Mavzu: Dialektika-rivojlanish haqidagi ta’limot



Yüklə 180,69 Kb.
səhifə10/14
tarix16.12.2023
ölçüsü180,69 Kb.
#182548
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Mavzu Dialektika-rivojlanish haqidagi ta’limot

Sabab va oqibat.

Sabab – bu boshqa hodisalardan oldin bo’lib o’tgan yoki uni yuzaga keltiradigan hodisa hodisalar guruhi. Sabab ta’sirida yuzaga kelib rivojlanadigan hodisa oqibat deb ataladi.

Sabab har doim oqibatdan oldin keladi va uning rivojlanish yo’nalishini aniqlaydi, biroq, vaqt sababni aniqlash uchun yetarli asos emas. Qish kuzdan keyin keladi, ammo, bu kuz qishning sababini degani emas. Hodisalar o’rtasidagi sababli bog’liqlik, hodisalardan biri shunchaki vaqt bo’yicha ilgariroq sodir bo’lmasdan, balki boshqa sababni ham yuzaga keltirganida sodir bo’ladi.

Sababni – sabab bo’lmaydigan, ammo, rivojlanishga turtki beradigan voqeaning oqibatdan oldin keladigan bahona bilan adashtirmaslik kerak. Demak, sababi Birinchi jahon urushi boshlarida Serbiya shahri Sarayevoda avstriyalik ertsgertsog Ferdinandni o’ldirilishi bo’lsa, u holda, asosiy sababi muqarrar urushga olib keladigan yirik monopoliyalar o’rtasida dunyoda ta’sir doirasida qayta taqsimlashni muqarrar yuzaga keltiradigan kapitalizmning imperialistik bosqichida yotadi.

Ijtimoiy jarayonlarni o’rganishga har qanday hodisaning asl sababini aniqlash juda muhim ahamiyatga ega. Ko’pincha bu unchalik oson bo’lmaydi, va biz xos tarixiy voqealar (masalan, Buyuk Oktyabr inqilobi kabi) misolida ularning sabablarini izohlashda ziddiyatlarni ko’ramiz. Ularni to’g’ri aniqlash uchun bu davrda jamiyat qarama-qarshiliklarni har tomonlana o’rganish lozim.

 Zaruriyat va tasodif.

Zaruriyat – Bu muayyan shartlar ostida albatta sodir bo’ladigan hodisa hisoblanadi. Zaruriyat tufayli tun orqasidan kun keladi, yil fasllari almashadi. Muzning nol darajadan yuqori haroratda erishi ham zarur. Zaruriyat obyekt mohiyatidan kelib chiqadi va u uchun doimiy va barqaror hisoblanadi.

Tasodif – bu muayyan shartlar ostida har doim sodir bo’lmaydigan voqea. Tasodifiy hodisalar sodir bo’lishi ham, sodir bo’lmasligi ham mumkin. Misol uchun, bahor qorning erishiga olib keladigan qish o’rnida keladi. Ammo, qorning aynan qachon aprel yoki fevral oyida eriy boshlashi haqidagi savol tasodifga tegishli. Rossiyada inqilob vaqti yaqinlashgan edi va muqarrar edi, shuning uchun ham sodir bo’lishi lozim edi. Ammo, kim aniq uni amalga oshirishi, qaysi yil va oy tasodifiy xususiyatga edi. Inqilob 1917-yilning oktyabr oyida bo’lib o’tishi mumkin edi yoki 1925-yilning yanvar oyida sodir bo’lishi mumkin edi va hokazo.


Yüklə 180,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin