Mavzu: boshqaruv faoliyatida nizolar va



Yüklə 101,86 Kb.
səhifə14/15
tarix20.01.2023
ölçüsü101,86 Kb.
#79887
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
2 MAVZU Boshqaruv faoliyatida nizolar Muloqot madaniyati Karyera

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Reja

Nazorat uchun savollari:





  1. Karera va kar’era turlari haqida ayting?




  1. Kareraning gender masalari.Kar’eraningyoshga bog‘liq jihatlari haqida tushuntirib bering?

  2. Kareraga oilaviy shajaraning ta’siri qanday?

  3. Kar’eraning oiladagi farzandlik maqomi bilan bog‘liqligini tushuntirng?




  1. MAVZU: BOSHQARUV KOMPETENSIYALARI



Reja:


    1. Rahbar shaxsining individual-psixologik xususiyatlari.

    2. Rahbar shaxsini professional qobiliyatlari.

    3. Rahbar faoliyatining nuqsonlari va ularni bartaraf etish yo‘llari.

Tayanch so‘z va iboralar:


Faoliyat, psixologiya, boshqaruv, individual-psixologik xususiyatlari, professional qobiliyatlarning rahbar inson faoliyatidagi o‘rni, o‘z-o‘zini
baholash, rahbarlik faoliyati, tadqiqotlar.



    1. Rahbar shaxsining individual-psixologik xususiyatlari.

Boshqaruv jarayonini maqsadga muvofiq ravishda amalga oshirish uchun rahbar idora qilishning qaysi bo‘g‘inida bo‘lishidan qat’iy nazar muayyan qobiliyatga ega bo‘lishi kerak. Rahbar o‘zining shaxsiy fazilatlari, mustahkam xarakteri kuchli irodasi, barqaror hissiyoti barcha narsalarga va jabhalarga nisbatan maxsus qobiliyatlari bilan xalq xo‘jaligini boshqara oladi, xolos. Chunki fan va texnikaning rivoji odamlarda onglilik darajasining yuksak ko‘rsatkichi ijtimoiy tajribalarning ta’sirchan kuchi, kishilarning muayyan
bilimlarga ega ekanligi rahbarning komil inson kamoloti pog‘onasiga ko‘tarilishini taqozo etadi. Hozirgi zamon buyruq, qo‘rqitish, zo‘rlik bilan mehnatkashlarga muomala qilib bo‘lmaydi unday davrlar ijtimoiy turmush maydonidan allaqachonlar chiqib ketgan. Davlat miqyosida yuz berayotgan demokratik o‘zgarishlar so‘z va vijdon erkinligi, milliy istiqlolga erishganlik o‘zligini anglash, huquqiy himoyalanganlik fuqarolik ongini yanada yuksalishga olib keladi. XXI asr arafasi odamlarning yanada yuksalishga olib keladi. Tub o‘zgarishlar natijasida ularda mustaqil fikrlar va ish yuritish shaxsiy rejalarini ro‘yobga chiqarish yo‘llarini izlash imkoniyatlari vujudga keldi. Bugungi kundagi rahbar ijtimoiy hayotdagi munosabatlar ularning tuzilishi va mohiyati bilan yaqindan tanish bo‘lishi, boshqaruv jarayonida ularni hisobga olishni taqozo qildi. Tobe kishilar ijrochilar, yordamchilar orasida rahbar o‘zining har tomonlama ustuvorligi bilan obro‘- ye’tibor, nufuz orttirishi mumkin, aks holda ishlab chiqarish samaradorligi dehqonchilik mahsuldorligi hodimlarning ijodiy fikrlash to‘g‘risida so‘z bo‘lishi mumkin emas. Rahbar shaxsi barakamolligi, qat’iy xarakteri, milliy qiyofasidan tashqari bir qator qobliyatlarga ega bo‘lishi tabiiy ravishda obro‘ qozonishga puxta negiz hozirlaydi, lavozimning keyingi bosqichlari uchun imkon yaratadi, istiqbol rejalari ro‘yobga chiqadi. Bizningcha quyida mulohaza yuritiladigan qobiliyatlar rahbar kadr uchun juda muhim hisoblanadi.

    1. Rahbar shaxsini professional qobiliyatlari

  1. Tashkilotchilik qobiliyati. Rahbar kadr bozor iqtisodiyoti davrida o‘ta uddaburon ishbilarmon muammosi yoki korxonaning idora yoki ilmiy markazning oldida turgan vazifalarni maqsadga muvofiq sobitqadamlilik bilan bajarishni uyushtira olish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. Tashkilotchilik tizimiga taxminan quyidagilar kiradi: Rahbarlik qilayotgan ishlab chiqarishda moliyaviy va iqtisodiy masalalarni to‘g‘ri oqilona tashkil qilishlik vaqtdan biroz ilgarilab ketish hissiyoti va tez payqash imkoniyati bilan qurollana olishlik: Favqulotdagi ishlab chiqarish muammosini tezkorlik bilan hal qila bilishlik, o‘z vaqtida individual yoki jamoaviy qaror qabul qilishlik, bu borada nuqsonlarga yo‘l qo‘ymaslik. Xodimlar ishlab chiqarish a’zolari o‘rinbosarlar, yordamchilar hissiyotini va mehnat psixologik munosabati xususiyatini baholay olishlik hamda keskin o‘zgarishlar yashash uchun muayyan chora va tadbirlar qo‘llashlik. Tobe kishilar jinsi, yoshi, aqliy va jismoniy imkoniyatini hisobga olib faoliyatni tashkil qilishga odatlanganlik Ijrochilar qobiliyati, iste’dodi, mehnat staji, intilishi, qiziqishi irodaviy xususiyati, jonbozligi singari fazilatlarga binoan ish taqsimlashni yo‘lga qo‘yishlik.Mahsulot sifatini va samaradorligi yuzasidan

uzluksiz ravishda g‘amxo‘rlik qilishlik rentabel xo‘jalikka, aylantirish uchun doimo qayg‘urishlik; Korxona istiqboli va xodimlar ijtimoiy himoya uchun hamisha g‘amxo‘rlik kabilar.

  1. Iymon – e’tiqodga faol – hayotiy yo‘nalganlik qobiliyati. Rahbar iymon

  • e’tiqodli, muayyan hayotiy pozitsiyali, mustahkam paymonli sof, rostgo‘y samimiy, jonkuyar, insonparvar, vatanparvar fazilatli inson bo‘lmog‘i – xodimlar uchun ibrat – namuna vazifasini bajarmog‘i lozim. Toki so‘z bilan ish birligini ishlab chiqarish amaliyotida bevosita o‘z ifodasini topsin, boshqalar uning hatti – harakati va kishilar bilan munosabatida taqlid qilishga odatlansinlar.

  1. Nutqiy qobiliyat. shart. U tevarak – atrofdagilar bilan uzluksiz ravishda muomalaga kirshib turganligi tufayli nutqi ixcham, ma’noli, ohangdor, muyayan ritm, temp, chastotalik bo‘lishi muhim ahamiyatga ega. Nutqining jarangdorligi so‘zlashganda pauza, mantiqiy urg‘uga rioya qilishlik uning ta’sirchanligini oshiradi. Favqulodda tasodifiy holatlarda nutq so‘zlash fikr almashish lozim bo‘lsa, u holda sira hissiyotga berilmaslik o‘zini qo‘lga olib ohista lavozimi va imtiyozini ko‘z o‘ngiga keltirib nutq faoliyatini amalga oshirish lozim.

  2. Nufuz obro‘ga ega bo‘lishlik. Rahbarning nufuzi bilan boshqarishni amalga oshira oladi, xolos, lekin egallangan lavozim tub ma’nodosh obro‘ keltirmaydi, chunki kishilarning unga nisbatan munosabati vaqtli xususiyatga ega bo‘ladi. Barqaror huquqiy nufuzni egallash tabiiy ravishda amalga oshadi. Rahbar o‘zining shaxsiy xususiyatlari bilimdonligi, aql-farosatligi, mustahkam irodasi salohiyati iste’dodi, talanti, fidoiyligi, barkamolligi kamtarligi, samimiyligi so‘zning haqiqiyligi bilan obro‘ orttirish uquvchanligiga erishadi. Soxtalik akobirlik shaxsiyatparastlik, safsatabozlik, qattiqqo‘llik hech qachon chin nufuz qozonishga olib kelmaydi. Rahbar uchun har bir narsa oddiy, puxta, tabiiy, odatiy tusga ega bo‘lishi maqsadga muvofiq.

  3. Perseptiv qobiliyati: rahbar uchun birinchi va ikkinchi darajali masalalar bo‘lishi mumkin emas, chunki hayot muayyan qismlardan tashkil topgan bo‘ladi. Xuddi shu bois barcha narsalarga e’tibor qilish kerak. Rahbar qisqa vaqt oralig‘ida ishlab chiqarish uchastkalar, bo‘limlari, a’zolar, amaldorlar va yordamchi xodimlar tashqi qiyofasi, ishga tayyorligi, mehnat faoliyatini tashkil qilishga taxtligi, texnikaning sozligi, kishilarga etkazish bilan bog‘liqdir. Xuddi shu bois turli toifadagi odamlarga mutaxassislarga murakkab

bilimlar, muammolar hamda axborotlarni oson yo‘l bilan tushuntirish uquvchanligi mutlaqo zarur. Ayrim bir muammoni oddiy qorovuldan tortib to o‘rinbosargacha singdirish muayyan qobiliyatni taqozo etadi. Favqulodda holatlar vaqt toqchiligi rahbardan didaktik qobiliyatga ega bo‘lishlikni taqozo etadi. U mazkur qobiliyatni maxsus mashqlar, trennerlar yordami bilan ijtimoiy hayotiy tajriba orttirish orqali egallaydi.

  1. Akademik qobiliyat. Hozirgi zamon talabi rahbar kadr har tomonlama kamol topgan inson bo‘lishini taqozo qiladi. Davlatlararo, millatlararo, shaxslararo, ixtisoslararo, amalga oshirish uchun rahbar har bir sohadan minimal bilimlarga ega bo‘lishi ulardan ulardan o‘z o‘rnidan muvafaqqiyatli foydalanish lozim. Moliyaviy, iqtisodiy ma’naviy, mafkuraviy, milliy, sohalararo muammolar muhokama qilinayotganda rahbar shunchaki ishtirokchi emas. Balki bahsning teng huquqli a’zosiga aylansin. Muammo mohiyatini tushunsi, unga o‘z munosabatini bildirsin.

  2. Diqqatni taqsimlash qobiliyati. Rahbarning faoliyatini keng ko‘lamli, xuddi shu sababli u loqaydlikka yo‘l qo‘yishi mumkin emas. Eng oddiy narsadan davlat ahamiyatga molik muammogacha mas’ul bo‘lganligi tufayli rahbar sinchkov, teran, kuzatuvchan bir davrning o‘zida bir necha ob’ektlarga o‘z munosabalarini bildira olishi lozim. E’tiborlilik xodimlarni xushyor torttiradi, mas’ullik esa tartib, intizomni mustahkamlaydi. Loqaydlik illati muhitni tark etadi.

  3. Psixologik tashxis qobiliyati. Rahbar turli xususiyatli insonlar bilan hamkorlik qiladi, ularni tarbiyalaydi. Har qaysi insonning kelajagini oqilona tasavvur qilishdan iborat oldindan bashorat etish qobiliyati rahbar uchun muhim ahamiyatga ega. Kelajak uchun kadrlar tayyorlash, ularni lavozimlarga ko‘tarish kabi g‘oyalarning barchasi rahbar uchun tashxis qobiliyatini taqozo etadi, chunki aniq mezonlarga asoslangandagina shaxsning faoliyatini va imkoniyatini to‘g‘ri baholash mumkin xolos.

  4. Muomala va muloqot o‘rnatish qobiliyati. Har xil yoshda, jinsida, kasbdagi insonlar bilan muloqotga kirishadi. Xuddi shu sababdan u muloqot maromi, muomala turlari, tarkiblari nutqli va nutqsiz vositalar bilan yaqindan tanishishi tarkiblari xususiyatlar milliy an-an’analar hamda Milliy rasm – rusumlarga rioya qilish orqali muomala madaniyatini egallashi.

  5. Tashabbusga, ijodga, ilhomlantirish qobiliyati turmushdagi ayrim qiyinchiliklar to‘g‘risida ibratli ma’lumotlar keltirish, o‘tkinchi zahmat ortda qolishi yuzasidan tasalli berish, ularning oldini olish mumkinligini asoslash orqali shaxsni ijodga ilhomlantirish qobiliyati rahbar kadr uchun mutlaqo zarur. Fidoiylik tuyg‘usini uyg‘otish yoshlarda mutaxassislarda tashabbus hissini vujudga keltirish ishlab chiqarishni rivojlantiradi.

  6. Kognitiv qobiliyati. Ishlab chiqarish uchun yangi texnologiya ustida fikr yuritish, tadqiqot ishlarini yo‘lga qo‘yish muayyan loyihalar va proeksiyalarni rejalashtirish, ularning natijalarni oldindan aytishdan iborat qobiliyat uchun mutlaqo shart. O‘quv – tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish, mutaxassis malakasini oshirish 2-kasbga yo‘naltirish, iste’dodli yoshlarni “Umid”, “Ustoz”, “Kamolot” va chet el fondlari yordami bilan xorijiy mamlakatlarga o‘qishga yuborish muassasani qayta jixozlash mahsulot ko‘lamini kengaytirish qo‘shimcha tovarlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga rahnamolik qilish.

  7. Gnostik qobiliyat. Ilmiy tadqiqotga layoqatlilik rahbar uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Uning ibrat namunasi korxona tashkilotning ilmiy laboratoriyaga aylantirishga olib keladi. Rahbarning ijodkorligi ommaviy tus olishga olib kelishi mumkin.

    1. Rahbar faoliyatining nuqsonlari va ularni bartaraf etish yo‘llari Keyingi yillarda to‘plangan materiallar tahlilining ko‘rsatishicha,

rahbar faoliyatida bir qator nuqsonlar mavjuddir. O‘zini o‘zi boshqarish imkoniyatiga ega emasligi. Rahbar kadr o‘z faoliyatini rejalashtira olmaslik, o‘zini o‘zi nazorat qila bilmasligi o‘zini o‘zi baholash imkoniyatiga ega emasligi, o‘ziga o‘zi buyruq berish o‘zini o‘zi takomillashtirish o‘z aqliy va jismoniy zaxiralarini o‘zi ro‘yobga chiqarish imkoniyati yo‘qligi tufayli o‘zini o‘zi boshqara olmaydi. O‘zini o‘zi boshqarish boshqarishning ikki tomoni mavjud bo‘lib, uning bittasi xulq – atvorni ikkinchisi esa bilimni jarayonida ya’ni fikrlash, fahmlash idrok qilishni o‘zida aks ettiradi. Aql – zakovatning zaifligi xotiraning bo‘shlig‘i, irodaning kuchsizligi
qat’iyatsizlikning etishmasligi oqibatida jamoa a’zolari o‘rtasida rahbarning nufuzi pasayadi, kundan – kun qadr - qiymati yo‘qola boradi.
Shaxsiy qadriyatlarda putur etganligi. Birinchi navbatda rahbar muayyan qadriyatlari bilan jamoa o‘rtasida o‘zining “Men”ligini individualligini namoyish qiladi. Mavjud qadriyatlarga moslashgan korxona muassasa xodimlari rahbarning avval shaxs sub’ekt sifatida tan oladilar. Sohta bilimdonlik kibru havo o‘z “Men”ni super “Men”ga aylantirishi boylikka hirs qo‘yish adolatli qarorlardan voz kechish singari illatlar paydo bo‘lishi natijasida rahbarning qadriyatlarga nisbatan munosabati o‘zgaradi. Bu o‘zgarishlar munosabatlar jamoa a’zolari tomonidan ekspert sifatida baholanadi, ularning boshliqqa nisbatan munosabati zaiflashadi, unga e’tiqodi pasayadi.
Shaxsni maqsadning noaniqligi. Rahbar lavozimni egallagandan keyin ulug‘vor va bosh maqsad belgilaydi, qadam – baqadam ularni amaliyotga tatbiq qilish uchun muayyan, sa’i-harakatlarni amalga oshiradi. Faoliyatda faollik, aniqlik sobitqadamlik, maqsadga muvofiq intilish ustuvorlik qiladi. Lekin ayrim ob’ektiv va sub’ektiv sabablarga ko‘ra maqsadning ulug‘vorligi yo‘qola boradi, aniq hatti – harakatlar miqdori kamayadi, rejali reali faoliyat tashkil qilish imkoniyati tobora torayadi. Maqsadning noaniqligi to‘g‘risi uning yo‘qligi korxona ravnag‘ini paymol qiladi, yuzaki intilishlar mavjudligini namoyish etadi xolos.
Umumiyatga qaratilgan maqsad – ko‘pincha shaxsiyatga yo‘naltiradi, oqibatda “Biz” bilan “Men” o‘rtasida qarama – qarshilik vujudga keladi. Rahbar bilan jamoa o‘rtasida nizom, ziddiyatli va mojaroli vaziyatlar vujudga keladi hamda ularni bartaraf qilish qancha aqliy kuch – quvvat sarflanadi.
O‘zini – o‘zi kamol toptirishning izdan chiqqanligi. Rahbar o‘zini o‘zi tarbiyalash o‘zini o‘zi kamol toptirish, mustaqil bilim olish ma’naviy dunyosini uzluksiz ravishda takomillashtirish ustida sa’i – harakat qilsa, demakki uning istiqboli porloq. Lekin uning faoliyatini nazorat qilmaslik, baholamaslik, rag‘batlantirmaslik kabi omillar o‘z ustida ishlashni pasaytiradi, lavozimiga nisbatan sovuqqonlik, loqaydlik illat namoyon bo‘ladi. Shu sohada va tizimda faoliyat ko‘rsatayotgan hamkasblarining masalahatlari ishga munosabatlari uning suskashlashtiradi asta – sekin faollik yo‘qola boradi.
Muammolarni hal qilish malakalarning etishmasligi. Ishlab chiqarishda har xil xususiyatli muammolar tinimsiz ravishda namoyon bo‘lib turadi.
Notanish yangi nostnadart yondashishni taqozo etuvchi yangicha echimni talab qiluvchi ijodiylikka asoslanuvchi vositalar bilan qurollanish rahbarning bosh vazifasi hisoblanadi yangi texnologiya, yangicha jixozlash original qurilmalar kompyuterlarning yangi modellari universal elektr hisoblash mashinalari rahbardan ular bilan munosabatga kirishish malakalarni egallashni taqozo etadi. Malakalarga ega bo‘lmaslik rahbarni taraqqiyotdan orqada qolishga olib keladi. O‘z–o‘zidan ma’lumki zamondan orqada ma’lumki, zamondan orqada qolgan qoloq rahbar korxona uchun hech qanday ahamiyat kasb etmaydi.
Ijodiy yondashuvda nuqsonlarning mavjudligi. Bozor iqtisodiyoti ijodiy izlanishni taqozo etadi, hamisha yangi texnologiya ishlab chiqishni talab qiladi. Ijodiy fikrlash, ijodiy rejalar ulug‘vor g‘oyalar zamon ruhi bilan hamohanglikda bo‘lishi lozim. Ijodiy yondashuvdagi nuqson va ma’naviy ham iqtisodiy zarar keltiradi. Yangilikni sinab ko‘rish, uning samaradorligini hisoblash, istiqboli yuzasidan qat’iy qarorga kelish bu sohada yanglishishlarga yo‘l qo‘ymaslik korxona faoliyatini takomillashtiradi, jamoa a’zolari kayfiyatini ko‘taradi, iqtisodiy foyda olishni ta’minlaydi. Ijodiylik rahbar shaxsiyatiga begona bo‘la bosilar ekan, demakki nuqsonlar yuzaga keladi, ishlab chiqarish zaiflashadi sifat pasayadi, ijtimoiy psixologik muhit buziladi.
Odamlarga ta’sir o‘tkazishning uddalay olmasligi. Rahbarning salohiyati, umuminsoniy madaniyati muomala maromini o‘zlashtirganlik notiqlik san’atini egallaganlik shaxsiy fazilati mustahkam irodasi rostgo‘ylgi, g‘amxo‘rligi ishchanligi kishilarga ta’sir o‘tkazishning asosiy omillari hisoblanadi. Obro‘ e’tiborning pasayishi nutqiy nuqsonlar iqtisodiy munosabatlarni hal qila olmaslik qat’iyatsizlikning zaiflashuvi xulq – atvordagi qanchalik tobe kishilarga ta’sir o‘tkazish darajasini keskin tushirib yuboradi.
Boshqaruv faoliyati xususiyatlarning etarli darajada tushunmasligi uning idrok maydoniga sig‘dira olmasligi. Boshqaruv faoliyati juda murakkab bo‘lib u moliyaviy, iqtisodiy, mafkuraviy, huquqiy, tarbiyaviy tomonlarni qamrab oladi. Shuningdek u bir qancha funksiyalarni bajaradi: “Inson - inson”, “Inson texnika”, “inson tabiat”, “inson – obro‘z” munosabatlarni aks ettiradi.
Rahbar faoliyatining har bir jabhasi va funksiyalarini yuqori darajada egallash orqali martabaga erishadi. Lekin uning u yoki bu tomonini
tushunmaslik evaziga korxonada ishlar yurishmay qoladi, sun’iy tormozlanish yuzaga keladi. Tushunmaslik tufayli boshqaruvga putur etkaziladi, rahbarning idrok maydoni ularni qabul qila olmaydi natijada boshqaruvda ayrim uzilishlar barpo bo‘ladi. Ulardagi o‘zaro uyg‘unlikning buzilishi “tavakkal” bilan ish tutish salbiy oqibatlarga olib keladi.
Rahbar nuqsonlarini bartaraf etish uchun turlicha treninglardan foydalanish yuqori samaralar beradi

Yüklə 101,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin