Mavzu: Chaqaloqlik va go’daklik davrining o’ziga xos psixologik xususiyatlari Reja



Yüklə 27,32 Kb.
səhifə4/5
tarix12.12.2022
ölçüsü27,32 Kb.
#74184
1   2   3   4   5
Mavzu Chaqaloqlik va go’daklik davrining o’ziga xos psixologik

Kuzatish metodi — psixologik tadqiqotning asosiy empirik metodlaridan biri bo’lib, psixik hodisalarni maqsadga muvofiq va tizimli ravishda idrok etishga asoslangandir. Kuzatish — tadqiqot vazifalaridan kelib chiqib maxsus tashkil etilgan idrok jarayonidir. Kuzatish quyidagi talablarga javob berishi kerak:
1.Kuzatishdan oldin uning maqsadi aniq belgilanishi kerak: bola psixikasi, xulq-atvori va faoliyatining qaysi tomonlari kuzatilishini aniqlashtirish lozim.
2. Kuzatish obyektiv bo‘lishi kerak: kuzatishda faqat u yoki bu holat, hodisani qayd etish, uni subyektiv talqin etishga o‘tmaslik lozim.
3. Kuzatish muntazam, katta vaqt oraliqlarisiz o‘tkazilishi kerak.
4. Kuzatish shunday o‘tkazilishi kerakki, bola uning kuzatilayotganini bilmasligi lozim. Kuzatishni amalga oshirayotgan tadqiqotchi kuzatilayotgan hodisalarni tez qayd eta olish mahoratiga ega bo’lishi zarur.
Eksperiment metodi — ilmiy bilishning asosiy metodlaridan biri. Uning kuzatishdan asosiy farqi shundaki, unda tadqiqotchi o‘rganilayotgan vaziyatga faol ta’sir ko‘rsatadi, bir yoki bir nechta o‘zgaruvchilar bilan manipulyatsiyani amalga oshiradi. Eksperimentda psixik xususiyatlar maxsus sharoitlarda o‘rganiladi. Eksperimentning ikki turi farqlanadi: laboratoriya eksperimenti va tabiiy eksperiment. Laboratoriya eksperimenti maxsus jihozlangan joylarda, qattiq nazorat ostida amalga oshiriladi. Tabiiy eksperiment chog‘ida esa sinaluvchi eksperiment obyekti ekanini bilmaydi. Bu holat laboratoriya eksperimentida vujudga keladigan emotsional zo’riqish, tadqiqot natijalarini o‘zgartirib yuborishga intilish kabi sinaluvchiga xos xususiyatlarni bartaraf etish imkonini beradi. So‘rov metodi —tadqiqotchi va respondentning bevosita yoki bilvosita o ‘zaro muloqoti davomida birlamchi verbal axborot yig‘ishga yo‘naltirilgan metod. So‘rov anketa yoki intervyu shaklida o‘tkazilishi mumkin. Anketa yordamida so‘rov o‘tkazilganda sinaluvchi yozma savollarga, intervyuda esa og‘zaki savollarga javob qaytaradi. So‘rov so‘ngida sinaluvchiga minnatdorchilik va tashakkur izhor etilishi — “Javoblaringiz uchun tashakkur”, “Yordamingiz uchun rahmat” kabi ifodalarning keltirilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Yüklə 27,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin