Mavzu: Buxoro viloyat sharoitida ko’p cho’michli ekskavatorlarni ish


Bir cho‘michli ekskavatorlar. Klassifikatsiyasi va indeksatsiyasi



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə4/22
tarix21.12.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#188534
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi

1.2. Bir cho‘michli ekskavatorlar. Klassifikatsiyasi va indeksatsiyasi.


Ekskavator (exavo) so‘zi lotin tilidan olingan bo‘lib, bir joyga to‘xtovsiz urish, urib ajratib olish ma’nolarini beradi.[4]
BCHElar asosan tuproq ishlarini bajarishga mo‘ljallangan davriy ishlaydigan mashinalardir. Bundan tashkari ular ortish-tushirish, ustunkozik qoqish va boshka ko‘pgina ishlarda birorta almashlab ishlatiluvchi ish jihozi bilan ham ishlatiladilar.
BCHElar bilan engil va o‘rta qattiqlikdagi tuproqlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamda qattiq toshli va muzlagan tuproqlar oldindan yumshatilib yoki portlatib qaziladilar.
BCHElar qurilishning barcha sohalarida qo‘llaniladilar, jumladan suv xo‘jaligi, sanoat, fukaro, yo‘l qurilishlari va boshkalarda.
Suv xo‘jaligi qurilishida ularni kanallar qazishda, suv omborlari, nasos stansiyalari qurilishlarida, damba va ko‘tarmalar hosil qilishda, qum, shag‘allarni qurilish materiallari sifatida qazib olishda, yuklash-tushirish ishlarida va boshka ko‘pgina ishlarda ishlatadilar.[4]
BCHE larning o‘ttizdan oshiq almashlab ishlatuvchi ish jihozlari mavjud. Bo‘lardan asosiylari: to‘g‘ri va teskari cho‘michlar, draglayn, greyfer va krandir.
BCHE lar quyidagicha tasniflanadilar:

  1. vazifasi bo‘yicha;

  2. harakatlanish usuli bo‘yicha;

  3. yurish qismi konstruksiyasi bo‘yicha;

  4. ishchi qism turi va taqilishi bo‘yicha;

  5. ishchi qism konstruksiyasi bo‘yicha;

  6. kuch qurilmasi turi bo‘yicha:

  7. boshqarish usuli bo‘yicha va x.o.




1.1-rasm. Turli ish jihozli ekskavatorning kanatlarining (arqonlarini) zahiralash sxemasi:
a) to‘g‘ri ko‘rak; b) teskari ko‘rak; v)draglayn; g)greyfer; d)kranli uskuna; 1-ko‘toruvchi arqon.

1.2-rasm. To‘liq buriladigan gidravlik yuritmali bir cho‘michli ekskavator ish uskunalarining komplekti.
1-xartum;2-xartumni o‘rnatish joyi (nadstavkasi); 3-qisqa (kalta) tirsak; 4-cho‘mich yuritmasi tortgichi; 5-uzun tirsak; 6-gidrotsilindr shtokini uzaytirgich; 7,8,17,19,20-greyfer cho‘michining osmasi; 9,10,11,12-teskari cho‘michlar; 13-ilgak oboymasi; 14-yumshatkich; 15-kyuvet va kanav (ariqcha)lar qazish uchun cho‘mich; 16-gidravlik burg‘i; 18,21-greyfer cho‘michlari; 22-greyferli tutgich.
1. Vazifasi bo‘yicha:
Universal , yarim universal, maxsus
2. Harakatlanish usuli bo‘yicha:
quruklikda , suvda
3 YUrish qismi konstruksiyasi bo‘yicha:
1).Zanjirli. 2) Pnevmog‘ildiraklik. 3). Odimlovchi.4). Kombinatsiyalashgan
5)..Avtomobil,6).Relsda.
4.Boshkarish usuli bo‘yicha
Mexanik, gidravlik,Elektr,pnevmatik, aralash.[4]
Bir cho‘michli ekskavator deb, davriy ishlaydigan tuproq qazuvchi o‘ziyurar mashinaga aytiladi. Uning ish jarayoni quyidagidan iborat: muayyan konstruksiyali va sig‘imli yakka kovshi bilan tuproq-gruntni massivdan ajratib olib, bo‘shatish joyiga keltiradi va maxsus joyga yoki transport vositasiga bo‘shatadi.[5]




Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin