Mavzu: Chaqaloqlik va go’daklik davrining o’ziga xos psixologik xususiyatlari Reja


Go’daklik davrining psixologik xususiyatlari



Yüklə 27,32 Kb.
səhifə2/5
tarix12.12.2022
ölçüsü27,32 Kb.
#74184
1   2   3   4   5
Mavzu Chaqaloqlik va go’daklik davrining o’ziga xos psixologik

Go’daklik davrining psixologik xususiyatlari
Go‘dak bolalar jismoniy bilan birga psixik jihatdan ham juda tez rivojlanadilar. Chaqaloq bolalar psixikasining rivojlanishi, birinchidan, analizatorlarning takomillashuvi bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchidan, mustaqil harakatlarining o’sishi bilan bog‘liqdir. Analizatorlarning tez takomillashuvi natijasida bola uch oylik bo‘lgandan so‘ng unda dastlabki shartli reflekslar yuzaga kela boshlaydi. Demak, ana shu davrdan boshlab bola psixikasi tez rivojlanish yo‘liga kiradi. Yuqorida aytib o‘tganimizdek, dastavval bolada harakat analizatorlari bilan bog’liq, undan so‘ng eshitish va ko‘rish analizatorlari bilan bog’liq bo’lgan shartli reflekslar yuzaga keladi. Ana shu tariqa barcha analizatorlarga nisbatan har xil murakkablikda shartli reflekslar tobora ko‘plab yuzaga kela boradi. Shartli reflekslarning yuzaga kelishi bola psixikasining rivojlanishi uchun moddiy zamin bo’ladi. Keyinchalik, ya’ni ikki-uch oylik bolalarda analizatorlar faoliyatining takomillashuvi natijasida ta’sir qilayotgan qo‘zg‘atuvchilarni farqlash qobiliyati yuzaga kela boshlaydi. Dastavval turli ovozlarni, so‘ngra ayrim yorqin ranglarni, ta’mlarni, farqlay boshlaydi. Nihoyat, uch oylik bola atrofidagi juda ko‘p narsalardan odamni farqlaydigan va odamga nisbatan qandaydir boshqacha reaksiya qiladigan bo‘ladi. Uch oylik bola oldiga kelgan odamga tikilib, emotsional munosabatda bo’la boshlaydi. U odamga uzoq vaqt tikilib qaraydi, Lablarini harakatlantirib, tilini aylantirib, go’yo odamning nutqiga taqlid qilmoqchi bo’ladi. Ana shu davrdan boshlab bolalar bilan imkoni boricha mehribonlik ohangida gaplashib turish kerak. Ana shunday munosabatlar natijasida bolada qandaydir aktivlik, kattalaiga talpinish reaksiyasi yuzaga keladi. Psixologlar bolalarda kattalar bilan bo‘lgan munosabatdan yuzaga keladigan emotsional reaktsiyalarni jonlanish kompleksi deb ataganlar. Bu kompleksda bola uning bilan munosabatda bo’layotgan odamga muloyim tikilib, jilmayadi, qo’l va oyoqlari bilan talpinib qandaydir ovoz chiqaradi. Bolada qandaydir kuchli mamnunlik hissi yuzaga keladi. Lekin shuni unutmaslik kerakki, agar bolalar bilan keragidan ortiq darajada munosabatda bo’lib, ularda jonlanish kompleksini yuzaga keltira berilsa, ular kattalarga o‘rganib qoladilar va o‘yinchoqlarga qaramay qo‘yadilar. Go‘dak bola yoshiga to‘lguncha juda ko‘p harakatlarni o‘zlashtirib oladi. Bolaning qiladigan turli-tuman harakatlari orasida qo‘l harakatlari psixik taraqqiyot uchun muhim bo‘lgan harakatlardir. To‘rt oylik bola narsalarga qo‘l cho‘zadigan bo‘ladi, ammo u hali o‘zining qoi harakatlarini idora qila olmaydi. Bola besh oylik bo‘lgach, narsalarni ushlab, uni paypaslab, timirskilab ko‘radigan bo’ladi. Bolaning qo’l harakatlari atrofidagi narsalarni bilish quroliga aylanadi, chunki u narsalarni paypaslab, timirskilab ko‘rish orqali ularning ayrim xususiyatlarini bilib oladi. Bolaning psixik taraqqiyotida murakkab harakatlarni egallab borishi juda katta rol o‘ynaydi. Bola olti oylik bo’lgach, mustaqil o‘tira oladigan bo’ladi. Bola o‘tira boshlagandan so‘ng uning nazar doirasi kengayib, unda yangidan-yangi taassurotlar paydo bo’ladi. Bola ko‘z o‘ngida yangi taassurotlarning paydo bo’lishi idrok, diqqat, xotira kabi psixik jarayonlarning rivojlanishiga katta yordam beradi. Bola sakkiz oylik bo’lgach yana bir murakkab bo’lgan harakatni, ya’ni emaklashni boshlaydi. Bola psixikasining rivojlanishida bu yangi harakatning ahamiyati kattadir. Emaklay boshlagach, bolaning atrofidagi narsalar bilan munosabatda bo’lish imkoniyati kengayadi. Natijada mustaqil harakat qilib, yangidanyangi narsalarni taniy boshlaydi. Bolani hamma narsa qizitiradi. U bir narsani olib ikkinchi narsaga urib taqillatadi va chiqayotgan ovozga quloq soladi. Odatda bu yoshdagi bolalar biror narsaning qopqog’ini ochib yopishni yoqtiradilar. Bunday harakatlar bolaning qo’l muskullarini mustahkamlaydi va narsalarning turli xossalarini bilib olishga yordam beradi. Og‘ir kasallikka uchramay, jismoniy jihatdan sog’lom o‘sgan bola 9-10 oylik bo’lganda yura boshlaydi. Bolaning mustaqil tarzda yura boshlashi uning hayotida nihoyat katta hodisadir. Bola yura boshlagandan so‘ng uning psixik taraqqiyoti uchun juda katta imkoniyatlar yuzaga keladi. Yura boshlagan bolaning faolligi kun sayin ortib, erkin harakat qilish doirasi kengayadi. Bemalol yura oladigan bola tor uy doirasidan tashqariga chiqish inkonoyatiga ega bo’ladi. Bu esa idrok doirasini kengaytirib mazmundor bo’lishiga yordam beradi. Bola dastlabki paytlarda tilga tushuna boshlashi katta odamlarning talaffuz intonatsiyalari va bolaga ko‘rsatib qiladigan ishora harakatlariga bog’liq bo’ladi. Shuning uchun hali yoshiga to’lmagan bolalar har bir so‘zni shu so‘z orqali ifodalangan konkret narsalar bilan bog’lay olmaydilar. Boshqacha qilib aytganda, yoshiga yetmagan bolalarda ayrim so‘zlarni tushunish hali ikkinchi signal darajasiga (ya’ni signalning signali darajasiga) ko‘tarilgan emas. Bu degan so‘z shuki, hali yoshiga yetmagan bolalar so‘zlarni shu so‘zlar orqali ifodalangan narsalar bilan assotsiativ tarzda bog’lash orqali emas, balki intonasiya va imo-ishora, harakatlar orqali tushunadilar. Bolalar nutqining o‘sishi ular idroki, xotirasi, tafakkuri, xayoli va irodasi kabi yuksak psixik jarayonlarning rivojlanishiga yordam beradi. Shunday qilib, ilk yoshdagi bolaning psixikasi uning aktiv faoliyati, turli-tuman harakatlari, o‘z atrofidagi narsalarni ko‘proq bilib olishi jarayonida rivojlanar ekan, uning erkin harakatlari uchun qulay sharoit yaratish zarur. Bola harakatlarini cheklash esa psixikasining normal rivojlanishiga ma’lum darajada zarar yetkazadi. Shu sababli bolani harakat qilishga imkon bermaydigan holatga solib qo‘ymaslik uni haddan tashqari qattiq siqib yo‘rgaklamaslik, uzoq vaqt yo‘rgaklangan holda qoldirmaslik kerak. Bir yoshga to’lgan davrdan boshlab bolalarga ayrim gigiyenik odatlarni singdirib borish kerak. Odat qanchalik yoshlikdan boshlab singdirilsa, u shunchalik mustahkam, ya’ni odamning qalbiga shunchalik chuqur joylashadi. Bolalarga dastavval ozodalik odatlarini singdirib borish kerak. Buning uchun ovqatlantirishdan oldin, bolaning oldiga fartukcha yoki sochiqcha tutub qo‘yish va ovqatni qoshiqda oz-ozdan olish kеrаk. Agar ovqat bolaning og’iz atroflariga surkalib tegib ketsa, shu zahotiyoq artib turish kerak. Ana shularning hammasi so‘z bilan ifodalab bajarilsa, bola zehn solib turadi va tez orada shunga odatlanib qoladi. Keyinchalik ovqatlanishdan oldin fartukcha yo sochiq tutmasangiz, bolaning o‘zi talab qiladigan bo’ladi.

Yüklə 27,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin