Yuqorida bildirilgan fikr o‘ziga moliyaviy natija
va moliyaviy xarajatlarning
tavsifini mujassam etuvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy-xo‘jalik
faoliyatining samaradorligini xarakterlovchi boshqa ko‘rsatkichlarga ham to‘liq
tegishlidir. Shunday bo‘lishiga qaramasdan analitik maqsadlar uchun bu majmuadan
aynan xo‘jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy faoliyatini,
uning moliyaviy va
baho siyosatining samaradorligini adekvat tarzda xarakterlovchi ko‘rsatkichlarni
ajratish muhimdir.
Shunisi muhimki, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy faoliyatining
samaradorligini adekvat ifodalovchi bo‘lib fond, moliya-kredit va pul bozorlaridagi
ular operatsiyalarining daromadliligi hisoblanadi.
Bu yerda, ma’lumki, pul (P*)
go‘yo to‘g‘ridan-to‘g‘ri puldan (P) qilinadi. U holda moliyaviy samaradorlikni
aniqlash formulasi quyidagi ko‘rinishni oladi:
S
mr
= (P* - P) : P
Bu yerda:
S
mr
- xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy resurslaridan foydalanish
samaradorligi;
P*-P - bevosita moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish natijasida xo‘jalik
yurituvchi sub’ektlarning tomonidan olingan daromad.
Dostları ilə paylaş: