Mavzu: Davlat maqsadli jamg’armalari



Yüklə 419,63 Kb.
səhifə2/3
tarix07.04.2023
ölçüsü419,63 Kb.
#94505
1   2   3
Davlat maqsadli jamg’armalari

Byudjet tashkilotlarining faoliyatini yuritishi, ularni moliyalashtirish masalalarib shuningdek ularni byudjetdan tashqari mablag‘larini shakllantirishb rasmiylashtirish bilan bog‘liq tashkiliy huquqiy asos quyidagi me’yoriy xujjatlar bilan tartibga solinadi

  • Kapital xarajatlarni qoplash uchun yuridik shaxslarga beriladigan byudjet transfertlari shaklida;
  • Rezident yuridik shaxslarga va chet el davlatlariga beriladigan byudjet ssudalari shaklida;
  • Davlat maqsadli jamg’armalariga beriladigan byudjet dotatsiyalari va byudjet ssudalari shaklida;
  • Davlat qarzini qaytarish va unga hizmat ko’rsatish bo’yicha to’lovlar shaklida;
  • Qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa xarajatlar shaklida.

Byudjet tasnifi hamma byudjetlami bir yagona davlat byudjetiga jamlash imkoniyatini yaratadigan asosiy tashkiliy funksiyani amalga oshirishuvchi hujjatgina bo‘lib qolmay, u katta iqtisodiy ahamiyatga ham egadir. Tasnifda davlat byudjeti daromadlari va xarajatlari bir xil alomatlari bo‘yicha guruhlanadi va ular boMinmalar deb yuritiladi. Bo‘limlar, paragraflar, boblar va moddalar byudjet tasnifi bo‘linmalari hisoblanadi. Byudjet tasnifi qonunchilikda belgilangan tartibda 0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Turli darajadagi byudjetlar yagona byudjet tasnifi k o ‘rsatkichlari doirasida shakllantiriladi va ijro etiladi, ya’ni tasnif obyektlariga berilgan guruhlashtirish kodlari bo‘yicha daromadlar va xarajatlar guruhlanadi. Byudjet tasnifi:
1) byudjet daromadlari; 2) byudjet xarajatlarining vazifa jihatidan; 3) byudjet xarajatlarining tashkiliy; 4) byudjet xarajatlarining iqtisodiy; 5) davlat byudjeti taqchilligini moliyalashtirish manbalari tasniflarini o‘z ichiga oladi.
Davlat byudjeti ijrosining buxgalteriya hisobi bo‘yicha moliya organlarining vazifalariga: 1) byudjet daromadlari buxgalteriya hisobini yuritish va bank muassasalariga kelib tushgan daromadlaming byudjetlar o‘rtasida to‘g‘ri taqsimlanishi ustidan nazoratni olib borish; 2) bank muassasalarida saqlanilayotgan byudjetning naqd pulían buxgalteriya hisobini yuritish; 3) byudjet ijrosi bilan bog‘liq bo‘lgan turli operatsiyalar (byudjetlar o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblar, byudjetlarga ssudalar berish va byudjetlardan ssudalar olish bo‘yicha operatsiyalar va boshqalar) buxgalteriya hisobini yuritish; 4) byudjetlarda tashkil qilinadigan fondlar va zaxiralar buxgalteriya hisobini yuritish; 5) o‘zlari ijro etayotgan byudjetlar ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlami tuzish; 6) quyi moliya organlarida va byudjet mablag‘larini tasarruf qiluvchilarda buxgalteriya hisobining yuritilishi, hisobotning tuzilishi va uslubi ustidan nazorat qilish; 7) buxgalteriya hisobi va hisobotini markazlashtirish va mexanizatsiyalashtirish bo'yicha tadbirlaming amalga oshirilishi ustidan nazorat qilish kiradi. Yuqorida ko'rsatilgan vazifalar 0‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida uning davlat byudjeti bosh boshqarmasiga, boshqa moliya organlarida esa moliya organining bosh buxgalteri boshqaradigan buxgalteriyaga yuklatilgan.

Yüklə 419,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin