Mavzu: Bozor iqtisodiyoti, uning vujudga kelishi va rivojlanish shart sharoitlari


Bozor iqtisodiyotining ob’ektlari va sub’ektlari



Yüklə 44,62 Kb.
səhifə7/13
tarix27.04.2023
ölçüsü44,62 Kb.
#103161
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Iqtisodiyot nazariyasi. Kurs ishi

Bozor iqtisodiyotining ob’ektlari va sub’ektlari
Bozor iqtisodiyoti tovar-pul munosabatlariga,aloqalariga asoslanar ekan, uning ob’ekti hamda sub’ektlari mavjud.Bozor iqtisodiyotining ob’ektlari — bu munosabatlar, aloqalar nimaga nisbatan yuz berishini ifodalasa, sub’ektlari ana shu munosabatlar, aloqalar kimlar o’rtasida bo’lishini ifodalaydi.


Bozor iqtisodiyotining ob’ekti tovar hamda puldir. Bozor iqtisodiyoti tovar ishlab chiqarishga asoslangan iqtisodiyotdir. Shuning uchun ham bozor iqtisodiyotining markaziy kategoriyasi tovar va pul. Xozirgi paytda bozor iqtisodiyotining yana bir ob’ekti sifatida pul massasi yoki agregatlari tushuniladi.
Bozor iqtisodiyotining sub’ektlari tadbirkorlar, ishchilar, kapital, qimmatbaho qog’oz egalari, tijoratchilar, iste’molchilar va hokazolardan iborat.
Bu sub’ektlar teng huquqli bo’lib, bir-biri bilan maqsadi, hamkorlikka undovchi manfaatlari, tovar va xizmatlar harakatini tashkil etish shakli va xarakteri jihatidan bog’langan.
Bozor iqtisodiyotining asosiy sub’ektlari iqtisodiy adabiyotlarda to’rt guruhga bo’linadi:


uy xo’jaligi, firma (korxona), moliyaviy institut va davlat (hukumat).

1.Uy xo’jaligi. Uning tarkibi bir yoki bir necha kishidan iborat iqtisodiy birlik — oiladan iborat.
Uy xo’jaligi:


  1. -ishlab chiqarishni mehnat resurslari bilan ta’minlaydi;



  2. -mustaqil qarorlar qabul qiladi;



  3. -ishlab chiqarish omillarining: kapital, er, mehnat, tadbirkorlikning egasi hisoblanadi;



  4. -o’z xo’jaligi ehtiyojlarini maksimal darajada qondirishga intiladi.



2.Korxonalar (xo’jalik, firmalar) iqtisodiy faoliyat yurituvchi xo’jalik sub’ektlari bo’lib:



  1. -ishlab chiqarish omillaridan biron-bir mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish maqsadida foydalanadilar;



  2. -maksimal darajada foyda olishga harakat qiladilar;



  3. -mustaqil ish yuritadilar.




Yüklə 44,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin