1. Davlat mulki va xususiy mulk tushunchasi.
2. Davlat mulkini xususiylashtirish.
3. Хususiylashtirishni amalga oshirish.
Oʻzbekiston Respublikasi D.m. respublika mulki va maʼmuriy-xududiy tuzilmalar mulkidan tashkil topadi. Respublika mulkiga (yer, yer osti boyliklari, ichki suvlar, mamlakat hududi doirasidagi xavo havzasi, oʻsimlik va hayvonot dunyosi, respublika hokimiyat va idora organlari mol-mulki, respublika xalqlarining madaniy va tarixiy boyliklari, respublika byudjeti mablagʻlari, oltin zaxirasi, valyuta fondi va b. davlat fondlari, Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi mulki, davlatning byudjet yoki boshqa mablagʻlari evaziga yaratilgan yoki sotib olingan korxonalar, tashkilotlar, oʻquv, ilmiy, ilmiy tadqiqot muassasalari, shuningdek, intellektual faoliyat natijalari va b. kiradi. Maʼmuriy- hududiy tuzilmalar mulki (kommunal mulk) mahalliy davlat hokimiyati idoralari mulki, kommunal uy-joy fondi va kommunal xoʻjaligi korxonalari, mahalliy byudjet mablagʻlari, madaniyat, sogʻliqni saklash, xalq taʼlimi muassasalari va b.dan iborat. Oʻzbekistonda D.m.ga boʻlgan mulkchilik huquqini xalq nomidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va ular vakolat bergan markaziy davlat idoralari (vazirliklar) hamda mahalliy hokimiyat idoralari amalga oshiradilar.
Xususiy mulk tizimiga oid tushuncha va qarashlar tizimining mazmun mohiyatini ochib berish, unga oid nazariy qarashlar va bilimlami o’rganib tizimlashtirish asosida tegishli xulosalar shakllantirish hamda ularning negizida amaliy ko’nikmalarga ega bo’lish kurs ishi mavzusini o’rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Mamlakatimiz birinchi prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek: “O’tgan 2015-yil bizning bosh maqsadimiz bo’lmish asosiy vazifa - odamlarimizning munosib hayot darajasi va sifatini ta’minlash va rivojlangan demokratik davlatlar qatoridan o’rin egallash bo’yicha avvalo muhim islohotlarni amalga oshirish yo’lida katta qadam bo’ldi, deb aytishga to’liq asoslarimiz bor.
Bu borada gap, avvalo, har tomonlama puxta o’ylangan, uzoqni ko’zlaydigan keng ko’lamli dasturni hayotga joriy etish haqida bormoqda. Ushbu dastur mohiyat e’tibori bilan chuqur tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik manfaatlarini ishonchli himoya qilish, eng muhimi, Konstitutsiyamizda ko’zda tutilganidek, xususiy mulkning qonuniy, me’yoriy- huquqiy va amaliy jihatdan ustuvor rolini ta’minlash, O’zbekiston iqtisodiyotida davlat ishtirokini bosqichma-bosqich kamaytirishga qaratilgani sizlarga yaxshi ma’lum, albatta”1.
Jamiyatdagi xilma-xil iqtisodiy munosabatlar mulkka bo'lgan munosabatlardan kelib chiqadi. Respublikamizda keng ko’lmda amalga oshirilayotgan islohatlar samarasi, xususiy mulkka berilayotgan e’tibor birinchi prezidentimiz ma’ruzalarida o’z tasdigini topdi: “Davlat aktivlarini xususiylashtirish, avvalo, chet ellik investorlarga sotish vazifalari qo’yildi va buning uchun tegishli sharoitlar yaratildi. Masalan, 506 ta mulk kompleksi tanlov asosida, investitsiya kiritish sharti bilan «nol» qiymatida yangi mulkdorlarga sotildi. Bu borada ana shu investorlar qariyb 1 trillion so’m va 40 million AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritish, shuningdek, 22 mingga yaqin yangi ish o’rni yaratish majburiyatini olganini qayd etish lozim.
Xususiylashtirish dasturida ko’zda tutilgan, foydalanilmayotgan va qurilishi tugallanmagan 353 ta davlat mulki obekti buzilib, buning natijasida 120 gektar hajmidagi er maydoni bo’shadi. Bu erlarning qariyb 80 gektari ishlab chiqarish korxonalari tashkil etish va xizmatlar ko’rsatish obektlari qurish uchun tadbirkorlar tasarrufiga berildi.
Davlat mulki shaklidagi yana 319 ta ana shunday obekt inventarizatsiya qilinib, xususiy mulk shakliga o’tkazish uchun savdoga qo’yildi va o’tgan yili ularning 102 tasi yangi mulkdorlarga sotildi. Bundan tashqari, 378 ta aksiyadorlik jamiyatining davlat ulushi baholandi va chet ellik strategik investorlarga sotish uchun ochiq savdoga qo’yildi”2.
Mulkchilik tizimi munosablarni tavsiflash iqtisodiy faoliyat kimning manfatini ko’zlab olib borilayapti?- degan savoga javob beradi. Agarda u shaxsiy manfaatni ko’zlab olib borilayotgan bo’lsa, unda xususiy shaxsiy o’zlashtirish (xususiy mulk) munosabatlar tizimi, agarda o’zlashtirish jamoa manfaatnni ko’zlab olib borilsa, unda jamoa mulk to’g’risida gapirish mumkin bo’ladi. Agarda u yoki bu ijtimoiy guruh manfaatlari ustivor hisoblansa, unda biz ijtimoiy o’zlashtirish shakli bilan to’qnash kelamiz.
qarashlar va bilimlarni o’rganib tizimlashtirish asosida tegishli xulosalar shakllantirish hamda ularning negizida nazariy bilimlar va amaliy ko’nikmalarga ega bo’lish.