Mavzu: "boshlang’ich sinflarda tekshiruv diktanti va uni tashkil qilish"



Yüklə 94,65 Kb.
səhifə5/9
tarix19.12.2023
ölçüsü94,65 Kb.
#184652
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Ro\'zmetova Sabohat OTO\'M Kurs ishi

TA’KIDIY DIKTANT
Ta’kidiy diktant uchun tanlangan matnni yozdirishdan oldin o‘quvchilarga o‘rganilgan qoidalar eslatilib, ayrim so‘zlarning yozilishi tushuntiriladi, sharoit talab qilsa, ayrim so'zlarni grammatik tahlil qilib, umuman, yozish jarayonida nimalarga e’tibor berish kerakligi ta’kidlanadi. Shuning uchun ham mazkur ish turi ta’kidiy diktant deyiladi.
Ta’kidiy diktant uchun matnni «Diktantlar to‘plami»dangina emas, balki «Ona tili», «O'qish kitobi» darsliklaridan ham tanlash mumkin. Chunki ta’kidiy diktant o‘tkazishdan bir necha kun oldin o'quvchilarga yozdiriladigan matnni o'qib kelish topshiriladi. Bundan maqsad o'quvchilarning o'rgangan imlo qoidalarini mustahkamlash, undan amalda foydalanish ko'nikmasini hosil qilishdir. Ta’kidiy diktant, masalan, quyidagi matn asosida o'tkazilganda, tanlangan matn bir marta o'qib eshittiriladi.
IZOHLI DIKTANT
Izohli diktant boshlang'ich sinflarning barchasi uchun mos bo'lib, o‘quvchilarga yozdirilgan matn tarkibidagi imlosi qiyin so'zlarning yozilishini tushuntirish va ma’nosini izohlash maqsadida o'tkaziladi.
Belgilangan matn o'quvchilarga yozdiriladi. Undagi so'zlarning imlosi eslatilmaydi. O'quvchilar matnni yozib bo'lganlaridan keyin undagi so'zlarni qanday yozganliklari tekshiriladi. Albatta, o'quvchilar yozuvida ayrim xatolar bo'lishi mumkin.
O'quvchilar yozuvidagi xatolar quyidagi tartibda tuzatilib, izohlanishi mumkin:
a) o'quvchilardan biri aytgan so'zdagi xatoni boshqa bir o‘quvchi og'zaki izohlaydi; b) o‘quvchi xatosini o‘qituvchi og‘zaki izohlaydi;
d) o'quvchi yozgan xato so‘zni o'qituvchi doskaga yozib ko'rsatadi.
Shu tartibda o‘quvchilar yo‘l qo‘ygan xatolarini topib, ularni tuzatadilar. Bu bilan o'quvchilarning imlo savodxonligini aniqlash va kamchiliklarini tuzatish mumkin. Izohli diktant uchun matnni o'quv darsliklaridan ham tanlash mumkin.
Bunday holatda matnni o‘quvchilarga yozdirib bo‘lgandan keyin, ular kitoblarini ochib, yozganlarini taqqoslab ko'radilar. O'zlari sezgan xatolarini tuzatadilar. Lekin hamma o'quvchilar ham o'z xatolarini topa olmaydilar. Shuning uchun ular bilan alohida ish olib borishga to'g'ri keladi.
Ta’limiy diktantning boshqa turlari kabi izohli diktantni ham yozuv darsining ma’lum bir qismida o‘tkazish mumkin. Izohli diktant o'quvchilar bilimini oshirishda eng foydali yozma ish turlaridan biri hisoblanadi. Bu diktant turini 3—4-sinflarda tez-tez o'tkazib turish maqsadga muvofiq.

Yüklə 94,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin