Mavzu: "boshlang’ich sinflarda tekshiruv diktanti va uni tashkil qilish"



Yüklə 94,65 Kb.
səhifə3/9
tarix19.12.2023
ölçüsü94,65 Kb.
#184652
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Ro\'zmetova Sabohat OTO\'M Kurs ishi

1.2 Diktant turlari haqida ma’lumot
Boshlang'ich sinflarda ta’limiy diktantning quyidagi turlaridan foydalanish mumkin:
1. Lug‘at diktanti.
2. Saylanma diktant.
3. Ko'rsatuv diktanti.
4. YODDAN YOZUV DIKTANTI.
5. Ta’kidiy diktant.
6. Izohli diktant.
7. Ijodiy diktant.
8. Erkin diktant.
Tekshiruv diktanti. Diktantning bu turida o'quvchilar so‘zlarni qanchalik o‘zlashtirganlarini sinash, tekshirish maqsadida o‘tkaziladi. Quyida har qaysi turdagi diktantni o‘tkazish metodikasi berildi.
LUG'AT DIKTANT
Lug‘at diktanti o'rganilgan imlo qoidalarini mustahkamlash, o‘quvchilar so‘z boyligini oshirish maqsadida o'tkaziladi. Bundan tashqari, o‘rganilgan imlo qoidalarining o'quvchilar tomonidan qanchalik o‘zlashtirilganini sinash, hisobga olish maqsadida ham o‘tkazilishi mumkin. Lug'at diktant uchun o‘rganilgan imlo qoidasi asosida yoziladigan so'zlar, so'z birikmalari yoki turli narsalar va ularning rasmlaridan ham foydalanish mumkin. Agar tayyor so'z va so'z birikmalari yozdiriladigan bo'lsa, dastlab ularning ma’nosi, talaffuzi va yozilishi suhbat orqali izohlab tushuntiriladi. So'ng, har bir so'z alohida-alohida aytib yozdiriladi.
Diktantda turli narsalar yoki ularning rasmlaridan ham foydalaniladi. Bunda ish quyidagicha tashkil etiladi: — tanlangan narsalarning rasmlari yoki o'zi tartib bilan o'quvchilarga ko'rsatiladi. O'quvchilar rasmda ko‘rsatilgan narsalarning nomini yozib, orasiga vergul qo'yadilar. Ish shu tarzda davom etadi. O'quvchilar yozganlarini o'qib, xatolarini imlo lug'atiga qarab yoki o'zlari mustaqil to'g'rilaydilar, keyin esa o'qituvchi tomonidan tekshirib, baholanadi. Lug'at diktanti 2-sinfda 8 so'zdan, 3-sinfda 10—12 so'zdan, 4-sinfda 12—15 so'zdan iborat bo'lishi mumkin.
SAYLANMA DIKTANT
Saylanma diktant o‘rganilgan grammatik va imlo qoidalarini mustahkamlashga, ularni amalda qo'llashda yordam berish bilan birga, o'quvchilar rnavzuni qav darajada o'zlashtirganliklarini aniqlashga ham imkon beradi. Diktantning bu turida o'quvchi matnning yoki gaplarning hammasini yozmay, o‘rganilgan qoidalar asosida yoziladigan so'zlar yoki so‘z birikmalarinigina saylab yozadi, shuning uchun ham u saylanma diktant deyiladi. Saylanma diktant quyidagicha o'tkaziladi: o'qituvchi «Diktantlar to‘plami»dan o‘rganilgan qoidaga mos so'zlar, gaplar ko'proq ishtirok etgan matnni tanlaydi.
Matn darsdan oldin doskaga yozib qo'yiladi (ko'chma yozuv doskasidan foydalanish ham mumkin). O‘qituvchi matnni bir marta o'qib bergach, matn tahlil qilinib, o'rganilgan qoida asosida yoziladigan so'zlar yoki so'z birikmalari aniqlanadi va qoida takrorlanib, mustahkamlanadi. Keyin matn bir o'quvchiga o'qitilib, bolalar diqqati doskadagi yozuvga jalb qilinadi. Shundan so'ng doska parda bilan berkitib qo'yiladi va o'qituvchi bolalarga ta’kidlaydi: — Men doskaga yozilgan gaplarni tartib bilan o'qiyman. Sizlar men o'qigan gaplarni to'liq yozmay, takrorlangan qoidaga muvofiq bo'lgan so'z va so'z birikmalarinigina saylab yozasizlar. Agar gapda shu qoida asosida yoziladigan so'z yoki so'z birikmasi bo'imasa, bu gapni butunlay yozmaysizlar.
O'quvchilar saylanma diktantni yozib bo'lgach, doskadagi matn o'qituvchi rahbarligida o'qitiladi va tekshiriladi: o'qituvchi saylab yozish lozim bo'lgan so'z yoki so'z birikmasining tagiga chizadi, o'quvchilar yozganlarini doskadagiga solishtirib tekshirib, xatolarini tuzatadilar.
Masalan, 3-sinfda «Talaffuzda tushib qoladigan undoshlar» mavzusini mustahkamlash bilan shu mavzu yuzasidan o'quvchilar bilimini sinash, qanday o'zlashtirganliklarini aniqlash maqsadida quyida berilgan «Samarqand» matnidan foydalanib, saylanma diktant o'tkazish mumkin.

Yüklə 94,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin