1.3-rasm Bir cho’michli gidravlik ekskavator ET-18
Tuproq qazish ishlarining yarmidan ko‘pi bir kovshli ekskavatorlar bilan bajariladi. Bir kovshli ekskavatorning ish sikli quyidagi operatsiyalardan iborat: kovshni zaboyga tushirish; ma’lum qalinlikdagi grunt qatlamini kesib olib kovshni to‘ldirish; ekskavator platformasini burib, kovshni grunt bo‘shatiladigan joyda to‘xtatish; kovshni bo‘shatish va platformani burib, bo‘shagan kovshni zaboyda to‘xtatish.
Odatda, har qaysi sikl ekskavatorning o‘zini yurgizmasdan bajariladi. Zaboyning mazkur qismi qazib bo‘lingandan keyingina, ya’ni kovsh bilan gruntni olish mumkin bo‘lmay qolganda, ekskavator boshqa joyga ko‘chiriladi.[5]
Ekskavator gruntni kavlaydigan va uni tashiydigan ish organidan, yurish qismidan, barcha mexanizmlarni harakatga keltiruvchi kuch qurilmasidan, mashinaning ish organlari va mexanizmlariga harakat uzatuvchi transmissiyadan, ish jihozlari o‘rnatiladigan, maqkamlanadigan hamda buriladigan tayanch-burilish qurilmasidan va ekskavatorni boshqarish sistemasidan tuzilgan.
Bir kovshli ekskavatorlar vazifasiga, ish jihozlarining turiga, kovshining sig‘imiga, kuch qurilmasisining tipiga, platformasining burilish burchagiga, boshqarilish turiga va yurish qurilmasining tipiga qarab xillarga ajratiladi.
Platformasining burilish burchagiga ko‘ra ekskavatorlar to‘liq buriladigan va to‘liq burilmaydigan xillarga bo‘linadi. Ish jihozi gorizontal tekislikda (planda) 360° burila oladigan ekskavatorlar to‘liq buriladigan ekskavatorlar deb ataladi. Bunday ekskavatorlarning burilish platformasiga kuch qurilmasini va ish jihozi montaj qilingan bo‘ladi. Ish jihozi planda 270°dan ortiq burilmaydigan mashinalar to‘liq burilmaydigan ekskavatorlar deyiladi. Ish organining osilish tipiga qarab, egiluvchan qilib va bikr qilib osilgan ish jihozlari bo‘ladi. Egiluvchan qilib osishda ish organi strelaga kanatlar vositasida, bikr qilib osishda esa dasta vositasida osib quyiladi.[6]
Qo‘llaniladigan ish jihozlarining miqdoriga ko‘ra universal, yarim universal va maxsus ekskavatorlar bo‘ladi.
YArim universal ekskavatorlar deb, cheklangan mikdordagi ish jihozlaridan foydalanadigan mashinalarga aytiladi.
Faqat bir turdagi ish jihoziga ega bo‘lgan ekskavatorlar mashinalarning maxsus guruhiga taalluqlidir. Bu guruhiga odimlovchi draglaynlar, tunnel qazuvchi ekskavatorlar va ochuvchi ekskavatorlar kiradi.
Universal ekskavatorlarda asosan gusenitsali yoki pnevmog‘ildirakli yurish qurilmalari qo‘llaniladi.
Gusenitsali yurish jihozi bitta yoki bir nechta gusenitsa aravachalaridan tashkil topadi. Botqoq joylarda va bo‘sh gruntlarda ishlash uchun gusenitsalari kengaytirilgan maxsus konstruksiyadagi aravachalardan foydalaniladi. Gusenitsali yurish qismining afzalligi shundaki, uning gruntga bo‘lgan solishtirma bosimi katta emas, shuning uchun ekskavatorlarning o‘tuvchanligi yaxshi bo‘ladi. Gusenitsali ekskavatorlarning harakat tezligi 3—4 km/soatdan oshmaydi.
Pnevmog‘ildirakli ekskavatorlar nisbatan yuqori tezlikda harakatlanishi bilan ajralib turadi. Biroq, gruntga bo‘lgan solishtirma bosimi kattaligi uchun ularning o‘tuvchanligi cheklangan.[6]
Kovshining sig‘imi 0,15 dan 4 m3 gacha bo‘lgan universal qurilish ekskavatorlari sanoat, uy-joy va melioratsiya qurilishida ishlatishga mo‘ljallangan.
Kovshining sig‘imi 2 dan 8 m3 gacha bo‘lgan karerbop gusenitsali ekskavatorlar gruntni qazish va ochiq konlarda foydali qazilmalarni qazib olish uchun ishlatiladi.
Kovshining sig‘imi 6 m3 dan oshadigan gusenitsali ochuvchi ekskavatorlar. strelasining uzaytirilganligi bilan farq qilib, tog‘-kon sanoatida ochiq konlardagi foydali qazilmalarni berkitib turuvchi gruntni kavlab, uni belgilangan joyga chiqarib tashlashga mo‘ljallangan.
Kovshining sig‘imi 6—10 m3 li odimlovchi maxsus ekskavator-draglaynlardan ham yuqorida aytilgan maqsadlarda foydalaniladi.
Bir kovshli ekskavatorlarda mexanizmlarni harakatga keltirish uchun asosan dizel yoki elektr dvigatellar ishlatiladi.
o‘rnatilgan dvigatellar soniga ko‘ra ekskavatorlar bitta dvigateldan va ko‘p dvigateldan yurgiziladigan harakat dvigateldan mexanizmlarga turli xil yuritma sistemalar vositasida uzatiladi.
Mexanik yuritma hozirgi kungacha eng keng tarqalgan yuritma bo‘lib, unda harakat shesternyalar, chervyakli juftliklar va zanjirli uzatmalar orqali uzatilar edi. Hozirgi vaqtda gidravlik yuritmali ekskavatorlar keng ko‘lamda qo‘llanila boshlandi.
Universal ekskavatorlar sanoat, yo‘l va melioratsiya qurilishida I—IV kategoriyalardagi gruntlarda tuproq ishlari bajarish uchun mo‘ljallangan. Bunday ishlar jumlasiga konlarni ochib, u yerdan qum, shag‘al yoki tuproq qazib olish, transheyalar, zax qochirish yoki sug‘orish kanallari qazish, to‘kma inshoatlar hosil qilish va boshqa tuproq ishlari kiradi.[7]
Melioratsiya qurilishida E-302B, E-304-V, E-652B, E-10011E, E-1252B, EO-4221 modellardagi bir kovshli ekskavatorlar eng ko‘p qo‘llaniladi.
Kanallar kesimining o‘lchamlariga qarab asosan ikki usulda qaziladi: 1) ekskavatorni kanal o‘qi bo‘ylab harakatlantirib; 2) ekskavatorni qazilma chetida harakatlantirib. Draglayn bilan jihozlangan ekskavator kanal o‘qi bo‘ylab harakatlanib, bir o‘tishda to‘liq profilli kanalning kesimini kavlaydi. Qazilgan grunt draglayn yordamida transport vositasiga ortilib, belgilangan joyga olib boriladi.
Katta kanallar qurishda strelaning qulochi kanal kesimini to‘lig‘icha kavlashga imkon bermaydi, shuning uchun kanal uch o‘tishda qaziladi: birinchi o‘tishda ekskavator kanal uqi buylab yurgiziladi, keyingi ikki o‘tishda esa kanalning ikki chetida xakatlantiriladi.
YUritmasining turiga ko‘ra bir kovshli ekskavatorlarning ikki tipi: ish jihozi mexanik tarzda (kanatlar yordamida) va gidravlik tarzda harakatlantiriladigan ekskavatorlar eng keng tarqalgan.
Dostları ilə paylaş: |