Mavzu: dasturiy ta’minot va uning rivojlanish tendensiyalari



Yüklə 12,14 Mb.
səhifə38/45
tarix30.09.2023
ölçüsü12,14 Mb.
#151122
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   45
AKT Lab

Nazorat savollari

  1. Qiymat nima?

  2. Masalani kompyuterda hal qilishning 1-bosqichi nima?

  3. Masalani kompyuterda hal qilishning 2-bosqichi nima?

  4. Chiziqli dasturlash nima?

  5. Tarmoqlanuvchi dasturlash nima?



Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

  1. Kenjaboyev A.T., Ayupov R.X., Raximov N.R., Ikromov M.M. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari. O‘quv-uslubiy qo‘llanma. – T.: TMI, 2012.-344b.

  2. Мельников П.П. Компьютерные технологии в экономике. Учеб.пособие. – М.: КНОРУС, 2012. – 224с.

  3. G’ulomov S.S., Xodiyev B.Yu., Begalov B.A. Informatika va axborot texnologiyalari. Darslik. – T.:2010y.-765 bet.

  4. Ayupov L.F., Begalov B.A., va boshq. Kompyuterlar va ulardan samarali foydalanish asoslari. O‘quv qo‘llanma. T.; 2008 y.


MAVZU: ELEKTRON XUKUMAT


8-LABARATORIYA ISHI: INTERAKTIV XIZMATLAR VA ULAR BILAN ISHLASH (2 soat)


Ishdan maqsad: Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalini amalda qo‘llash. Uning resurslari, faoliyat maqsadlari, interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanish.


Qo‘llaniladigan jihozlar va materiallar: Kompyuterlar, videoproyektor, laboratoriya ishlanmasi.


Nazariy ma’lumot:

Yagona portal O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 30 dekabrdagi ―Interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatishni hisobga olgan holda Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida‖gi 378-son qarori aosida tashkil etilgan hamda mazkur Qaror bilan qabul qilingan Nizomga ko‘ra faoliyat yuritadi.


my.gov.uz – Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (Yagona portal) 2013 yilning 1 iyul kuni ishga tushirilgan bo‘lib, Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali doirasida, shu jumladan «bir дарча» rejimida faoliyat ko‘rsatadi.
Yagona portal davlat organlari tomonidan ko‘rsatiladigan, shu jumladan pulli asosda ko‘rsatiladigan interaktiv davlat xizmatlaridan erkin foydalanishning yagona nuqtasi hisoblanadi.
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining maqsadi fuqarolarga interaktiv davlat xizmatlarin ko‘rsatishdir. U yagona oyna rejimida faoliyat ko‘rsatadi. Yagona portal zamonaviy texnologiya ѐrdamida foydalanuvchining interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyat- larini kengaytirish uchun mo‘ljallangan.
Yagona portaldan 4 xil ro‘yxatdan o‘tish usuli mavjud:

  1. SMS tasdiqlash orqali yaʼni Yagona portaldan ro‘yxatdan o‘tiladi.

  2. ONEID.uz – Yagona identifikatsiya tizimidan ro‘yxatdan o‘tiladi.

  3. Elektron raqamli imzo orqali.




Yüklə 12,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin