Davlatning tartiblash vazifalari
Iqtisodiy samaradorlikka erishishni ko’zlaydi
Iqtisodiy o’sish va iqtisodiy rivojlanish
To’liq va samarali bandlikni ta’minlash
Iqtisodiy erkinlik
Barqaror narx darajasi
Mamlakat tashqi savdo balansini muvozanatlash
5-rasm. Davlat boshqaruv organlarining milliy iqtisodiyotni tartibga solish bo’yicha vazifalari
ljtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning har bir bosqichida o‘zaro bog‘liq maqsadlarni ishlab chiqish va asoslash hukumatning mamlakatni boshqarish san'ati hisoblanadi.
ljtimoiy-iqtisodiy rivojlanish maqsadlarining murakkabligi va o‘zaro bog'liqligining qarama-qarshiligi, ularning ijobiy yoki salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligi tartibga soluvchi davlat organlarining o‘z maqsadlarini alohida holda emas, balki birgalikda, ularning o'zaro bog'liqligini inobatga olgan holda ishlab chiqishga majbur qiladi.
Bozor iqtisodiga o`tish sharoitida davlat bosh islohotchi bo`lishi xususida O`zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov:”Bozor munosabatlariga o`tish davrida davlat bosh islohotchi bo`lishi, iqtisodiyot va ijtimoiy turmushning hamma sohalarini o`zgartirish rejalarini tuzib, uni izchillik bilan amalga oshirishi zarur”, deb ta’kidlagan edi.
Bozorga, ayniqsa, uning shakllanish bosqichida, uzoq va chuqur iqtisodiy inqirozlar, ishsizlikning o`sishi, pulning qadrsizlanishi, ko`pgina korxonalarning sinishi va ishbilarmonlarning xonavayron bo`lishi, aholining moddiy ta’minot jihatdan keskin tabaqalashuvi, huquqqa zid xatti-harakatlar va jinoyatlarning o`sishi xosdir. Shuning uchun bozor iqtisodiyoti sari buyuk sakrashlar, inqilobiy qayta o`zgarishlar yo`li bilan emas, balki sobitqadamlik va izchillik bilan bosqichma-bosqich harakat qilish kerak. Bozorga o`tilgan sari iqtisodiyotni boshqarish va tartibga solishda davlatning vazifasi jiddiy o`zgaradi. Bozor iqtisodiyotining o`zini o`zi tartibga soluvchi vositalari tobora muhimlashadi. Davlat zimmasiga faqat iqtisodiy tartiblash va rag`batlantirish vazifalarigina qoladi.
Bozor xo`jaligining asosiy talablari va shartlaridan biri erkin narxlardir. Ammo dunyo bo`yicha narx siyosati, ayniqsa, bozor tarmoqlarini qaror toptirish davrida tartibga solib turilmaydigan bironta ham davlat mavjud emas. Bozor munosabatlari yo`liga kirgan ko`pgina mamlakatlarning tajribasi davlat doimo aholini ham, ishbilarmonlarni ham islohotlarga tayyorlab kelganligidan dalolat beradi.
Davlat ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga bevosita iqtisodiyotning davlat sektori orqali ham ta’sir ko`rsatadi. Davlat ixtiyorida faqat asosiy va xalq xo`jaligi tarmoqlarining strategik ahamiyatga ega bo`lgan tarmoqlari qoladi. Bular yoqilg`i, neft va gaz sanoati, elektr energetikasi, temir yo`l, avtomobil, havo va truboprovod transporti, aloqa, suv va gaz ta’minoti, irrigasiya inshootlari qurilishi va ulardan foydalanishdir.
Zamonaviy bozor tizimiga o`tishga doir chora-tadbirlar majmuini amalga oshirish respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, uning sanoatlashgan mamlakatlar safiga yo`nalishida chuqur sifat o`zgarishlariga olib keladi hamda O`zbekiston iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy mustaqilligining ishonchli kafolatini ta’minlaydi.
O`zbekiston Respublikasida davlat bosh islohotchi sifatida quyidagi vazifalarni amalga oshirishi maqsadga muvofiqdir:
1. Bozor munosabatlariga o`tishning boshlang`ich davrida aholi manfaatlarini kuchli qayta taqsimlash vositasi orqali himoya qilish.
2. Ijtimoiy-siyosiy barqarorlik va millatlararo totuvlikni kafolatlash.
3. Iqtisodiy faoliyatning huquqiy asoslari, o`ziga xos bozor shart-sharoitlarini vujudga keltirish va tasdiqlash.
4. Bozor iqtisodiyotiga o`tish sharoitlarida kishilarning iqtisodiy erkinliklari kafolatlangan bo`lish.
5. Tartibga solinadigan bozor sharoitida asosiy maqsad yo`nalishlarini ishlab chiqish, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning bosh yo`lini belgilash va bu yo`lni o`tkazish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish.
6. Ijtimoiy muammolarni hal qilish, aholini ijtimoiy himoyalashning samarali, aniq va ravshan tizimini vujudga keltirish.
7. Vujudga kelayotgan ishbilarmonlik tizimlarining qaror topishi va rivojlanishiga ko`maklashish.
8. Aniq maqsadga qaratilgan iqtisodiyot tarmoqlari tuzilmasi siyosatini izchillik bilan amalga oshirishga ko`maklashish.
Xulosa
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlarning hozirgi yangi bosqichida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tashabbusi bilan qabul qilingan “2017-2021-yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasi”ning maqsadlariga erishish yo`lida davlat boshqaruvining mutlaqo yangi, samarali va sifatli faoliyat yurituvchi tizimini yaratishni, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining uyg`un faoliyatini tashkil etish vazifasi belgilab berilgan. Bu borada O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-sentyabrdagi Farmoni bilan tasdiqlangan “O`zbekiston Respublikasida ma’muriy islohotlar konsepsiyasi” amalga oshirilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur konsepsiya “Vertikal boshqaruv tizimi va ijro etuvchi hokimiyat organlari hamkorligining mexanizmlarini takomillashtirish” deb nomlangan 4-qismida “Respublika davlat boshqaruvi organlari vakolatlarini mahalliy davlat hokimiyati organlariga, viloyatdan tuman (shahar) davlat hokimiyati organlariga o`tkazishni nazarda tutgan holda, davlat boshqaruvini bosqichma-bosqich nomarkazlashtirish. Davlat boshqaruvining turli darajadagi o`zaro funksiya va vakolatlarini, xususan, umumdavlat miqyosidagi strategik masalalarni respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarida qoldirish, shuningdek, ular tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlariga berilgan vakolatlardan lozim darajada foydalanayotganligi ustidan nazorat qilishni aniq chegaralash” vazifasi belgilangan.
Yurtboshimiz Davlat boshqaruvini haddan tashqari markazlashtirishdan voz kechish, buning uchun ko`pgina vakolatlarni markaziy davlat organlaridan hududiy organlarga o`tkazish vazifasini belgilagan.
Endilikda bu boradagi harakat va chora-tadbirlar quyidagilarga qaratilishi maqsadga muvofiqdir:
- davlatga tegishli mutlaq funksiya, vazifa va vakolatlarni qat’iy aniqlash hamda ortiqchalaridan voz kechish;
- bu funksiya, vazifalarni bajarish uchun ijroiya hokimiyatning optimal (oqilona) tarkibini aniqlash;
- davlat boshqaruv organlari faoliyatining jamiyat uchun, umummilliy manfaatlarni ro`ѐbga chiqarish uchun samarali mexanizmlarini joriy qilish maqsadida ularning funksiyalarini aniqlashtirish hamda funksional boshqaruvga o`tish jarayonini jadallashtirish kerak bo`ladi.
“O`zbekiston Respublikasida ma’muriy islohotlar konsepsiyasi”da belgilangan vazifalardan kelib chiqib, davlat boshqaruvini nomarkazlashtirish uchun quyidagi muammolarni hal etish lozim bo`ladi:
- joylarda mavjud davlat hokimiyati organlari ikki tomonlama, ya’ni ham viloyat, ham tuman boshqarmalari hokimlik va vazirlikka bo`ysunishini oqilona tarzda hal etish, bir-birlarining funksiyalarini takrorlash hollariga chek qo`yish. Buning uchun har bir sohada tegishli vazirlik va davlat qo`mitalarining hududiy bo`linmalari, muassasalari bilan mahalliy hokimliklar o`rtasida boshqaruv funksiyalarini aniq taqsimlashga erishish lozim;
- viloyat, shahar, tuman hokimliklari o`rtasidagi mas’uliyat va vakolat doiralarini taqsimlab, aniq belgilash maqsadga muvofiq. Hokimlik vakillik organlarining hudud ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga oid masalalarni hal etishdagi rolini oshirish uchun hokimlik idoralari va hokimlar faoliyatini nazorat qilish vakolatiga ega bo`lishlari kerak;
- mahalliy hokimliklarning mahalliy byudjetini yanada mustahkamlash lozim;
- mahalliy hokimlikning kichik biznes faoliyatiga to’g’ridan-to’g’ri noo`rin aralashuviga barham berish maqsadida ularning xo`jalik yurituvchi sub’ektlar mablag`ini majburan olib qo`yish, ularni homiylik qilishga, ko`ngilli ravishda pul o`tkazishga majbur qilishlarini hamda ularning kadrlar siyosatiga aralashishini ta’qiqlovchi qonun hujjatlarini qabul qilish kerak;
- fuqarolik jamiyati institutlari hudud ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga oid masalalardagi ishtirokini kengaytirish uchun joylarda hududiy iqtisodiyotni rivojlantirishga oid turli dasturlarni tuzishga hududdagi turli siyosiy partiyalar vakillarini, Savdo-sanoat palatasi, fermerlar kengashi hamda boshqa nodavlat notijorat jamoatchilik tashkilotlari vakillarini keng jalb etish lozim bo`ladi.
Hokimliklarga viloyat, shahar va tumanlarda hududiy iqtisodiy siyosat yuritishdagi vakolatlarini yanada kengaytirish uchun quyidagi yo`nalishlarda qonuniy-me’yoriy hujjatlar ishlab chiqilishi maqsadga muvofiqdir;
a) hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish mustaqilligini belgilash hamda uni kuchaytirish;
b) kadrlarni qayta tayyorlash, malakasini oshirish, rotasiya qilish, oqilona joy-joyiga qo`yish;
v) hokimliklarning tashkiliy nazorat faoliyatini takomillashtirish;
g) joylarda ko`rsatilayotgan davlat va jamoat xizmati samaradorligi va sifatini oshirish;
d) hokimliklarning mahalliy o`zini o`zi boshqarish, nodavlat va notijorat tashkilotlari bilan samarali hamkorligini yo`lga qo`yish hamda mustahkamlash.
Dostları ilə paylaş: |