Mavzu: "boshlang’ich sinflarda tekshiruv diktanti va uni tashkil qilish"



Yüklə 94,65 Kb.
səhifə4/9
tarix19.12.2023
ölçüsü94,65 Kb.
#184652
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Ro\'zmetova Sabohat OTO\'M Kurs ishi

KO'RSATUV DIKTANTI
Ko'rsatuv diktanti boshlang'ich sinflarning hammasida o'tkaziladi. Buning uchun o'tilgan mavzuga doir matn «Diktantlar to‘plami»dan tanlanadi va darsdan oldin husnixat qoidalariga rioya qilgan holda doskaga yozib qo'yiladi. Matn bir marta shoshmasdan, ifodali qilib o'qib beriladi. Suhbat (savol-javob) yordamida tushuntiriladi va o'rganilgan qoidalar eslatilib, matn mazmuni mustahkamlanadi. Shundan so'ng matn vaqtincha berkitib qo'yiladi va aytib yozdiriladi. Matnni aytib yozdirib bo'lgach, doskadagi matn ochiladi. O'quvchilar yozganlarini doskadagi matnga taqqoslab, yo'l qo'ygan xatolarini to'g'rilaydilar.
Masalan, 2-sinfda nutq va gap haqida tushuncha hosil qilinganidan keyin quyidagi matn asosida ko'rsatish diktanti o'tkazish mumkin.
O'Z DIKTANT YOKI YODDAN YOZUV DIKTANTI
O'z diktant yoki yoddan yozuv boshlang'ich sinflarning hammasida o'tkaziladi. Bu diktant turini o'quvchilar juda sevib, qiziqib bajaradilar. O'z diktant uchun sinf o'quvchilarining saviyasiga mos kichik bir parcha (yoki biror she’riy to'rtlik) tanlanadi. Tanlangan matn doskaga yozib qo'yiladi. Matnni avval o'qituvchi o'qib beradi. Matndagi bolalar uchun tushunarsiz so'zlarga izoh berib, imloga doir qoidalar takrorlanadi. Shundan so'ng matn uch-to'rt bolaga o’qitilgach, yod olishlari uchun bir necha daqiqa vaqt beriladi. O'quvchilar matnni yodlab olgach, doskadagi matn berkitiladi. Ular yodlaganlari asosida yozib bo'lganlaridan so'ng matn ochiladi. O'quvchilar yozganlarini doskadagiga taqqoslab tekshiradilar va xatosini tuzatadilar. Diktant o'tkazish usulidan ko'rinib turibdiki. matn aytib yozdirilmaydi, balki o'quvchilar matnni yodlaydilar va mustaqil yozadilar. Shuning uchun ham u o'z diktant yoki yoddan yozuv diktanti deyiladi.
O'z diktant imloga oid ma’lumotlarni singdirish, o'quvchilarning og'zaki va yozma nutqlarini o'stirish, xotiralarini mustahkamlashga yordam beradi. «Diktantiar to'plami»da yoddan yozuv uchun ham matnlar berilgan bo’ladi. O'rganilgan mavzuni mustahkamlash maqsadida «Ona tili» darsligidagi matndan foydalanib o'z diktant o'tkazilganda, matnni doskaga yozish shart emas. O'z diktant o'tkaziladigan matnni uyda yodlab kelishni topshirish ham mumkin. O'z diktant yozdirishda o'qituvchi quyidagi qo'shimcha topshiriqlarni ham berishi mumkin:
- matndagi otlarning tagiga to'g'ri chiziq chizish,
- ayrim so'zlarni bo'g'in ko'chirish qoidasiga ko'ra bo'laklarga ajratib yozish, matndagi fe’llarni aniqlab,
-tagiga ikki chiziq chizish va hokazo.
O'z diktant o'quvchilarga matn ustida ishlash malakasining shakllanishiga ham yordam beradi va shu bilan birga ularning xotirasini mustahkamlaydi.

Yüklə 94,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin