K
jl
= (PM + MAM) : Mqm
Bu yerda: K
jl
— joriy liklidlik koeffitsienti;
P M -
pullar va ularga tenglashtirilgan mablag‘lar (likvidli qimmatli qog‘ozlar va
jalb qilingan debitorlik qarzlari);
MAM - xo‘jalik yurituvchi sub’ekt moddiy aylanma mablag‘larining qiymatiy
bahosi;
M
qm
- xo‘jalik yurituvchi sub’ekt ning qisqa muddatli majburiyatlari.
Mustahkamlash uchun savollar:
1. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy resurslari deb
nimaga aytiladi va
ular qanday shakllarda amal qiladi?
2. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar vositalarining «pul shakli» va «pul qiymati»
tushunchalari o‘rtasida qanday farqlar mavjud?
3. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning kapitali deganda nima tushuniladi?
4. Kapital mavjudligi va harakatining boshqa pulsiz shakllari nimalardan iborat?
5.Takror ishlab chiqarish jarayonining doiraviy aylanishiga
kiritilgan va uning
egasiga daromad keltiruvchi har qanday mulkiy va
intellektual boylik kapital
bo‘lishi mumkinmi?