Bozorni liberallashtirish. Bu baholar erkinligiga o`tish bilan birga, raqiblarni bozorda ko`paytirish choralarini qo`llash, kichik biznesni kuchaytirish, chet tovarlarni ko`proq keltirish sharoitlarini kengaytirish kabilar bozorni o`zidan-o`zi privatizatsiyasiz nodavlatlashtirib, kengaytiradi va talabni qondirish darajasini ko`taradi.
Aktsionerli davlat — shaxsiy korxonalar yaratish, ularning faoliyat sohasini kengaytirish. Bunda davlatning aktsiyali kapitaldagi hissasini pasaytirib borishga qaratilgan soliq, kredit kabi mexanizmlar mavjud.
Davlat iqtisodiyotiga xos nobozor muhitni ketmaket yo`q qiluvchi nodavlatlashtirish usullari. Bular byudjet hisobiga korxonalarning shini yaxshilash, davlat buyurtmasini qisqartirish, kredit qarzlardan voz kechmaslik, xususiy investitsiya sharoitlarini davlat korxonalariga tatbiq etishlardan iboratdir. Bu bozor munosabatlariga yo`l ochadi.
Agar xususiylashtirish keng qo`llanilsa ayrim shaxslar, sotiladigan kor-xonalar, bank, yangi hissadorlik jamiyatlar, chet firmalarning jamoa a`zolari mulkdorlar qatoriga qo`shilib boradilar va Z-jadvalda iqtisodiyotni nodavlatlashtirish usullari berilgan.
Jadvalda iqtisodiyotning nodavlatlashtirishga xos usullarini ko`rsatuvchi tomonlarni umumlashtirilgan holda ko`rsatishga harakat qildik. Bularni alohida-alohida qo`llaniladi, deb bo`lmaydi. Bu, albatta taraqqiy etgan g`arb mamlakatlar tajribasi asosida tuzilgan. Lekin respublika sharoitlarini hisobga olgan holda bulardan muvaffaqiyatli foydalanish va bu bizning shakllanayotgan bozor iqtisodiyotimiz uchun katta foyda keltirishi mumkin. Bu to`rt usul bozor usuliga o`tgan mamlakatlarga xos bo`lib, ularda privatizatsiya oldindan hal qilingan. O`zbekiston uchun esa hozirgi asosiy vazifa — privatazatsiyani to`la amalga oshirishdir va ayniqsa hududiy mulkni o`rta korxonalarga ham tarqatishdir.
Amalda yuqorida keltirilgan to`rt usul birgalikda olib boriladi. Lekin iqtisodiyotni nodavlatlashtirishda liberallashtirish va xususiylashtirish bir-birini to`ldirib keladi. Chunki, bularning o`ziga xos katta ustuvorliklari mavjud. Liberallashtirishni olsak, u bozor eshiklarini keng ochib qo`yadi. Bunda bozorning ichki tuzilishi o`zgarib boradi va iqtisodiyotning nodavlatlashuviga yordam qiladi hamda monopollashuvni zaiflashtiradi. Хususiylashtirish esa birdaniga bunday o`zgarishlarga olib kelmaydi. Chunki, faqat mulk shakli o`zgaradi, bozorda darrov o`zgarishlar yuz bermaydi va o`sha tovar kamchilligi, monopoliya mavjudligi, tovar sifatining pastligi saqlanib qolaveradi.