Ishni bajarish tartibi:
Dastlab my.gov.uz saytiga kiramiz
Ushbu sahifadagi Ro’yxatdan o’tish tugmasini bosamiz va quyidagi oyna ochiladi
Bu oynadan Men foydalanuvchi shartnomasi bilan tanishib chiqdim bo’limi tanlanadi va ro’yxatdan o’tish tugmasi bosiladi
Ro’yxatdan o’tish tugmasi bosilgach quyidagi oyna hosil bo’ladi
Ushbu oynadagi maydonlarga kerakli ma’lumotlarni kiritib, oxirida tel raqamimizni kiritib kelgan sms kod bilan tasdiqlaymiz va Keyingi tugmasini bosamiz. Keyingi oynada shaxsiy kabenetdan foydalanish uchun login va parol o’ylab topamiz va shu login parol orqali my.gov.uz saytiga kiramiz. Saytga kirgach quyidagi ko’rinishda bo’ladi
Ushbu oynadagi Yoshlar bo’limiga kirib o’qish joyidan ma’lumotnoma olish mumkin. Buning uchun yoshlar bo’limiga kiramiz va quydagi oyna ochiladi
Ushbu oynadan O’qish joyidan ma’lumotnoma olish (oliy ta’lim muassasasidan) bo’limini tanlaymiz va quydagi oyna ochiladi
Ushbu oynadan Xizmatdan foydalanish tugmasini bosamiz. Shundan so’ng kerakli amallar bajarilib Ma’lumotnoma olish tugmasi bosiladi
Hisobot shakli:
1. Laboratoriya ishining nomi.
2. Laboratoriya ishidagi topshiriq raqami.
3. Topshiriqni bajarilishi (nazariy ma’lumot, amaliy qo’llanilish sohalari)
4. Topshiriq taqdimotini tayyorlash
Nazorat savollari
Interaktiv davlat xizmatlari nima?
ONEID qanday tizim?
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati
Kenjaboyev A.T., Ayupov R.X., Raximov N.R., Ikromov M.M. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari. O‘quv-uslubiy qo‘llanma. – T.: TMI, 2012.-344b.
Мельников П.П. Компьютерные технологии в экономике. Учеб.пособие. – М.: КНОРУС, 2012. – 224с.
G’ulomov S.S., Xodiyev B.Yu., Begalov B.A. Informatika va axborot texnologiyalari. Darslik. – T.:2010y.-765 bet.
Ayupov L.F., Begalov B.A., va boshq. Kompyuterlar va ulardan samarali foydalanish asoslari. O‘quv qo‘llanma. T.; 2008 y.
Dostları ilə paylaş: |