Mavzu: davlat mulkini xususiylashtirish


Davlat va Xususiy mulk tushunchasi va uning ahamiyati



Yüklə 35,67 Kb.
səhifə2/6
tarix19.04.2023
ölçüsü35,67 Kb.
#100847
1   2   3   4   5   6
Davlat mulkini хususiylashtirish

Davlat va Xususiy mulk tushunchasi va uning ahamiyati
Davlat mulki — mulkchilik shakllaridan biri, davlatga qarashli va uning uz vazifalarini bajarishi uchun zarur barcha mol-mulklar va mulkiy huquklar. D.m. tushunchasi "davlat" tushunchasi bilan uzviy bogʻlangan boʻlib, ular doimo bir-birini taqozo etib keladi. Oʻtmishda D.m. asosan bosqinchilik urushlari hisobiga koʻpayib bordi. D.m. tarkibiga imoratlar va yerdan tashqari oziqovqat mahsulotlari, ot-ulov vositalari, yem va b. ham kirgan. Kapitalizm davriga kelib turli sohalar (pul muomalasi, bandlik, tashqi savdo, aholining kam taʼminlangan qatlamlarini ijtimoiy himoyalash, madaniyat, taʼlimni rivojlantirish va b.)da davlat boshqaruvchilik vazifasini bajara boshladi. Shunga bogʻliq xrlda D.m. ham maktablar, kasalxonalar, pul-kredit muassasalari, elchixonalar va b. hisobiga ortib bordi. Hoz. rivojlangan mamlakatlarda davlatga qarashli korxonalar ulushi turlichadir. Mas, AQSH, Yaponiyada bu miqdor juda kam (2% atrofida). Yevropada yalpi ichki mahsulotning 10%dan (Germaniya) 30%gacha (Avstriya) boʻlgan ulushini davlat korxonalari ishlab chiqaradi. Ularda 4%dan (Buyuk Britaniya) 20— 25%gacha (Avstriya, Gretsiya, Fransiya) ish kuchi band. Davlat korxonalari iqtisodiyotda yalpi kapital qoʻyilmalarining (Germaniya, Buyuk Britaniyada) 1/6 qismini, Fransiyada 1/3, Avstriyada 1/2 qismini amalga oshiradi. AQShda ekiladigan yerlarning 1/3 qismi federal hukumat mulkiga kiradi.
Jahon tajribasida D.m. asosan ikki yoʻl bilan paydo boʻladi: davlat byudjet vositalari hisobiga mol-mulk obʼyektlari yoki davlat korxonalarini barpo etadi; davlat xususiy mulkchilik egaligida boʻlgan mol-mulkni qisman yoki toʻlaligicha milliylashtirish (natsionalizatsiya)ni amalga oshiradi. Davlat korxonalari mulki shu tartibda davlat byudjeti vositalari hisobidan butun iqtisodiyotning faoliyat kursatishi uchun zarur bulgan serharajat infratuzilma korxonalari (kommunal xoʻjaligi, energetika, transport, aloqa)ni barpo etish, ilmiy-texnika progressi bilan bogʻliq ayrim kapitaltalab tarmoqlar (elektronika, aviatsiya)ni rivojlantirish, zarar kurib ishlayotgan korxonalarni (mas, kumir sanoati korxonalari)ni milliylashtirish va b. yuli bilan shakllanadi.
Oʻzbekistonda Oktyabr tuntarishidan boshlab 20-asrning 90-yillar boshigacha — Respublika mustaqillikka erishgunga qadar shaxsiy va kooperativ mulkdan tashqari barcha mol-mulk D.m. hisoblanar edi. Mustaqillikdan soʻng mulkchilikning hamma shakllari — D.m., aralash mulk, qoʻshma korxonalar mulki, jamoa mulki, aksiyadorlik mulki va b.ning daxlsizligi va ularning rivojlanishi uchun teng sharoit yaratish qonun yoʻli bilan mustahkamlandi. Shunga koʻra mulkchilik munosabatlari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, shuningdek, 1990-yil 31 oktabrda kuchga kirgan "Oʻzbekiston Respublikasida mulkchilik toʻgʻrisida"gi qonun hamda bir qator qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan boʻldi. Oʻzbekiston Respublikasida D.m. tarkibi, turlari qatʼiy belgilab qoʻyildi. Iqtisodiy islohotlarning yetakchi boʻgʻini tarzida mulkni davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish yoʻnalishi tanlandi.
Xususiy mulk huquqi shaxsning qonun hujjatlariga muvofiq tarzda qo’lga kiritgan mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidir3. Ya’ni u meros tariqasida ishlab chiqarishda o’z mehnati bilan shaxsan ishtirok etish, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish, bitimlar tuzish, yollanma mehnatdan foydalanish tartibida hamda qonunda tahqiqlab qo’yilmagan boshqa asoslarda olgan huquqidir. Xususiy mulk huquqi bilan bog’liq muhim qoida shuki, xususiy mulk bo’lgan mol-mulk miqdor va qiymat jihatdan cheklanmaydi. Mulkchilik munosabatlari azaldan insonlar hayoti bilan bog’liq bo’lib, u xozirgi kunga qadar har bir kishini qiziqtirib kelgan. Bu munosabatlarda mulk tushunchasi, uning shakllari va turlari to’g’risida fikrlar rivojlanib bordi. Xususiy mulk-bu xususiy shaxslarga tegishli mulk bo’lib, mulkdor o’z mulkiga xususiy tarzda egalik qiladi, undan foydalanadi va tasarruf etadi.
Amaldagi qonunchilikka asosan, xususiy mulk xususiy shaxslarga tegishli bo’lgan, har-xil asoslarda o’zlashtiriladigan mol-mulklardir. Xususiy mulk xuquqi to’g’risida juda ko’plab tsivilist olimlar tadqiqot olib borganlar jumladan: X.Raxmonqulov, I.Zokirov, SH.Ro’zinazarov, X.Azizov, R.Ro’ziev, V.Ergashev va boshqalar.
Xususiy mulk xuquqi - bu daromad olish maqsadida o’z mol-mulkiga egalik qilish, undan foydalanish va tasarruf etish xuquqidan iboratdir. Xususiy mulk huquqi subektlari turli-tuman va keng doirada bo’lsa ham ularni birlashtiruvchi belgi mulkning vujudga kelishi, undan foydalanish, boshqarish, tasarruf etish, uning natijalaridan bahramand bo’lishda jismoniy shaxs (xususiy shaxs)ning u yoki bu darajada ishtirok etishi, ishtirok etganida ham ommaviy mulkdagi kabi fuqaro (davlatga mansub shaxs) yoki maxsus vakolatli mansabdor shaxs sifatida emas, balki mulkdor shaxs sifatida ishtirok etishidir. Bunday ishtirok etish bevosita (masalan, fuqarolarga tegishli mol-mulk bo’yicha mulkdor vakolatlarini amalga oshirishda) yoki bilvosita (masalan, yuridik shaxsni tahsis etuvchisi yoki yuridik shaxs mol-mulkidan bahramand bo’luvchi subyekti sifatidagi huquqlarni amalga oshishida) namoyon bo’ladi. Har ikkala ko’rinishda ham xususiy shaxsga mahlum mulkiy huquqlar tegishli bo’ladi va u bu huquqlarni o’ziga xos tarzda ro’yobga chiqaradi.

Yüklə 35,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin