Dasturli – maqsadli boshqarish tarkibi – bu tarkib uch ko’rinishda bo’ladi: loyiha bo’yicha boshqaruv, mahsulotga ko’ra boshqaruv, matritsaviy tarkib.
Loyiha bo’yicha boshqaruv – yangi texnika va texnologiyani qisqa muddatda joriy kilish zaruriyati tuғilgan hollarda foydalaniladi. Bu bo’lim loyiha tayyorlaydi va uning ijro etilishini ta‘minlaydi. Ish bitgandan keyin loyihalash guruhi tugatiladi.
Maxsulotga ko’ra boshqaruvning afzalligi axborotlarning kelish yo’llari va oqimining qisqarishida, yakka boshchilik tamoyiliga to’la rioya qilinishida, boshqarishning yukori bosqichlarini mayda joriy vazifalardan xolos qilishda namoyon bo’ladi. Bunday tarkib bozorda talabning o’zgarishiga tezkor munosabat bildirishga qodir.
Matritsaviy tarkib– bo’yicha boshqarish ancha murakkab bo’lib, u mahsuloti nisbatan qisqa «umr» ko’radigan va tez-tez o’zgarib turadigan korxonalar tomonidan qo’llaniladi.
2. Boshqaruvning umumdavlat organlari Mamlakatimizning ulkan hududida murakkab xalq xo’jaligini boshqarish uchun ko’p tarmoqli boshqaruv organlari tuzilgan. Ular respublika miqyosidagi oliy vakolatli organlar bo’lib, tarkibi quyidagilardan ibrat.
Respublikaning umumdavlat organlari
қonun chiқaruvchi organ
Ijro etuvchi organ
Sud organlari
Boshqarishning umumdavlat organlari. xokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud xokimiyatiga bo’linishi Konstitutsiyamizning 11-moddasi bilan qonunlashtirilgan. Bu organlar o’zaro chambarchas xarakat qilishi bilan birga o’z vakolati doirasida mustaqil va erkin faoliyat ko’rsatadi. Bu esa xokimiyatning bitta organ ixtiyorida xaddan tashkari mujassam bo’lmasligini ta‘minlaydi, ularning xalq va qonun oldidagi xuquqlarini aniq taqsimlab berishga xizmat qiladi.
Boshqaruv tepasida Prezident turadi. Bosh Qomusimizning 89-moddasida shunday deyilgan:
O’zbekiston Respublikasining Prezidenti O’zbekiston Respublikasida davlat va ijro etuvchi xokimiyat boshliғidir.