talablariga u yoki bu darajada sotuv rentabelligi ko‘rsatkichi (foydaning mahsulotni
realizatsiya qilishdan olingan tushumga nisbati) javob beradi. Bu nisbatdagi surat
va maxraj pul mablag‘laridan iborat bo‘lganligi uchun sotuv rentabelligini, ayrim
holatlarni istisno qilgan tarzda, sof moliyaviy ko‘rsatkich sifatida e’tirof
etish
mumkin. Shunday bo‘lishiga qaramasdan bu yerda yana bir narsani inobatga olmoq
lozim, ya’ni samaradorlikning o‘lchovi sifatida yuqoridagi ko‘rsatkichning
haqqoniylik darajasi juda ko‘p omillarga, xususan, tushum va foydani
shakllantiruvchi bozor baholari monopol baholarni
shakllantirishning salbiy
ta’sirlaridan qanchalik ozod ekanligiga bog‘liq.
Yuqorida ko’rib o‘tilgan barcha moliyaviy ko‘rsatkichlarda mazmun va
shakl o‘rtasida dialektik qarama-qarshilikning mavjudligi namoyon bo‘ladiki, bu
narsa bizning holatda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyasining (iqtisodiyot yaxlit
moliyaviy sektorining ham) o‘z iqtisodiy asosidan,
ishlab chiqarlshdan ajralib
cliiqish (uzilish)ga va unga bog‘liq bo‘lmagan holda mustaqil hayot kechirish
imkoniyatini qo‘lga kiritishga intilishi orqali ifodalanadi. Xo‘jalik yurituvchi
sub’ektlar moliya-xo‘jalik faoliyatining samaradorligini tahlil qilish va baholashda
moliyaviy ko‘rsatkichlar (masalan, tushum va foyda)
moddiy aylanma
mablag‘laming aylanuvchanligi, asosiy ishlab chiqarish fondlari va nomoddiy
aktivlarining fond qaytimi kabi iqtisodiy ko‘rsatkichlar
bilan birgalikda qaralsa, bu
qarama-qarshilik, ma’lum darajada, pasayadi. Ana shu munosabat bilan eng
umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlardan biri quyidagi
formulaga muvofiq ravishda
hisoblanadigan Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning iqtisodiy rentabelligi (biznesning
rentabelligi) ko‘rsatkichidir:
R
i
= F : (K
ayk
+ K
ak
+ A
nom
)
Dostları ilə paylaş: