish jarayonida harflarning 4 xil (bosma, yozma, bosh va kichik) shakli va ularning ishlatilish o'rni o'rgatiladi. O'quvchilarni o'qishga o'rgatish bo'g'in asosida olib boriladi. Bo'g'inlab o'qishga o'rgatish uchun sozni bog'inga bo'lish, bo'g'in chegarasini aniqlashni o'rgatish muhim sanaladi. Savod o’rgatish davrida o'quvchilar so'zlarni bo'g'inlarga to'g'ri ajrata olsalar. o'qish ko'nikmasini ham yaxshi egallaydilar. Talaffuzi yozilishiga mos kelmaydigan tovushlar ishtirok etgan so'zlar oldin orfografik, so'ngra oifoepik o'qib beriladi va ularning o'qilishi bilan yozilishi taqqoslanadi. O'quvchilar muayyan darajada tushunchaga ega bo'lganlaridan so'ng orfoepik o'qish mashq qilinadi.
O'qish ham, yozish ham murakkab nutq faoliyati hisoblanadi. Bu jarayonlar kichik yoshdagi o'quvchidan iroda, aql, hatto jismoniy harakatni ham talab qiladi.
Kichik yoshdagi o'quvchini o'qishga o'rgatishda quyidagilar kuzatiladi:

  1. Bola o'qish paytida bitta harfni ko'radi, uni bilish uchun rasmlarni ko'z oldiga keltiradi, rasmlarni yoki boshqa harflarni eslaydi, esga tushirgach, uni aytishga oshiqadi, biroq o'qituvchi aytishga yo'l qo'ymaydi, undan bo'g'inni aytishni talab qiladi. O'quvchi ikkinchi harfni eslab olguncha, birinchisi esdan chiqib qoladi yoki ularni qo'shib bo'g'in, bo'g'indan so'z hosil qilguncha, o'qish jarayoni sustlashadi.

  2. Boshlang'ich ta'limning asosiy vazifalaridan biri o'quvchilar nutqini o'stirishdir. Nutq o'stirish uch yo'nalishda: so'z ustida ishlash, so'z birikmasi va gap ustida ishlash, bog'lanishli nutq ustida ishlash orqali amalga oshirilishi metodik adabiyotlarda qayd etilgan.





Yüklə 94,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin