Mavzu: davlat mulkini xususiylashtirish


Xususiy mulk huquqining vujudga kelishi va bekor bo’lishi



Yüklə 35,67 Kb.
səhifə3/6
tarix19.04.2023
ölçüsü35,67 Kb.
#100847
1   2   3   4   5   6
Davlat mulkini хususiylashtirish

Xususiy mulk huquqining vujudga kelishi va bekor bo’lishi
Mulk huquqining vujudga kelish va bekor bo’lish asoslari deganda, mulk huquqining olinishi yoki yo’qotilishi bilan bog’liq bo’lgan yuridik faktlar nazarda tutiladi.Mulk huquqining olinishi asoslarida jamiyatning iqtisodiy tizimi o’z ifodasini topadi. Mulk huquqining olinishi: dastlabki va hosila asoslarga bo’linadi. Mulk huquqining vujudga kelishini bildiradigan dastlabki asoslar bo’yicha mulkka nisbatan egalik huquqi ilgari hech kimga tegishli bo’lmagan mulkka nisbatan yoki avvalgi mulk egasining huquqi bilan bog’liq bo’lmagan holda vujudga keladi. Mulk huquqining dastlabki asosda vujudga kelishi:
-birinchidan, tabiat nehmatlarini o’zlashtirish;
-ikkinchidan, ishlab chiqarish va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish natijasida yangi ashyolarni vujudga keltirish;
-uchinchidan, egasiz mulkning sud qarori bilan davlat ixtiyoriga olinishi;
-to’rtinchidan, egasi bo’lmagan mulkka yoki egasi bo’lsa ham xo’jasizlik bilan saqlanayotgan mulkka, egalari tomonidan belgilangan muddatlarda talab qilib olinmagan mulklarga, shu jumladan topilgan ashyolar, xazinalar (boshqa usulda yashirilgan narsalar) topilishi hollarida yuz beradi.
Mulk huquqining vujudga kelishida egalik huquqini vujudga keltiruvchi muddat o’ziga xosdir. Mulkdor bo’lmagan, lekin ko’chmas mol-mulkka o’n besh yil davomida yoki boshqa mol-mulkka besh yil davomida o’ziniki kabi halol, oshkora va uzluksiz egalik qilgan shaxs bu mol-mulkka nisbatan mulk huquqini oladi, yahni to’la mahnoda mulkdor huquqlariga ega bo’ladi. Mulk huquqi vujudga kelishining dastlabki asoslaridan yana biri-hamma yig’ib olishi mumkin bo’lgan ashyolarni mulkka aylantirishdir. FKning 189-moddasida ko’rsatilishicha, qonun hujjatlarida yovvoyi mevalar, yong’oq, zamburug’lar, rezavor mevalar hamda o’simlik, hayvonot dunyosi va jonsiz tabiatning hamma olishi mumkin bo’lgan boshqa obhektlarini yig’ish yo’li bilan fuqarolar mulkiga aylantirish tartibi va shartlari belgilab qo’yilishi mumkin. Bunday tartibda mulk huquqi o’rmonlardan qo’ziqorin, mevalar terish, dashtu tog’lardan dorivor giyohlar to’plash, daryo va ko’llardan baliq ovlash orqali vujudga kelishi mumkin. Biroq, mahlumki, ushbu mulk obhektlari o’sgan mavjud hudud xususiy mulk huquqi asosida boshqaga tegishli bo’lmasligi lozim. Mulk obhektlarining bahzilarini ovlash uchun vakolatli davlat organida ruxsat (litsenziya) olingan bo’lishi talab etiladi. Ayni vaqtda baliq va boshqa jonivorlarni ovlash ovga ruxsat berilgan mavsumdagina yo’l qo’yiladi, aks holda ovlangan jonivorlar musodara qilinib, ov qurollari olib qo’yilishi va ularga nisbatan tegishli jazo choralari qo’llanilishi mumkin.
Egasiz ashyoga nisbatan mulk huquqi ham dastlabki asosda vujudga keladi. Egasi bo’lmagan yoki egasi nomahlum ashyo egasiz ashyo hisoblanadi. Egasiz ko’char ashyolarga nisbatan egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat asosida qo’lga kiritilishi mumkin. Bunday ashyo tegishli davlat organi yoki fuqarolar o’zini o’zi boshqarish organi arizasiga muvofiq ko’chmas mol-mulkni davlat ro’yxatiga oluvchi organda hisobga olinib, uch yil o’tgach tegishli davlat organi talabi asosida sud tomonidan davlatga o’tkazilishi mumkin.
Topilmaga nisbatan mulkiy huquqlarning vujudga kelishi xususiyatlari belgilangan4. Unda ko’rsatilishicha, yo’qolgan ashyoni topib olgan shaxs bu haqda uni yo’qotgan shaxsni yoki ashyo egasini yoxud uni olish huquqiga ega bo’lgan o’zga mahlum shaxslardan birortasini darhol habardor etishi hamda topilgan ashyoni shu shaxsga qaytarishi shart. Basharti, ashyo binoda yoki transportda topilgan bo’lsa, u shu binoning yoki transport vositasining egasi bo’lmish shaxsga topshirilmog’i lozim. Topilma topshirilgan shaxs ashyoni topib olgan shaxsning huquqlarini qo’lga kiritadi va uning majburiyatlarini o’z zimmasiga oladi. Basharti, topilgan ashyo qaytarilishini talab qilish huquqiga ega bo’lgan shaxs nomahlum bo’lsa yoki uning manzili bo’lmasa, ashyoni topib olgan shaxs topilma to’g’risida militsiyaga, tegishli davlat organlariga yoki fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organiga mahlum qilishi shart.
Davlat mulkini xususiylashtirish
Bozor iqtisodiyotining shakllanishi va rivojlani-shida mulk shakllarining turliligi va xususiy mulkning asosiyligini ta`minlash davlat mulkini xususiylashtirish, uning monopol holatini bartaraf etishni muhim masala qilib qo`yadi. Chunki, nobozorcha boshqarish usuli o`rniga bozorcha xo`jalik yuritishni o`rnatish, raqobatbop xo`jalik turlarini yaratish asosiy muammolardandir. Davlat mulkini xususiylashtirish (privatizatsiya) umumiqtisodiy voqelik bo`lib, bozor iqtisodiyoti shakllanishi va rivojining zarur shartidir. Хususiylashtirish iqtisodiyotni liberallashtirish, davlat mulkiga xususiylik munosabatlarini singdirish kabi erkin, iqtisodiy sharoitga bog`liq chora-tadbirlarni ham o`z ichiga oladi.
Privatizatsiya davlat iqtisodiy monopolligini bitirish va o`rniga bozorga xos bo`lgan mulk erkinligini ta`minlashga qaratilgan. Chunki, bunda davlat mulki hukmronligi o`rniga asta-sekinlik bilan nodavlat, birinchi navbatda, xususiy mulk shakllarini o`rnatib borish yuz beradi. Agarda biz xususiy mulk shakllarini yaratish va bozorga o`tish sharoitlarini paydo etish uchun davlat mulkini xususiylahtirayotgan bo`lsak, rivoj topgan mamlakatlarda bozor iqtisodi rivoji sohasida katta tajriba orttirib, bozor taraqqiyotini takomillashtirish va shu sohada davlat va bozor tizimlari o`rtasidagi muvozanatni zamonaviylashtirish amalga oshmoqda. Bu ham tub mazmuni bilan monopollashuvga qarshi kurash, raqobatli bozorni kuchaytirish bilan bog`liq. Shuning uchun bizdagi va g`arbdagi xususiylashtirishni bir xil deb bo`lmaydi. Bizning sharoitimizdagi bu jarayon o`tish davri vazifasini bajarish va bozor iqtisodiga asos solish bilan bog`langan bo`lsa, g`arbdagisi bozor iqtisodiyoti taraqqiyotini ta`minlash hamda navbatdagi davlat va raqobat bozori o`rtasidagi balansni ta`minlashdan iborat.
Mulkiy munosabatlarning umumiy va xususiy tomon-lari mavjud bo`lganidek, xususiylashtirishning ham umumiy qonuniyat va talablari hamda milliy, ommaviy xususiyatlari mavjuddir. Keyingi yillarda iqtisodiyotni nodavlatlashtirish jarayoni sharoitida nog`oyaviylashtirish kuchaymoqda. Chunki, faqat xususiylik tarafdorlari bo`lganlar yoki davlat iqtisodiyoti tarafdorlari bo`lganlar kamayib, o`z ahamiyatlarini yo`qotmoqdalar. Aytaylik, Buyuk Britaniyaning yirik neft kompaniyasi bo`lgan "British petrolium"ni konservatorlar emas, balki leyborist demokratlar xususiylashtirishdi. Shvetsiyada ham sotsial-demokratlar xuddi shunday qilishdi. Bunday misollarni ko`plab keltirish mumkin.
Nodavlatlashtirish faqat xususiylashtirishdan iborat emas. Buning yo`l va usullari ko`p bo`lib, iqtisodiy ahvol, kuchlar muvozanati, hozirgi holat kabilarni hisobga olgan holda qulay usullardan foydalanish talab etiladi.
G`arb davlatlari tajribasiga ko`ra iqtisodiyotning no-davlatlashtirish usullaridan to`rt xilini samarali deb tanlasa bo`ladi.
Albatta bu usullarni O`zbekiston uchun to`g`ri keladi deb bo`lmaydi. Lekin ulardan foydalanish mumkin. Shunga ko`ra bularni tahlil etish foydadan xoli emas, deb o`ylaymiz va quyidagilarni xulosa sifatida keltiramiz:


  1. Yüklə 35,67 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin