Mavzu: davlat mulkini xususiylashtirish


Iqtisodiyotni nodavlatlashtirish usullari



Yüklə 35,67 Kb.
səhifə5/6
tarix19.04.2023
ölçüsü35,67 Kb.
#100847
1   2   3   4   5   6
Davlat mulkini хususiylashtirish

Iqtisodiyotni nodavlatlashtirish usullari





Usullar

Usulning mazmunn

Usulning mexanizmlari

Nosalbiy tomonlari

Salbiy tomonlari

1



Bozorni
liberallash
tirish



Erkin baholar kiritilishi, raqobatga yo`l ochish, bozor
qatnashchilar-
ini ko`pay-
tirish



Baho,raqobat,privatizatsiyasiz nodavlat-lashuv



Mayda korxo-
nalar ko`payi-
shi, bozorda
taklifning
o`sishi, bozor
tuzilishining
o`zgarishi



Bahoning ko`-
tarilib bo-
rishi



2



Davlat shax-
siy aktsio-
ierli kor-
xonalarni
yaratish

Aktsioner ka-
pitalida dav-
lat hissasini
kamaygirish



Soliq, kredit

Mulkchilar
ko`payadi, er-
kin iqtiso-
diy faoliyat
o`sadi

Tabaqalashuv kuchayadi



3



Davlat iq-


tisodiyo-tiga
xos nobozor
usullarni
ketma-ket
yo`q qi-lish





Davlat kor-
xonalarida
bozor muno-
sabatlarini
qo`llash



Byudjet, kre-
dit, xususiy
investitsiya-
lardan foy-
dalanish



Davlat buyurt-
malarini qis-
qartirish,
korxonalar
faoliyatini
yaxshilash





O`tish bi-
lan bog`liq
ishlab chi-
qarishning
vaqtincha
qisqarishi



4



Хususiylashtirish



Davlat mul-
kini xususiy-
lashtarish

Auktsion, ak-
tsiyalar sota-
lish, tekin-
ga mulkni
tarqatish

Mulk egasini
topadi, uning
samarador-ligi
oshadi

Ta`siri
ma`lum vaqt
O`tgandan kuchga kiradi,
katga o`zga-
rishlarni
talab etadi



Lekin xususiylashtirishning ijobiy tomoni shuki, u mulkning real — xaqiqiy egasini topadi. Bilamizki, mulk egasini topmaguncha samaradorlik bo`lmaydi. Demak, bozor mexanizmlari ishga tusha boshlaydi, ishlab chiqarish o`sib, taklif kuchaya boradi.
Rivoj topgan mamlakatlarda xususiylashtirish moliya bozoriga ta`sir etadi, natijada sotiladigan aktsiyalar ko`payishi bilan taklif ortadi. Bu hech qanday xarajatlar bilan borliq bo`lmaydi va iste`mol buyumlariga bo`lgan talabning qisqarishiga olib keladi. Foydali bo`lgani uchun fuqarolar xursandlik bilan davlat mulki-ning sotilishida faol qatnashadilar. Inflyatsiyaga qar-shi ta`sir kuchli bo`ladi. Daromadlarning bir qismi ak-tsiyalar sotib olishga sarflanganligi sababli tovar va xizmatlar bozorida talab pasayadi. Angliya, Frantsiyaga o`xshagan mamlakatlarda privatizatsiya jarayonida xuddi shunday voqelik yuz bergan.
Rossiyada axvol boshqacha bo`lib, xususiylashtirish cheklari chiqarildi, bu ijtimoiy-siyosiy muvozanatga ancha yordam berdi.
Хususiylashtirishning muvaffaqiyati uchun bir nechta shartlarni bajarish talab etiladi.
1. Mulkning taqdirini belgilashda, imkoni bo`lsa privatizatsiyalashtiriladi. Bunda nohaqlik, nazoratsizlik yuz bermasligi uchun, avvalo davlat mulki sub`ektlarining to`la aniqligi talab etiladi.

  1. Privatizatsiya iqtisodiyotning bozor potentsiallarini tezda ishga solishi uchun kapitallar harakatini ta`minlash, ularning tarmoqlararo va sohalararo siljish yo`llarini ochish talab etiladi.

  2. Sotiladigan aktsiyalarning oldindan ma`lum bo`lishi. Rivojlangan mamlakatlarda bu jarayon xaqiqiy bozor usulida erkin tarzda bo`lmaydi. Masalan, Frantsiyada sotiladigan korxonalar aktsiyalarining 10 foizi korxona xodimlariga past bahoda sotiladi, 15 foizi chet elliklarga, 50 foizi Frantsiya fuqarolariga va bank, muassasa, korxonalar, fondlarga, qolgan 25 foizi esa yirik moliya institutlariga sotiladi. Germaniyada esa davlat o`ziga 51 yoki 25 foizini qoldiradi.

  3. Хususiylashtirishning oxirigacha amalga oshishini ta`minlash uchun mulkning biri xususiylashtirilib, ikkinchisini byurokrat apparat qo`lida qolishiga yo`l qo`yilmaslik kerak.

Yuqoridagi shartlar bajarilsa, xususiylashtirish muvaffaqiyatli o`tadi. Masalan, Germaniyada bu qiyinlik bilan ko`chdi. Chunki, mahalliy hokimiyatlarning huquqlari katta. Angliyada "British Genekom"ni privatizatsiya qilish natijasida 2,25 mln. kishi sherik mulkdor bo`lishdi. Bu, korporatsiyaning 96 foizi xodimlariga teng, degan so`z.
Davlat xususiylashtirishni kengaytirar ekan, demak u o`z faoliyatini bozor iqtisodiyoti talabiga moslashtirish, uning rivojini kuchaytirish va talab tomon to`la harakatda bo`lish, iste`molchilar uchun zarur tovarlar bi-lan bozorni to`ldirishni ko`zda tutadi. Privatizatsiya ishlab chiqarish samaradorligi va aholining yuqori darajali turmushini ta`minlash uchun bo`lgan harakatdan iboratdir.
O`zbekistonda raqobat bozoriga xos erkin iqtisodiyotni shakllantirishda albatta xususiylashtirish muxim asos bo`lib, u tezlashtirilishi kerak. Ammo yuqoridagi shartlar-ni e`tiborga olish va sharoitga qarab yuqorida ko`rsatib o`tilgan usullardan foydalanishni esdan chiqarmaslik shart. Хususiylashtirishni iqtisodni liberallashtirish bilan bog`liq holda olib borish maqsadga muvofiqdir. Chunki, liberallashtirish bevosita bozorni kengaytiradi, ya`ni bu jarayonga hoziroq ta`sir ko`rsatib, tezda samara bera boshlaydi.
Respublikamizda baho liberalligi amalga oshdi va o`z samarasini bermoqda, boj sohasidagi amaliy ishlar chet tovarlarining ichki bozorimizda o`z o`rnini kengaytirmoqda. Pul-kredit sohasidagi ishlar, milliy pulning mustahkamlanishi kabilar bozor munosabatlariga o`tishni tezlashtirmoqda.
Lekin xususiylashtirish sohasida ham bir qancha ishlar bajarilib, bunda davlat katta tashabbuskorlik qilmoqda. Pulli, pulsiz va imtiyozli usullar keng qo`llanilmoqda. Aytaylik, turar joylarni xususiylashtirish juda tez vaqt ichida keng miqyosda o`tkazildi. Bunda imtiyozli usul qo`llanilib, uy-joylar arzon bahoda kam pul hisobiga O`zbekiston fuqarolarining xususiy mulkiga aylantirildi. Maishiy xizmat ko`rsatish korxonalari, avvalo mayda va o`rta, so`ngra katta savdo korxonalari ham xususiylashtirildi. Bunda xizmatchilarga imtiyozli sharoitlar yaratib berildi.
Auktsion yo`li bilan kim oshdi savdosi orqali nodavlatlashtirish ham qo`llanilib, bu asosan viloyat va tumanlar hududlarida o`tkazilmoqtsa. Tez vaqt ichida davlat sanoat, qurilish, transport korxonalarini aktsionerlashtirish tufayli mulkchilarning soni ancha kupaytirildi. Bunda korxona xizmatchi va ishchilariga ustuvorrlik xuquqi berilib, avvalo ular cheklangan aktsionerpshk korxonalariga ay-lantira boshlandi.
O`zbekistonda ham xususiylashtirishda chet el kapitali qatnashib, mulk sotib olishi mumkin. Bu mulk tur-liligi sharoitini yaratishda ahamiyatlidir. Хususiylashtirishning tezlik bilan olib borilishi shuni ko`rsatadiki, O`zbekistonda ming-minglab xususiy korxonalar paydo bo`lmoqda. Ularning soni 2003 yilga kelib mingdan oshib ketdi.



Yüklə 35,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin