Xalqaro savdoning mazmuni, tuzilishi va xususiyatlari Hozirgi jahon rivojining xususiyatli belgisi tashqi iqtisodiy aloqalarning, avvalo, tashqi savdoning tez o’sishi hisoblanadi. Tashqi savdo xalqaro hamkorlikning ishlab chiqarish, ilmiy-texnika va boshqa shakllari (kadrlarni tayyorlash, turizm va h.k.) bilan bir qatordagi xalqaro iqtisodiy munosabatlarning muhim shakli hisoblanadi. Barcha mamlakatlar tashqi savdosi majmui xalqaro savdoni tashkil etadi.
Xalqaro savdo – bu turli davlat milliy xo’jaliklari o’rtasidagi tovar va xizmatlarning ayirboshlash jarayonidir. Xalqaro savdo qadimdan mavjud bo’lsada, faqat XIX asrga kelib, ya’ni deyarli barcha rivojlangan mamlakatlar xalqaro savdo aloqalarida ishtirok eta boshlashi bilan jahon bozori shakliga kirdi.
Xalqaro savdo tashqi savdo aylanmasi, eksport va import, savdo balansi kabi ko’rsatkichlar bilan tavsiflanadi.
1.1. Jaxon bozorining tashkil topishi, bosqichlari va asosiy belgilari. Jahon bozori — xalqaro mehnat taqsimotida ishtirok etish bilan oʻzaro bogʻlangan mamlakatlar oʻrtasidagi barqaror tovar-pul munosabatlari tizimi. Xalqaro savdo munosabatlari qadimda ham mavjud boʻlgan, mamlakatlar oʻrtasida iqtisodiy va siyosiy aloqalar milliy davlatlarning paydo boʻlishi bilan yuzaga kelgan, ammo koʻpgina mamlakatlar, soʻngra jaxondagi barcha mamlakatlar savdosini qamraydigan Jahon bozori (uning negizida jahon xoʻjaligi) faqat yirik mashinalashgan industriyaga oʻtish bilan shakllana boshladi va 20-asr boshiga kelib qaror topdi. Yirik mashinalashgan ishlab chiqarishga oʻtish milliy bozor chegaralarini kengaytirdi, tashqi savdo u yoki bu mamlakatning ichki taraqqiyotini toʻldiradigan omildan mamlakat xoʻjaligi taraqqiyotining zaruriy shartiga aylandi. Ixtisoslashuv bir mamlakatda muayyan tovarni arzon va sifatli i. ch. imkonini bersa, tovarlarni i. ch.da resurslardan samarali foydalanishni taʼminlasa, shu tovarlar koʻplab yaratiladi va Jahon bozoriiga yetkazib beriladi. Biror mamlakatda resurelarni sarflash qulay boʻlmagan yoki i. ch. imkoni bulmagan tovarlar Jahon bozoridan sotib olinadi. Jahon bozorida alohida narxlar — jahon narxlari amal qiladi; ayirboshlash ulgurji shaklda va xalqaro birjalar vositasida olib boriladi.
Jahon bozori tovar, mehnat, kapital va valyuta bozorlari majmuidan tashkil topadi (qarang Mehnat bozori, Ishchi kuchi bozori). Jahon bozorida barcha mamlakatlar tashqi savdosining majmuini ifoda etadigan xalqaro savdo amalga oshiriladi. Bu tarkiban jahon miqyosidagi eksport va importdan iborat, ularning qiymat boʻyicha nisbati savdo balansi deb yuritiladi.