Mavzu: Buxgalteriya hisobining nazariy va amaliy muammolari Reja: kirish i-bob. Korxonalarda buxgalteriya hisobi yuritishning ahamiyati


Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish sharoitida buxgalteriya hisobining muammolari va yechimlari



Yüklə 51 Kb.
səhifə7/12
tarix22.05.2023
ölçüsü51 Kb.
#119204
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
buhgalteriya

2.2. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish sharoitida buxgalteriya hisobining muammolari va yechimlari
Yangi iqtisodiy munosabatlar qaror topayotgan hozirgi sharoitda barcha sohalarda bo‘lgani kabi buxgalteriya hisobi sohasida ham keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu borada respublikamizda milliy hisob tizimini xalqaro andozalar asosida tashkil etishga alohida e‘tibor berilmoqda.
Mamlakatimizda iqtisodiyotni tarkibiy o’zgartirish va modernizatsiya qilishga yo’naltirilgan strategiya asosida yuqori texnologiyalarga asoslangan korxonalar barpo etilib, zamonaviy boshqaruv usullari joriy etilmoqda.Davlatimiz rahbari aktsiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy boshqaruv va zamonaviy menejmentning yangi mexanizmlarini joriy etish asosida korporativ boshqaruvni yanada takomillashtirish vazifasini qo’ydi. Ushbu vazifalarni amalga oshirish buxgalteriya hisobining mukammal yuritilishiga va ishonchli moliyaviy hisobotlarga tayanadi.
Iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiyotdagi rolini tubdan oshirish, investitsiya muhitini yanada yaxshilash yuzasidan amalga oshirilayotgan islohotlar samarasida mamlakatimizda barqaror o’sish sur’atlari ta’minlanmoqda.
Yuqoridagilar va sohada to‘plangan milliy va xorijiy tajriba buxgalteriya hisobini tashkil qilish, yuritish va hisobotlarni tuzish borasidagi qonunchilikni yanada mukammallashtirishni ilgari surdi.Mamlakatimiz iqtisodiyotiga chet el investitsiyalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri jalb qilinishi, erkin iqtisodiy zonalarning tashkil etilishi va faoliyat yuritishi buxgalteriya hisobini moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) asosida tashkil qilishni zaruriyat qilib qo‘ymoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 fevralda PQ – 4611 sonli “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora – tadbirlar to ‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu qarorda ilg‘or xalqaro tajribani hisobga olgan holda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini va mazkur sohada kadrlar tayyorlashning zamonaviy usullarini bosqichma – bosqich joriy etish bo‘yicha “Y‘OL XARITASI ” ishlab chiqildi.
Chet el investitsiyalari ishtirokida tashkil qilingan va faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi subektlarda buxgalteriya hisobini moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) asosida ish olib borishni talab qiladi, shundan kelib chiqib respublikamizda buxgalteriya hisobini moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) asosida tashkil qilishning zaruriyati tug’ildi.
Bu borada ishlab chiqarishi va sanoati rivojlangan Germaniya, AQSH, Rossiya, Frantsiya, Yaponiya va Buyuk Britaniya mamlakatlarida buxgalteriya hisobini tashkil etishni ko’rib chiqish maqsadga muvofiqdir.
Cunki, birinchidan, bu mamlakatlarda buxgalteriya hisobining tamoyillari bir-biridan farq qiladi;
Ikkinchidan, buxgalteriya hisobi va hisoboti xalqaro standartlarining asosi yaratilgan va ular BHXS rivojlanishiga ta’sir qiladi;
Uchinchidan esa, bu mamlakatlar tajribasi respublikamizda buxgalteriya hisobining shakllanishi va rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
MHXS ning BHMS ga nisbatan ustunliklari:
– moliyaviy tahlilchilar va investorlar uchun moliyaviy hisobotning tushunarligi;
– ma’lumotlarning shaffofligi;
– tahlil uchun xarajatlarni kamligi;
– taqqoslanishi. SHuningdek, milliy buxgalterlarimiz uchun xalqaro tajribani o’rganish hamda BHMSlarini solishtirish imkonini beradi.
Respublikamizda buxgalteriya hisobini xalqaro standartlar asosida tashkil qilish va yuritish uchun tezda hal qilinadigan muammolar mavjud.

Yüklə 51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin