Mavzu: Cisco Packet Tracer dasturida lan va vlan tarmoqlarini qurish. Ishning maqsadi



Yüklə 23,49 Kb.
tarix27.12.2023
ölçüsü23,49 Kb.
#200628
computer tarmoqlari2


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI


Fan:Kompyuter tarmoqlari


Topshirdi:Do’smamatov Zafarali
Tekshirdi: Reypnazarov Yernazar

TOSHKENT 2023


Mavzu: Cisco Packet Tracer dasturida LAN va VLAN tarmoqlarini qurish.
Ishning maqsadi: CPT dasturida ikkinchi sath kommutatori modeli bilan ishlashni o’rganish. Kommutator asosida LAN va VLAN tarmoqlarini qurish bo’yicha bilim va ko’nikmalarga ega bo’lish.
Nazariy qism:
Kommutator (switch) – bu kompyuter tarmoqlarining bir nechta uzellarini (xostlarini) bir yoki bir nechta tarmoq segmentlari chegarasida bog’lash uchun mo’ljallangan qurilma. Konsentratordan farqli ravishda kommutator ma’lumotlarni faqat qabul qiluvchiga yuboradi. Bu tarmoqning samaradorligini va xavfsialigini tarmoqning boshqa segmentlari ular uchun mo’ljallanmagan ma’lumotlarni qayta ishlashini zaruratining oldini olish hisobiga oshiradi.
Kommutatorlar OSI modelining kanal sathida ishlaydi. Kommutator xotirasida kommutatsiya jadvalini saqlaydi, jadval kommutatorning portiga mos keladigan qurilma MAC-adresini ko’rsatadi. Kommutator yoqiganda bu jadval bo’sh bo’ladi va u o’rganish rejimida ishlaydi. Ushbu rejimda qaysidir portga kelgan ma’lumot kommutatorning qolgan barcha portlariga yuboriladi. Bunda kommutator kadrni tahlil qiladi va yuboruvchi-uzel MAC-adresini aniqlab uni jadvalga kiritadi. Keyinchalik, agar kommutatorning portlaridan biriga kadr yuborilsa va u kadr MAC-adresi jadvalda mavjud bo’lgan uzel uchun mo’ljallangan bo’lsa, u holda kadr faqat jadvalda ko’rsatilgan port orqali yuboriladi. Agar qabul qiluvchi uzel MAC-adresi kommutatorning qaysidir portiga mos kelmasa, u holda kadr barcha portlarga yuboriladi. Vaqt o’tishi bilan kommutator o’zining barcha portlari uchun to’liq jadvalni shakllantiradi va natijada trafik lokalizatsiyalanadi.
Amaliy qism:
VLAN tarmoqlarini qurish.
1-qadam

1-Cisco Packet Tracer dasturini ishga tushiramiz.VLAN tarmog’ini qurish uchun End Device bo’limidan PC(Kompyuter) ni tanlab olamiz.Hamda Switches bo’limidan 1 ta Switch (2950-24) ni olamiz.

1-rasm
2-qadam:
Bu bosqichda PC larga IP adresslar beramiz.

2-rasm
3-qadam:
PC larni ajratib olamiz.

3-rasm
4- qadam:
Bu bosqichda birinchi Switchni sozlaymiz
Switch>
Switch>
Switch>en
Switch#conf t
Enter configuration commands, one per line. End with CNTL/Z.
Switch(config)#
Switch(config)#vlan 1 siyoxrang
Switch(config-vlan)#name qizil
Switch(config-vlan)#exit
Switch(config)#vlan 2 qizil
Switch(config-vlan)#name yashil
Switch(config-vlan)#exit
Switch(config)#end
Switch#
%SYS-5-CONFIG_I: Configured from console by console

Switch#show vlan brief





4-rasm


5-qadam


Ping orqali tekshirib ko’ramiz






6-rasm


Natija:


1.PC 4 dan PC5 ga ma’lumot uzatganimizda natija successful chiqadi.Ya’ni ma’lumot almashish jarayoni amalga oshirilyapti.(7-rasm)





7-rasm

2.pc4 dan pc5 ga ma’lumot uzatganimizda natija failed chiqadi.Bu ma’lumot almashish jarayoni bajarilmaganini anglatadi.(8-rasm)







8-rasm



Xulosa:


Xulosa qilib aytganda,men bu laboratoriya ishini bajarish davomida Cisco Packet Tracer dasturi bilan ishlash va tarmoq yaratishni o’rgandim.Bundan tashqari,ip address berish,switchni sozlash,ping berish va xabar almashish kabi parametrlar bilan ishladim.
Yüklə 23,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin