Mavzu: davlat organlarining turlari: markaziy va boshqaruv organlari: oliy va maxalliy vakillik organlari


Davlat organlarning turlari haqida umumiy tushuncha



Yüklə 91,83 Kb.
səhifə3/15
tarix17.06.2023
ölçüsü91,83 Kb.
#132104
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Mart.Kurs ishi

1.1 Davlat organlarning turlari haqida umumiy tushuncha.

Ijtimoiy munosabatlar – ijtimoiy sub’ektlar o‘rtasidagi hayotiy ne’matlarni taqsimlash, moddiy va ma’naviy ehtiyojlarni qondirish yuzasidan kelib chiqadigan aloqalardir. Ijtimoiy munosabatlarning quyidagi turlari mavjud: milliy, etnik, guruhiy, shaxsiy va boshqalar. Ijtimoiy munosabatlar faqat ijtimoiy
sub’ektlar, ya’ni shaxslar va ularning uyushmalari o‘rtasida yuzaga keladi. Shu jihatdan olganda, insonning o‘zi yaratgan sun’iy ob’ektlari va tabiat ne’matlari (o‘simlik va hayvonot dunyosi)dan foydalanishini ijtimoiy aloqalar sifatida tavsiflab bo‘lmaydi.
Shuning uchun ijtimoiy munosabatlar deyilganida, keng ko‘lamdagi ijtimoiy tizimlar ham tushuniladi. Ijtimoiy munosabatlarga ikki qiz o‘rtasidagi do‘stlik, ustoz va shogird munosabatlari, ishchi va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuv, ikki tashkilot o‘rtasidagi hamkorlik, ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik kabilar misol bo‘lishi mumkin.
Ijtimoiy munosabatlar tizimida quyidagi elementlarni ajratib ko‘rsatish mumkin:

  • Ikki individ, ikki guruh yoki indivi va guruh;

  • Ikki tomonni bog‘lab turuvchi biror manfaat, qadriyat, predmet yoki qiziqish;

  • Ikki tomon bir-birining oldida bajarishi majburiy bo‘lgan formal yoki noformal vazifalar tizimi.

Ijtimoiy munosabatlar tufayli insonlar turli to‘plam va guruhlarga birlashadilar. Tartibsiz harakatlar esa sotsial guruhlardagi tartib uchun asos bo‘la olmaydi. Shuning uchun ijtimoiy harakat va ijtimoiy o‘zaro harakatlarni o‘rganish orqali tadqiqotchi aslida ijtimoiy munosabatlarni tadqiq etishni ko‘zlaydi. Chunki ijtimoiy munosabatlarning mohiyatini o‘rganish jamiyat manfaati nuqtai nazaridan muhimroq sanaladi.
Ijtimoiy munosabatlar sotsial institutlar tizimi doirasida amal qilib, sotsial nazorat mexanizmlari orqali nazorat qilinadi. Ular jamiyat tomonidan belgilangan rasmiy talablar va normalarga asoslanadi. Ijtimoiy munosabatlar kundalik hayotimizda doimiy uchraydigan munosabatlar bo‘lib, ular sotsial nazorat orqali nazorat qilinsada, ba'zan sotsial munosabatlarning buzilishi huquqiy yoki jamoatchilik tomonidan jazolanmasligi ham mumking. Masalan, qo‘pollik qilgan avtobus haydovchisini tartibga chaqiruvchi qoidalar va dashnom shakllari bo‘lsada, yo‘lovchi uni so‘zda urushibgina “jazolashi”, uning ustidan arz qilish darajasiga kamdan-kam xollarda borishi mumkin.
Ijtimoiy munosabatlarda rollar, xulq-atvor modellari, norma, motiv va ehtiyojlarning miqdori kam. Ijtimoiy munosabatlardan shaxsiy munosabatlarga o‘tish u qadar oson emas. Ammo shaxslararo munosabatlarning istalgan bosqichidan sotsial munosabatlarga osonlikcha o‘tish mumkin.
Ijtimoiy munosabatlar kishilarning o‘zaro mavhum aloqalari emas. U moddiy va ma’naviy madaniyatda o‘z ifodasini topgan kishilarning bir-biriga ta’siri, muloqoti, qiziqish va ehtiyojlarining uyg‘unlashuvi, fikr va e’tiqodlarining qiyoslashuvi, faoliyat va tajriba almashuvi natijasidir. Muloqotda kishilarning
ratsional, emotsional va erkin tarzda bir-biriga ta’siri, kayfiyatlari va qarashlari shakllanadi, turmush va xulq-atvor tarzi, odatlar, qiliqlar o‘zlashtiriladi, ahillik, hamkorlik kabi guruhiy yoki ijtimoiy faoliyatini ifodalovchi xislatlar yuzaga keladi.

Yüklə 91,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin