Mavzu: Bozor iqtisodiyoti, uning vujudga kelishi va rivojlanish shart sharoitlari


) G’arbiy Evropa mamlakatlari va boshqa rivojlangan mamlakatlar yo’li



Yüklə 44,62 Kb.
səhifə9/13
tarix27.04.2023
ölçüsü44,62 Kb.
#103161
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Iqtisodiyot nazariyasi. Kurs ishi

1) G’arbiy Evropa mamlakatlari va boshqa rivojlangan mamlakatlar yo’li.
Bunda bozor iqtisodiyotiga evolyutsion o’zgarishlar orqali o’tib boriladi. XX asrning 30- yillariga kelib, ayniqsa 50- yillardan bu jarayon yanada tezlashdi. Bu modelni iqtisodchilar klassik model deb atashadi. U bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan mamlakatlar uchun namuna bo’lib xizmat qilishi mumkin. Chunki, klassik modelda bozor iqtisodiyotining qonun-qoidalari, hayotiyligi sinab ko’rilgan. Klassik modelning o’zi ham 3 ga bo’linadi.
1.Sotsial bozor iqtisodiyoti modeli ko’proq fuqarolar manfaatini himoya qilish, uzoq muddatli dasturlar ishlab chiqish, aholining haddan ziyod tabaqalanishiga yo’l qo’ymaslik, davlat mulkining ulushining boshqa modellarga qaraganda ko’pligi (25—30%) bilan ajralib turadi. Bu model Germaniya, Avstriya, Skandinaviya mamlakatlariga xos.
2.Aralash yoki erkin bozor iqtisodiyoti modeli da esa davlat tadbirkorlikni rivojlantirish uchun sharoit yaratishi, iqtisodiyotni tartiblashda ustun darajada taktik usullardan foydalanishi, iqtisodiyotda davlat mulkining hissasi (10% atrofida) kamligi, aholining tabaqalanishi, kuchli ish haqidagi farqning kattaligi bilan ajralib turadi. Bu modelni qo’llagan eng tipik mamlakat sifatida AQShni ko’rsatish mumkin.
3.Korporativ iqtisodiyot modeli davlatning yirik biznes manfaatini himoya qilish, asosiy ustuvor tarmoqlarni aniqlab, ularning rivojlanishiga yordam berish, davlat mulki hissasi kamligi, lekin ish haqidagi farq haddan tashqari katta emasligi bilan farqlanadi. Bu muhim muvaffaqiyat bilan Yaponiyada va uning izdoshlari bo’lgan mamlakatlarda qo’llangan.



  1. 2)Mustamlakachilikdan ozod bo’lib, mustaqil taraqqiyot yo’liga o’tib rivojlanayotgan Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari yo’li.



Bu yo’l mustamlakachilikdan qolgan qoloq, an’anaviy iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’lidir. Bunda bozor iqtisodiyotiga xos belgilar turli xo’jaliklar: azaliy natural xo’jalik, rivojlanish darajasi, bozor munosabatlariga tortilishi jihatidan farq qilishiga qaramay, transformatsiya (aylana borishi) orqali yuz beradi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda bozor iqtisodiyotiga o’tish:


  1. a)bozor infrastrukturasini yaratish; b) iqtisodiyotni barqarorlashtirish; v) sanoat tarmoqlarini (ayniqsa, qayta ishlovchi) vujudga keltirish orqali yuz beradi.



Bu mamlakatlar uchun bozor iqtisodiyotiga kirib borish mustaqillik garovi hisoblanadi. Sababi bozor iqtisodiyotiga o’tish ishlab chiqarishni jadal o’sishiga olib keladi.

3) Bozor iqtisodiyotiga o’tishning sobiq sotsialistik mamlakatlar yo’li. Bu mamlakatlarda davlat mulki hukmron mavqega ega bo’lib, iqtisodiyot davlat tomonidan markazlashgan tarzda tuzilgan rejalar asosida boshqarilgan. Yaratilgan mahsulot ham davlat tomonidan taqsimlangan.
Totalitar iqtisodiyotning bozor bilan umumiyligi yo’q, ular bir-biriga zid, tabiatan har xil. Shuning uchun ham bu modelda aholiga bozor munosabatlari g’oyalarini singdirmay, ularga yangicha ko’nikma hosil etmay turib, bozor iqtisodiyotiga o’tib bo’lmaydi, lekin bu tizimning afzalligi shundaki, u o’ziga xos usullar bilan kuchli ishlab chiqarish va ilmiy-texnikaviy kadrlar potentsialini yaratgan. Ularga tayangan holda bozor iqtisodiyotiga o’tish nisbatan engil kechishi mumkin.
Bu tizimga kirgan mamlakatlarda xususiy mulk tamomila yo’qotilgan yoki qisman mavjud. Tadbirkorlikka intilish, iqtisodiy taraqqiyot darajasi turlicha, masalan, Polsha, Vengriya, Germaniya Demokratik Respublikasida xususiy mulkchilik ancha saqlangan. Sobiq Ittifoqda esa aksincha, xususiy mulk tamomila yo’qotilgan.
Bularning hammasi albatta, bozor iqtisodiyotiga o’tishda o’z ta’sirini o’tkazadi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish uchun islohotlar ikki yo’l: a) bozor iqtisodiyotiga tezlik bilan o’tish; b) bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o’tish yo’li bilan amalga oshiriladi.
GDR (GFR bilan qo’shilib yagona davlat vujudga kelishi tufayli), Polshada qisqa muddatda bozor iqtisodiyotiga o’tish amalga oshirildi.
Boshqa mamlakatlarda o’z xususiyatlaridan kelib chiqib, bozor iqtisodiyotiga o’tish bosqichma-bosqich amalga oshirilib, turli muddatlarni talab etadi.
O’tkaziladigan islohotlar, ko’riladigan chora-tadbirlar ham farq qiladi. Lekin sobiq sotsialistik mamlakatlarning bozor iqtisodiga o’tish modellarining umumiy tomonlari mavjud bo’lib: a) bozor iqtisodiyotiga o’tishning huquqiy asoslarini yaratish ;b)bozor infrastrukturasini shakllantirish; v) davlat mulk monopoliyasini sindirib, mulkchilikning, xo’jalik yuritishning turli shakllarini vujudga keltirish; g) narx ustidan davlat nazoratini minimallashtirish, narx-navoni erkinlashtirish va bosh-qalardan iborat.
Umuman olganda o’zining yorqinligi, samaradorligi, erishgan yutuqlari bilan jahon iqtisodiyoti taraqqiyoti tarixiga kirgan modellar «Amerika», «Yaponiya», «Germaniya», «Shvetsiya», «Janubiy Koreya», «Xitoy» modeli va boshqalar hisoblanadi.

«AQSh modeli» liberal model sifatida xarakterlanadi. Amerikacha andazaning o’ziga xos xususiyati uning tadbirkorlikni aholi orasida keng yoyishga, ommaviylikka erishishni ta’minlashga asoslanganligidir. U jamiyat a’zolaridan har birining ishbilarmonlik faoliyatini qo’llab-quvvatlash, iqtisodiy faoliyatni, xususiy manfaatdorlikni oshirish uchun keng shart-sharoit yaratishga qaratilgan. Mamlakat iqtisodiy rivojlanishidagi ayrim ziddiyatlar, pasayish va inflyatsiya singari salbiy holatlar ko’plab sug’urta, xayriya jamg’armalari, qolaversa, davlat yordamida hal etiladi. Bunda davlat qonunlar (ular hamma sohani qamrab olgan) to’la va to’g’ri bajarilishini kuzatib boradi.
U boshqa modellardan quyidagi xususiyatlari bilan faq qiladi:
davlat mulki ulushining kamligi (sanoatda, aktsionerlik kapitalida davlat kapitalining hissasi 10%. Buyuk Britaniyada esa 24%, Frantsiyada 34%, Italiyada 38%);
tadbirkorlikni keng ravishda qo’llab-quvvatlash. Kichik biznes 90- yillarda yangi ish o’rinlarining 90% ini tashkil etgan;
iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning minimal darajada aralashuvi (iqtisodiyotda chuqur inqiroz ro’y berib, tanglikdan olib chiqish jarayonida (60- yillarda), qashshoqlik bilan
kurash yillarida davlat aralashuvi yuqori bo’lgan, 70- yillardan boshlab davlat aralashuvi qisqarib borgan);
aholining tabaqalanishi kuchli, kam ta’minlangan aholining hayot kechirish darajasi
past;
— ish haqida katta farq mavjud (firma boshliqlari bilan ishchi-xizmatchilar o’rtasidagi tafovut 110 martadan ortib ketadi).
Xozirgi paytda AQShda aholi jon boshiga ishlab chiqariladigan yalpi milliy mahsulot 28 ming dollarga teng.



Yüklə 44,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin