Mavzu: Chaqaloqlik va go’daklik davrining o’ziga xos psixologik xususiyatlari Reja


Bola psixikasini o‘rganish printsiplari



Yüklə 27,32 Kb.
səhifə3/5
tarix12.12.2022
ölçüsü27,32 Kb.
#74184
1   2   3   4   5
Mavzu Chaqaloqlik va go’daklik davrining o’ziga xos psixologik

Bola psixikasini o‘rganish printsiplari
Bola psixikasini o‘rganishda tadqiqotchi bir qator printsiplar — qoidalarga tayanishi, ularga rioya etishi lozim bo‘ladi.Bu printsiplar quyidagilardan iborat:
Ob’ektivlik prinsipi tadqiqotchidan ma’lumotlar bilan ularning talqinini aralashtirib yubormaslikni talab qiladi. Masalan, mashg‘ulot davomida bola oynadan tashqariga qarayotgan edi deb aytilsa, bu muayyan hodisa haqidagi ma’lumot bo‘lib hisolanadi. Lekin “bola e’tiborsiz” deb aytish hodisaning talqinidir. Hodisaning o‘zi bilan uning talqinini aralashtirib yubormaslik kerak. Chunki yuqoridagi misolda ham bola oynaga qarab turgan esa-da, tarbiyachi so‘zlariga katta e’tibor berayotgan bo‘lishi mumkin.
Sababiylik printsipi bola shaxsi va ongida yangi sifatlarning hosil bo’lishini ta’minlovchi barcha shart-sharoit va omillarni imkon qadar o‘rganishni talab qiladi. Masalan, mashg‘ulot davomida bola tez-tez oyna tarafga qarayotgan bo‘lsa, bu hodisaning iloji boricha ko‘proq sabablarini aniqlashga urinish kerak: ko’chadagi biron narsa bola e’tiborini o‘ziga tortdimi, mashg‘ulotda bola charchab qoldimi, o’qilayotgan material bolaga yaxshi tanishmi va hokazo.
Sinchkovlik va muntazamlik printsipi bola psixikasi shakllanishi jarayonini, bunda psixolog va pedagoglar ta’sirini sinchkovlik bilan kuzatib borishni talab qiladi.Ushbu printsipga muvofiq oldindan:
a) tadqiqot joyi va vaqti aniqlanishi kеrаk;
b) tadqiqotda o‘rganiladigan sinaluvchilar tanlanmasi tuzilishi lozim;
c) tadqiqot qaysi vaqtda va qanday vaqt oraliqlarida o‘tkazilishini belgilash zarur. Ushbu bandlar belgilangach, ulardan chetga chiqmaslik kerak, ya’ni qandaydir sub’ektiv sabablar bilan shoshilinch xulosalar chiqarmaslik, tadqiqotni bevaqt tugatish hollariga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Aks holda ob’ektivlik printsipi buzilgan bo‘ladi.
Bolalar psixologiyasining asosiy va yordamchi metodlarini o’rganish
An’anaviy ravishda tadqiqot metodlari asosiy va yordamchi metodlarga ajratiladi. Asosiy metodlar — kuzatish va eksperiment — bola taraqqiyoti haqida ishonchli ma’lumot bera oladi. Yordamchi metodlar — test, so‘rov, faoliyat mahsullarini o‘rganish — tasvirlovchi ma’lumot berib, bu ma’lumot asosida faqatgina taxminlarni ilgari surish mumkin bo’ladi.

Yüklə 27,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin