Mavzu:Didaktik jarayon pedagogik texnologiyaning asosiy omili. Kirish I. Bob Pedagogik texnologiya pedagogikaning mustaqil sohasi sifatida. 1.1 Pedagogik texnologiyaning rivoji. 1.2 Pedagogik texnologiyaning ilmiy asoslari. Il. Bob Pedagogik texnologiya fan sifatida, uning asosiy kategoriyalari metodologik asoslari va o'ziga xos xususiyatlari. 2.1 Didaktik jarayon tuzilmasi haqida tushuncha. 2.2 Didaktik jarayonni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish.
KIRISH I. Bob Pedagogik texnologiya pedagogikaning mustaqil sohasi sifatida. Pedagogika fani bugungi kunda ma‘lum bir yuksalish bosqichiga ko‘tarilmoqda. Buning albatta, ob‘ektiv sabablari mavjud. Tarbiya maqsadining har bir davrda turlicha bo‘lishi ijtimoiy tuzum, mafkuraviy qarashlarning o‘zgarishi bilan bog‘liq. Ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy rivojlanish davomida tarbiya maqsadiga erishish jarayoniga nisbatan pedagogik yondashuvlar ham turlicha bo‘lgan. Demak ta‘lim-tarbiyaning maqsadi, uning amalga oshirish jarayoni nazariy va amaliy jihatdan takomillashib borishi bilan pedagogika fani zamonaviy tus ola boshlaydi. Bizning zamonaviy pedagogikamiz bugungi kunda aynan shunday holatni boshdan kechirmoqda.
Milliy mustaqillik qo‘lga kiritilishi bilan istiqbol yo‘llarimiz, milliy g‘oya va mafkuramiz aniq qilib belgilab olindi. Biz o‘z ta‘limi-tarbiyaviy maqsadimiz va vazifalarimiz, uni amalga oshirish dasturlarimizni belgilab oldik. Prezidentimizning ma‘naviy mafkuraviy, barkamol avlodni voyaga etkazish borasida bir qator asarlarida ushbu yo‘nalishdagi davlat siyosati ustivor masala ekanligi bir necha bor ta‘kidlab o‘tiladi. Bobokalonlarimizning azaliy orzulari, milliy va umumbashariy qadriyatlari, ma‘naviy yodgorliklar zamonaviy pedagogikaning maqsadi va vazifalarini shakllanishiga asos bo‘lmoqda. Davlatimiz tomonidan qabul qilinadigan “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da ushbu maqsad yoritib berilgan. Zero, zamonaviy pedagogikaning bosh maqsadi ham etuk, yuksak malakali, ma‘naviyatli, ma‘rifatli, mustaqil fikr yurita oluvchi, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashdan iboratdir.
Ko‘zlangan maqsadga erishish uchun uzluksiz ta‘lim tizimi tubdan isloh qilinmoqda. Ta‘lim jarayoniga tabaqalashtirilgan yondashuv, o‘quvchilarni turli kasb-xunar kollejlari, akademik litseylarda taxsil olishlarini ta‘minlash zamonaviy pedagogika fani oldiga yuksak vazifalarni qo‘ymoqda. Masalan, ushbu o‘quv muassasalari uchun davlat ta‘lim standartiga muvofiq keluvchi o‘quv dasturlarini va darsliklar, o‘quv qo‘llanmalarini yaratish bugungi kun talablariga javob bermog‘i lozim. Har biri turli variantlarda bo‘lsagina, maqsadga to‘g‘ri xizmat qila oladi.
O‘quv –tarbiya jarayonlarini tashkil etishda ham an‘anaviy usullardan farqli o‘laroq, yangicha pedagogik yondashuvlarni o‘zlashtirish va ta‘lim jarayonida qo‘llash zamon talabidir. Milliy dasturda bu masalaga alohida e‘tibor berilgan. Albatta, ilg‘or pedagogik texnologiyalar bizning fanimizga endigina kirib kelmoqda. Aslida esa ta‘limga texnologik yondashuv masalasi rivojlangan demokratik xorijiy davlatlard bundan 30-yillar muqaddam paydo bo‘lgan va ular bu sohada katta yutuqlarni qo‘lga kiritgan.
Bugungi kunda biz pedagogika sohasidagi ilg‘or texnologiyalarni kengroq va chuqurroq o‘zlashtirishimiz, ularni o‘z mintaqamizga mos holda qayta ishlab chiqishimiz kerak bo‘ladi. Pedagogik texnologiya tushunchasiga hozirgi kunda turlicha ta‘riflar berilmoqda. Muhimi shuki, pedagogik texnologiya ko‘zlagan maqsadga kafolatlangan natija sifatida erishishni ifodalovchi jarayondir.
II. Pedagogika fani va amaliyotida turli yondashuvlar qo‘llaniladi. An‘anaviy yondashuv, tizimli yondashuv, texnologik yondashuv, funktsional, kompleks, faoliyatli yondashuvlar shular jumlasidandir.
An‘anaviy yondashuv. Uning asosiy xususiyati-o‘qituvchi ma‘lum axborotni, gapirib beradi, tushuntiradi, talaba esa bu blimni xotirasida saqlaydi. “Bilim” tushunchasi xotirada saqlanadigan axborot ma‘nosida tushuniladi. Tulabada bilim bor-yo‘qligi imtihonda shu axborotga doir berilgan savolga yoddan bergan javobiga qarab aniqlanadi. Bunda bilim degani asosan esda qoldirishning natijasidir, u ko‘pina yuzaki bo‘lshi ham mumkin. Bunday bilim xotirada uzoq saqlanmaydi. Talaba savol berilganda eslashi ba‘zan eslay olmasligi ham mumkin.
An‘anaviy o‘qitish usulida ta‘lim maqsadi dastur talabiga binoan aniq ifodalanmaydi, talabaning o‘zlashtirish darajasi, sifati haqida muallim aniq tasavvurga ega bo‘lmaydi.
An‘anaviy ta‘lim mamlakatimizning o‘quv yurtlarida keng tarqalgan, uning turli jihatlari pedagogika, metodika fanlarida ishlab chiqilgan, katta tajriba to‘plangan. An‘anaviy ta‘lim usulini takomillashtirish sohasida izlanishlar davom etayotir. Lekin uning ob‘ektiv imkoniyatlari cheklangan. Mamlakatiimzda amalga oshirilayotgan ta‘lim sohasidagi islohotlar, tez sur‘atlar bilan rivojlanayotgan fan –texnika talablari-ta‘lim usuli bilan jamityaning raqobatbardosh, yuqori malakali kadrlar tayyorlash, barkamol avlodni shakllantirishga bo‘lgan ehtiyoji o‘rtasida nomutanosiblikni vujudga keltirdi. Uni ta‘limda boshqa yangi yondashuvlarni qo‘llash yo‘li bilan hal etish lozim.
III.Tizimli yondashuv. Tizim so‘zi- tuzilma, qismlardan tuzilgan, birikka yaxlit narsa yoki hodisa ma‘nosini anglatadi. Tizim tushunchasi va so‘zi, boshqa ma‘nolarga ham ega . masalan, tizim-ip, sim kabilarga terilgan narsa; Tizim-shoda (bir tizim, marvarid bir shoda marjon kabilardir). Shuningdek, kibernetik tizim, axborotlar tizimi, ijtimoiy munosabatlar tizimi, harakatlar tizimi, pedagogik tizim kabi tushunchalar shaklida ham qo‘llaniladi. Tizim tushunchasi odatda ayrim belgilariga ko‘ra turlarga ajratiladi: moddiy narsalar tizimi; mavxum tushunchalar, faraziyalar, nazariyalar, ilmiy bilimlar tizimi kabilar.
Tizimli yondashuv ilmiy bilish metodologiyasi va pedagogik amaliyotning bir yo‘nalishi sifatida universal tavsivga ega, pedagogikada keng qo‘llaniladi, ta‘lim-tarbiyaga ham pedagogik tizim sifatida qarash lozim.
“Tizimli yondashuv” tushunchasi ko‘pincha “tizimli metod”, “tizimli tahlil usuli” tushunchalari bilan uzviy bog‘liq holda qo‘llaniladi. Chunki tizimli taxlil usullari ham ob‘ektni yaxlit tizim sifatida o‘rganishni nazarda tutadi. Tizimli yondashuv, ayniqsa tuzilish- vazifasiga ko‘ra bajariladigan tahlilga juda yaqin. Tizimli tahlilning ob‘ekti yaxlit narsa yoki hodisa (tizim) hisoblanadi, u, birinchidan, ob‘ektning turli qismlarini; ikkinchidan, qismlarning o‘zaro bog‘liqligini; uchinchidan, tizimning chegaralarini va to‘rtinchidan, tizimning atrof-muhit bilan bog‘liqligi, aloqadorligini nazarda tutadi.
Tizimli yondashuv bir qancha qoida-printsiplar majmuidan foydalanadiki, ular tadqiqotchilik va amaliy faoliyatda yuqori natijalarga erishish imkonini yaratad. Bunday qoida-printsiplar qatoriga, jumladan, quyidagilar kiradi: mavxumlikdan yaqqollikka qarab borish: analiz bilan sintezning, matiqiylik bilan tarixiylikning birligi; ob‘ektiv bog‘lanishlar va o‘zaro ta‘sirlarning turlichaligi; ob‘ektning tuzilishi vazifalari va kelib chiqishi haqidagi tasavvurlarning birligi va boshqalar.
Pedagogik tizim. Inson bolasini barkamol shaxs, biror kasb egasi sifatida shakllantiruvchi yaxlit ijtimoiy-pedagogik hodisa bo‘lib, uning tarkib pedagogik jarayonning ob‘ektlari va sub‘ektlari, shakl-usullari, ular o‘rtasidagi munosabatlar o‘zaro ta‘sirlar, ularni boshqarishdan iborat. Pedagogikada keng va tor (jmns va tur) tushunchalarini o‘z ichiga oladi; pedagogika-fan; pedagogika-o‘quv predmeti; pedagoglik-inson faoliyatining bir sohasi sifatida keng tushunchalardir. Ularning har biri ma‘lum qismlardan tuzilgan tizim hisoblanadi. Pedagogika fan sifatida ayrim belgilarga ko‘ra bir necha qismlardan tuzilgan tizimdir. Pedagogik fanlar tizimiga-pedagogika nazariyasi va tarixi; o‘qitish nazariyasi va metodikasi; maxsus pedagogika; jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi; madaniy ma‘rifiy ilar pedagogikasi, ijtimoiy pedagogika kabilar kiradi.
Shuningdek, ta‘lim-tarbiyaning maqsadi, shakl-usullari tizimi; ta‘lim-tarbiyaning yo‘nalishlari, turlari, tizimi; uzluksiz ta‘lim tizimi; ta‘lim muassasalari tizimi; pedagogik ixtisosliklar tizimi; o‘quv vazifalari, o‘quv axborotlari tizimi kabilar pedagog tizim tarkibiga kiradi.
V1. Texnologik yondashuv. Texnologiya yunoncha so‘z bo‘lib, texne-mahorat, san‘at, logos-tushuncha, ta‘limot ma‘nolarini anglatadi. Texnologiya tushunchasi-tayyor mahsulot olish uchun ishlab chiqarish jarayonlarida qo‘llaniladigan usul va metodlar majmui; shunday usul va metodlarni ishlab chiqaruvchi va takomillantiruvchi fan sifatida ta‘riflanadi. Ishlab chiqarish jarayonlarining tarkibiy qismi bo‘lgan amallar- materiallarni qazib olish, tashishi, tahlash, saqlash va boshqalar ham texnologiya deyiladi. Texnologiyaga ishlab chiqarish jarayonlarini tasvirlash, ularni bajarish bo‘yicha qo‘llanmalar, texnik qoidalar va talablar, grafiklar ham kiradi. Sanoat ishlab chiqarish sohasida yuzlab texnologik loyihalar (jarayonlar) yaratilgan. Ular, agar texnik hujjat talablariga amal qilinsa, ishni kim va qaerda bajarganidan qat‘iy nazar, mahsulot sifati va natijasi kafolatlanadi.
Ta‘lim ishiga texnologik yondoshuv:
-o‘qish-o‘qitish jarayonini o‘zaro uzviy bog‘liq etaplar, fazalar, amallarga ajratish, bo‘lishni;
-ta‘limda mo‘ljallangan natijaga erishish uchun bajariladigan xarakatlarni muvofiqlashtirish, ketma-ket, bosqichma-bosqich amalga oshirishni;
-loyihalashtirilgan ishlar, amallarni barchasini birdek bajarishni nazarda tutadi.
Bu yonashuv asosan reproduktiv ta‘limga xosdir. Reproduktiq ta‘lim tipik vaziyatlarda biror ish –harakatni oldin bilib olingan qoidalar asosida bajarishdir.
Reproduktiv darajasi, uchun pedagogik texnologiya usulida ta‘lim takror ishlab chiqiladigan konveyrli jarayon sifatida tashkil etiladi, undan kutiladigan natija ham mufassal tasvirlanib, aniq qayd etiladi. O‘quv materiali aniq ifodalangan o‘quv maqsadiga mos qayta tuzib, ishlab chiqiladi, ayrim bo‘lak (qism, modul)Larga ajratiladi, o‘quv materialini o‘rgatishning alternativ yo‘llari nazarda tutiladi, har bir bo‘lakni o‘rgatish test yordamida nazorat etilib, xato, kamchiliklar tuzatilib to‘g‘rilab boriladi. O‘quv ishi etalonda ko‘rsatilgan natijaga erishini nazarda tutadi. Bu bolalarni qiziqtirish musobaqa va o‘zaro yordamlashishni inkor etmaydi. Ta‘lim reproduktiv xarakterda olib borilgani uchun ham bu usul bilim, ko‘nikma va malakalarning zarur minimumini egallashda ko‘proq samara beradi. Texnologik yondashuvni qo‘llash qo‘yilgan o‘quv maqsadlarga erishishni kafolatlaydi.
U.Tadqiqiy –ijodiy yondashuv. Bu yondashuv ta‘limning maqsadi talabada biror muammoni echish qobiliyatini o‘stirish, yangi bilim (tajriba)ni mustaqil o‘zlashtirish, harakatning Yangi usullarini topish, shaxsan tashabbus ko‘rsatishni ko‘zda tutadi
Tadqiqiy yondashuv faoliyatning ijodiy, aktiv xarakteri bilan bog‘liq.
Bu yondashuvda talabaning o‘quv-bilish faoliyatiga pedagog rag‘batlantiruvchi usulda rahbarlik qiladi, bolaning shaxsiy tashabbusiini qo‘llab-quvvatlaydi, bola bilan hamkorlik qiladi, talabaning fikr va qiziqishlarini oldingi o‘ringa qo‘yadi. Tadqiqiy yondashuv bo‘yicha ham pedagogik texnologiya variantlari ishlab chiqilgan.
Pedagogika nazariyasi va amaliyotida an‘anaviy yondashuv o‘z imkoniyatlarini sarflab bo‘ldi, tizimli, texnologik va tadqiqiy yondashuvlar istiqbolga ega. Texnologik , tizimli va tadqiqiy yondashuvlardan har birining ta‘lim tizimida o‘z o‘rni bor va o‘z joyida qo‘llanilishi lozim.
Rivojlangan mamlakatlarda ta‘limning turli darajalari o‘quv (reproduktiv, mahsuldor, tadqiqiy-ijodiy) pedagogik texnologiya variantlari ishlab chiqilgan.
Keng ko‘lamda amalga oshirilayotgan ta‘lim islohotlari ta‘limning ilg‘or texnologiyalarini o‘rganish va o‘quv-tarbiya jarayoniga joriy etishni taqazo qiladi. Bu o‘z navbatida pedagog xodimlardan ta‘lim sohasiga texnologik yondashuvni, pedagogik texnologiya usulini egallashni va O‘zbekistonning milliy, ma‘naviy-madaniy xususiyatlari, tarixiy ilg‘or an‘analarini hisobga olgan holda pedagogik amaliyotda qo‘llash va rivojlantirishni talab etadi.
Texnologik yondashuv mavjud an‘anaviy o‘quv jarayoniga faqat kompleks tarzdagina emas, pedagoglar tomonidan o‘zgartirilishi, metodik qo‘llanmalar, o‘quv-moddiy baza yaratilishiga qarab bosqichma-bosqich ayrim elementlari amalga oshirilaverishi ham mumkin. Bu birinchi navbatda pedagogik texnologiyaning muhim qismi-pedagogik predmetlar va mavzular bo‘yicha ta‘lim maqsadlarini aniqlash usullariga taalluqlidir.
Pedagogik tadqiqotchilar ta‘lim-tarbiya hodisalarini o‘rganganda ma‘lum darajada bu yondashuvlarni qo‘llaydilar. Amaliyotchi pedagoglar ham bundan mustasno emas. Agar har bir yondashuv nimaligini anglab, o‘z o‘rnida, maqsadga muvofiq tarzda unga amal qilinsa, o‘quv-tarbiyaviy ishlar samaradorligini ancha yuqori bo‘lar edi.
Shunday qilib pedagogik texnologiyalar hozirgi davr ta‘lim jarayoni yangi sifat ko‘rsatkichlariga olib chiqishi mumkin bo‘lgan metodlar tizimiga aylandi. Jahondagi rivojlangan davlatlarning tajribasi ilg‘or pedagogik texnologiyalarga asoslangan holda o‘quvchi-yoshlarning bilim olishiga bo‘lgan qiziqish va ehtiyojlarini qondiribgina qolmasdan, yuqori malakali mutaxassislar etishtirib berish vazifalarini ham hal etmoqda.