Depressiyani davolash Depressiyani do’stingiz deb biling, u sizning dushmaningiz emas, uning vazifasi hayotning tartibda bo’lmagan qismlarini ko’rsatishdir. Depressiyani o’qituvchi sifatida qabul qiling, shunda depressiyadan qanday qutulish mumkinligi va mustaqil yashashni boshlash haqida savolingizga javob topa boshlaysiz.
AZIYAT CHEKISHGA OG’RIQ EMAS, BALKI U MAVJUDLIGI HAQIDAGI FIKRLAR SABAB BO’LADI Depressiya beradigan og’riq u mavjudligi tufayli emas, balki buni og’riq deb qabul qilganliktufayli aziyat keltiradi. Og’riq o’z-o’zidan azob-uqubatlar keltirmasligini tushuning. Lekin, depressiya mavjudligi va nimadir o’z joyida emasligi haqidagi fikr bizga azob beradi. Og’riq faqatgina ba’zi noqulayliklar tug’diradi va bu nimadir noto’g’ri kechayotganini ko’rsatadi.
1. Ichki og’riqni spirtli ichimlik va boshqa narsalar bilan to’ldirishga urinmang — bu depressiyani davolash usuli emas Agar siz ruhiy tushkunlikni spirtli ichimliklar yoki turli xil tashqi lazzatlar orqali bartaraf qilmoqchi bo’lsangiz, muammo hal bo’lmaydi.
Depressiyadan mustaqil qutilish sevgi, chekish, spirtli ichimliklar va boshqa vaqtinchalik lazzatlarga bog’liq emas. Ular sizning muammoingizga barham bermaydi. Spirtli ichimliklar sizning his-tuyg’ulariningizni vaqtinchalik so’ndirishi mumkin, ya’ni siz o’zingizni yo’qotib qo’yasiz. Ertasi kuni esa depressiya yana o’zi haqida bildiradi, ichkilikdan keyingi bosh og’rig’i esa uni yanada chuqurlashtirib yuboradi.
2. Qaergadir yugurishni to’xtating, ishlarni qo’ying Sizning depressiyangiz to’g’ridan-to’g’ri sizga ta’kidlamoqda:
-Nimagadir intilish va nimalardir bajarishni chetga surib, to’xta.
-Bu ichki muammoni hoziroq hal qil.
-Muammoni hal qilib bo’lgachgina oldinga harakatlanishda davom etish mumkin.
Muammoni o’zingiz hal qilishingiz kerak! Depressiyadan tezda qutulish bo’yicha do’stlar va yaqinlaringiz maslahatlari butunlay samarasiz bo’lishi mumkin. Hech kim sizning ichingizdagi fikrlar va qo’rquvlaringizni sizchalik aniq ko’ra olmaydi. Imkon qadar muammoni ota-onagniz bilan bo’lishishga harakat qiling, ular sizdan ko’ra ko’proq narsani bilishadi, eng asosiysi sizning muammoingizga befarq bo’lmaydi.
Bunday vaziyatda chindan ham ishlarni to’xtatish kerak, depressiya bilan keyinroq shug’ullanishim mumkin degan o’ylardan yiroq bo’ling. Barcha rejalaringizni qoldiring va muammoni hozir hal qiling. Agar buni doim ortga surib yursangiz, hech qachon munosib vaqt kelmaydi. Chalkashib qolib, o’zingiz haqida unutib yuborish juda oson.
Bir muddat to’xtab, muammolarni hal qilganingizdan keyin qanchalar erkin va kuchli bo’lishinigz haqida o’ylab ko’ring. Depressiya aynan hozir paydo bo’lganligi uchun rahmat ayting. Bu kelajakda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan murakkab vazifalarni osonlik bilan yechishga imkon beradi.