Bir moddaning ikkinchi modda tarkibida teng taqsimlangan holatiga dispers sistema deyiladi.
Taqsimlangan modda - dispers faza,
taqsimlangan moddani tutgan modda - dispers muhit deyiladi.
Dispers sistemalarning fizikaviy va kimyoviy hossalarini o`rganuvchi fan - kolloid kimyo deyiladi.
Suspenziyalar — dispers sistemalarning uchinchi xili dagʻal dispers sistemalardir.
Suspenziyalar — dispers sistemalarning uchinchi xili dagʻal dispers sistemalardir.
Dagʻal dispers sistemalarda dispers faza zarrachalarining oʻlchami 100 mmkm dan katta boʻladi[1].
Dispers faza va dispersion muhitning agregat holatiga qarab, dagʻal dispers sistemalar (xuddi kolloid eritmalar kabi) bir necha xil boʻlishi
mumkin, turmush va texnikada eng koʻp uchraydigan dagʻal dispers sistemalar quyidagilardir:
Qattiq dispers faza va suyuq dispersion muqitdai iborat dagʻal dispers sistemalar; ular suspenziyalar deyiladi: masalan, suvga tuproq solib chayqatilsa, suspenziya hosil buladi.
Qattiq dispers faza va suyuq dispersion muqitdai iborat dagʻal dispers sistemalar; ular suspenziyalar deyiladi: masalan, suvga tuproq solib chayqatilsa, suspenziya hosil buladi.
Suyuq dispers faza va suyuq dispersion muqitdan iborat sistemalar; bular emulsiyalar deyiladi; sut emulsiyaga misol boʻla oladi. Agar dispers faza gaz boʻlsa, bunday sistemalar gazsimon emulsiyalar, boshqacha aytganda, koʻpiklar deyiladi.
Suspenziya va emulsiyalar kolloid eritmalardan quyidagi xossalari bilan farq qiladi:
suspenziya bilan emulsiya optikaviy jihatdan bir jinsli emas; ular yorugʻlik nurini tarqatib yuboradi; ular hamma vaqt loyqa va polidispers holda boʻladi.
Ular sedimentatsion jihatdan barrqaror emas:
suspenziya bilan emulsiya ikki va uch qavatga boʻlinishi va ularning tarkibiy qismlari bir-biridan ajralishi mumkin; dispers sistemalarning bu xossalaridan foydalanib, texnikada bir modda boshqa moddalardan ajratib olinadi.