Mavzu: Buxgalteriya hisobining nazariy va amaliy muammolari Reja: kirish i-bob. Korxonalarda buxgalteriya hisobi yuritishning ahamiyati



Yüklə 51 Kb.
səhifə5/12
tarix22.05.2023
ölçüsü51 Kb.
#119204
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
buhgalteriya

Xronologik hisob registrlarini o‘ziga xos xususiyati shundaki, undagi yozuvlar xronologik tartibda aks ettirilib boriladi. Bu yozuvlar orqali jarayonning qisqacha mazmuni, sodir boigan muddati va summasini xronologik tartib aks ettirib boradi. Masalan, «Jarayonlarni ro‘yxat qilish jurnali» xronologik hisob registriga misol boiib, u hisobning memorial-order shaklida qo‘llaniladi.
Tizimli hisob registrlari jarayonlarni ma’lum bir belgilari bo‘yicha tizimlashgan (guruhlashgan) holda aks ettirilishi bilan xususiyatlidir. «Bosh daftar» tizimli hisob registrlariga misol bo‘ladi.
Ushbu registrdan XV asr oxirlarida ikkiyoqlama yozuv usuli vujudga kelganidan boshlab foydalanish yoiga qo‘yilgan.
Buxgalteriya daftarlari bir yilga moijallangan bo‘lib, hamma betlari raqamlanadi, bosh buxgalter imzosi bilan tasdiqlanadi.
Oxirgi varaqning orqasida bosh buxgalteming imzosi bilan tasdiqlangan holda quyidagi yozuv aks ettirilgan boiishi zarur.
Buxgalteriya daftarida korxona xo‘jalik mulklarini aks ettiradigan schyotlar uchun betlar ajratiladi. Sintetik schyotlar uchun tegishli analitik schyotlar ochilgan bo‘lsa, bosh daftarda betlar ajratilayotganda e’tiborga olmoq zarur.
Masalan, savdo korxonasini chakana savdodagi tovarlari 2920 sintetik schyotida yuritiladi. Aytaylik, shu savdo korxonasiga qarashli 3 ta magazin mavjud. Bunday holatda bosh daftarda har bir moddiy javobgar shaxs uchun alohida varaqlar qoldirilishi va umumiy tovarlar hisobi aks ettirilishi uchun ham varaqlar ajratilgan boiishi zarur.
Buxgalteriya daftarida mundarija ham bo‘lib, unda hisobi yuritiladigan schyotlaming aks ettiriladigan varaqlari tartib raqami ko‘rsatilgan boiadi.
Buxgalteriya hisob registri daftarning boshqa registrlardan afzalligi quyidagilardan iborat:
• Hisob ma’lumotlarining bir registrda mujassamlashganligi;
• Hisob ma’lumotlari saqlanishi mustahkam ta’minlanganligi.
Buxgalteriya daftarining kamchiliklari ham bo 'lib, ular quyidagilardan iborat:
• Buxgalteriya xodimlari o‘rtasida mehnat taqsimotini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishga xalaqit beradi, sababi, daftarda korxonada hisobi yuritiladigan hamma schyotlar joylashgan. Buxgalteriya xodimlari o‘zlariga biriktirilgan schyotga tegishli ma’lumotlarni aks ettirish uchun daftar bo‘shashini kutishi kerak bo‘ladi.
• Buxgalteriya daftaridan hisob registri sifatida foydalanganda, hisob ishlarini mexanizatsiyalashtirish imkoniyatlari kamayadi.
• Buxgalteriya xodimlari mehnat unumdorligini oshishiga xalaqit beradi.

Birinchidan, daftardan galma-galdan foydalanish natijasida vaqt yo‘qotiladi: ikkinchidan, buxgalteriya daftarining hajmi katta bo‘lib, tegishli varaqni topib, undan foydalanishni sekinlashtiradi.


Buxgalteriya daftarlarining hamma varaqlari ham hamma vaqt foydalanilaverilmaydi. To‘ldirilmagan varaqlar esa kelgusi hisobot davri uchun foydalanilmaydi va hisob registrlari bilan bog‘liq xarajatlami oshishiga olib keladi.
Buxgalteriya daftarlari bir hisobot yili uchun mo‘ljallangan.
Buxgalteriya registrlari ulardagi yozuv turiga ko‘ra, kombinatsiyalashgan shaklda ham bo‘ladi.
Kombinatsiyalashgan buxgalteriya registrlarining o‘ziga xos xususiyati shundaki, ularda xronologik va tizimli yozuvlar bilan birgalikda aks ettiriladi. Bunday registrlarning afzalligi quyidagilardan iborat:
• Hisob ishlari ixchamlanadi.
• Buxgalteriya yozuvlari aks ettiriladigan registrar miqdorini qisqartiradi.


Yüklə 51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin