Mavzu: Didaktik jarayon pedagogik texnologiyaning asosiy omili. Kirish


Didaktik jarayonni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish



Yüklə 55,52 Kb.
səhifə4/4
tarix17.04.2023
ölçüsü55,52 Kb.
#99489
1   2   3   4
Didaktik jarayon pedagogik texnologiyaning asosiy omili.

2.2 Didaktik jarayonni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish
Shiddat bilan o'zgarib borayotgan dunyoda yashay oladigan yoshlarni tayyorlash uchun asosiy vazifasini muayyan miqdordagi bilimlarni berishdan iborat deb hisoblaydigan an'anaviy ta'lim yo'sini mutlaqo yetarli emas. Chunki ilm-fan va texnika shu darajada rivojlandiki, endi odam biror fandagi eng asosiy tushunchalarni ham xotirasida saqlab qola olmaydi. Buning ustiga, tinimsiz o'zgarishlardan iborat bo'lib qolgan hayotga mustaqil qadam qo'yayotgan yoshlar ana shunday o'zgarishlarga ham intellektual, ham ma'naviy jihatdan tayyor bo'lmasa, raqobatlar kurashidan iborat dunyoda o'z o'rnini topolmasligi mumkin. Hozirgi kunda ta'lim tizimida boy tajribalar yig'ilgan. Chunonchi, ishbilarmonlik o'yinlari, kompyuterli o'qitish, individuallashtirilgan o'qitish, insonparvarlik, hamkorlik, shaxsni erkin tarbiyalash va h.zo.
Bugungi kunda xorij tajribalaridan andoza olish, ijodiy yondashgan holda amaliyotda joriy etish, zamon talabiga mos ravishda me'yoriy hujjatlar, o'quv-metodik adabiyotlar, o'quv metodik majmualarni ishlab chiqish, ilg'or xorijiy tajriba asosida maktabgacha ta'lim tashkilotlarining rahbar va mutaxassislarida zamonaviy menejment va pedagogik texnologiyalar bo'yicha sohaga oid bilim va ko'nikmalarni shakllantirish vazifalari dolzarb masalalar sirasiga kiritilmoqda. Shu bois mamlakatimizda maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish yuzasidan farmon va qarorlar qabul qilindi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "20172021 yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 2016-yil 29-dekabrdagi PQ2707-sonli, "Maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 2017-yil 9- sentyabrdagi PQ-3261-son qarorlari, "Maktabgacha ta'lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 2017- yil 30- sentyabrdagi PF-5198 sonli Farmoyishi shular j umlasidandir.
"Maktabgacha ta'lim konsepsiyasi"ning paydo bo'lishi maktabgacha ta'lim
mazmunini yangilash, umumiy amaliyotda yangi pedagogik texnologiyalami sinovdan o'tkazish va pedagoglar tomonidan o'qitishning yangi usullari va shakllarini o'rganish bilan bog'liq nazariy va amaliy masalalarni qizg'in muhokama qilishning boshlanishi bo'ldi. Mahalliy maktabgacha ta'limda innovatsion jarayonlarni rivojlantirish normativ va dasturiy-metodik hujjatlarda aks ettirilgan. Ushbu ishda ta'limning barcha darajalari, metodologiya xizmati, ilm-fan va amaliyotning barcha darajadagi mutaxassislar ishtirok etib, birlashtirilgan ta'lim maskani yaratildi. Maktabgacha ta'lim sohasi uzluksiz ta'lim tizimining birlamchi bo'g'ini hisoblanib, u har tomonlama sog'lom va barkamol bola shaxsini tarbiyalash va maktabga tayyorlashda g'oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Mustaqillik yillarida Respublikada ta'lim-tarbiya tizimi va barkamol avlodni tarbiyalash davlat siyosatining asosiy ustuvor yo'nalishlari darajasiga ko'tarildi. Biroq o'tkazilgan tahlillar maktabgacha ta'lim sohasida olib borilayotgan ishlarning samarasi va natijasi yetarli darajada emasligini ko'rsatmoqda.
Jumladan, MTTda zamonaviy pedagogik texnologiyalar, didaktik topshiriqlar va ishlanmalar, bolalarni maktabga tayyorlash bo'yicha zamonaviy shakl va usullarni ishlab chiqilmaganligi, rivojlangan mamlakatlarning tajribasi yetarli darajada tahlil qilinmaganligi hamda ular singari ijtimoiy, shaxsiy, hissiy, nutqiy, matematik, jismoniy va ijodiy rivojlantirish, atrof muhit bilan tanishuvga yo'naltirilgan maxsus davlat ta'lim dasturlari tatbiq qilinmaganligi, faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlarning aksariyati ijodkor emasligi, ta'lim-tarbiya sifati monitoringi yuritilmaganligi kabi faktorlarni keltirish mumkin.
Bundan tashqari, maktabgacha ta'lim sifati monitoringini yuritish tuzilmaviy va tashkiliy jihatdan nazarda tutilmaganligi sababli, maktabgacha ta'lim tashkilotlaridagi ta'lim jarayonining sifati va samaradorligini baholash zamon talablariga javob bermaydi.
Ta'lim tizimining hozirgi kundagi rivojlanish bosqichida uning birinchi bo'g'ini hisoblangan maktabgacha ta'limda jadal o'zgarishlar yuz bermoqda va ular quyidagilarda namoyon bo'lmoqda: maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatining huquqiy-me'yoriy asosi takomillashmoqda; maktabgacha ta'lim tashkilotlari moliyaviy-xo'jalik faoliyatining yangi turlariga o'tmoqda; nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarmog'i kengaymoqda; ta'limning ilg'or texnologiyalari joriy etilmoqda; xodimlarning malaka oshirish tizimi takomillashmoqda; qisqa muddatli guruhlar asosida maktabgacha ta'lim tashkilotlarining muqobil shakllari joriy etilmoqda. O'zbekistonda maktabgacha ta'lim tashkilotlari zamonaviy tizimi quyidagi jadvalda o'z aksini topgan.
Bolalar yaslisi, yasli bog'chasi, xususiylashtirilgan bolalar
Bolalar bog'cha maktabi
O'zbekistonda maktabgacha ta'lim tashkiloti zamonaviy tizimi
Tiklovchi turdagi bolalar bog'chasi (jismoniy va ruhiy)
Til badiiy-estetik sport va boshqalar
Kombinatsiyalangan turdagi bolalar bog'chasi
Parvarishlash va sog'lomlashtirish bolalar bog'chasi
Ta'lim jarayoni bola shaxsiga yo'naltirilganligidan kelib chiqib, maktabgacha yoshdagi bolalarning ta'lim-tarbiyasi shaxsning rivojlanishida ijodiy va insonparvarlik tamoyillariga asoslangan holda ta'lim-tarbiyaning usul va uslublari tizimidan tashkil topgan hamkorlik pedagogikasi tamoyillariga tayanib amalga oshirilishi lozim.
Maktabgacha ta'lim sifati - natija haqida bola shaxsini rivojlantirish nuqtai nazaridan bolalar quyidagi shaxsiy natijalarni qanday egallaganiga qarab so'z yuritish mumkin: tizimli tabaqalanadigan malakalilik:
• til malakasi, bolaning o'z fikrlari, istaklari va niyatlarini nutq vositasida va nutqsiz vositalarda erkin ifodalashni nazarda tutadi;
• ijtimoiy malaka, har bir insonga oliy qadriyat sifatida yondashishni, uning o'ziga xosliklari va manfaatlarini tushunish mahoratini, uning hissiy holatidagi o'zgarishlarni payqashni, vaziyatga qarab muloqot usullarini tanlashni o'z ichiga oladi;
• intellektual malaka, o'z maqsadiga erishish uchun bolaga yangi xatti-harakatlarini ijro etishga va ularni bajarishga yordam beruvchi umumiy intellektual faoliyatni shakllanganligini nazarda tutadi;
• jismoniy malaka, bolaning o'z yosh darajasiga mos keluvchi turli harakat turlarini egallaganligini ko'rsatadi;
ixtiyorivlik. bola tomonidan qoidalar va me'yorlarga muvofiq o'z xatti-harakatini boshqarish ko'nikmasida namoyon bo'ladi;
mustaqillik. kundalik hayotda va ishda paydo bo'ladigan turli vazifalarni bola tomonidan kattalarning yordamisiz mustaqil kun tartibiga qo'yish va hal qilishni ta'minlaydi;
mas'uliyat. "mumkin" va "mumkin emas", "yaxshi" va "yomon", "xohlayman" va "kerak" o'rtasida tanlov vaziyatida paydo bo'ladi;
Tahlil va natijalar. Conclusions and suggestions
aktabgacha ta'lim tashkiloti mashg'ulotlarini zamonaviy tashkil etishning mazmun va mohiyatini amalda qo'llashga oid qator mashg'ulotlar o'tkazildi.
1. Topshiriq: "Bu rasmlar nimasi bilan farqlanishini aytgin". Sizning kichkintoyingiz "semiz" va "ozg'in" so'zlar mohiyatini tushungan bo'lishi kerak.
2. Topshiriq: "Bu rasmlar nimasi bilan farqlanishini ayting". Sizning kichkintoyingiz "baland, novcha" va "past, pakana" so'zlar mohiyatini tushungan bo'lishi kerak.
Avval nima, keyin nima?Rivojlantiruvchi loto o'yini 5-7yosh O'yin doskasi Kartochkalar
Maktabgacha ta'lim tashkilotining Tayyorlov guruhida 32 ta tarbiyalanuvchi, keyingi guruhida 35 ta tarbiyalanuvchi, oxirgi tayyorlov guruhida esa 35 ta
tarbiyalanuvchi mavjud bo'lib, sinov shu uchta o'zbek guruhlarida olib borildi. Tajribalarimiz avvalida tayyorlov guruhlarida tarbiyalanuchilarining o'zlashtirish darajasini quyidagi ko'rinishini aniqladik.
1- jadval
Tanlanmalar Qoniqarsiz Qoniqarli Yaxshi A'lo Tarbiyalanuvchilar soni
Tajriba guruhi 19 16 28 4 67
Nazorat guruhi 32 14 18 5 69
Jami 51 30 46 9 136
Ta'limiy tajribalar asosida olingan natijalar tadqiqot uchun ko'zlagan maqsad va ilmiy g'oyaning asosli ekanini ko'rsatdi.
Tajriba yakunida olingan ko'rsatkichlar shuni ko'rsatdiki, maktabgacha ta'lim tashkiioti mashg'ulotlarini zamonaviy tashkil etishning nafaqat ularning bilim darajalarini oshishiga xizmat qilib, balki ularda o'yin faoliyati, psixofiziologik xususiyatlari, jumladan tafakkuri, xotirasining shakllanishi va rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatishi aniqlandi. Buni quyidagi jadval asosida ko'rishimiz mumkin:
2- jadval
Tanlanmalar Qoniqarsiz Qoniqarli Yaxshi A'lo T arbiyalanuv chilar soni
Tajriba guruhi 2 11 54 67
Nazorat guruhi 31 12 20 6 69
Jami 31 14 31 60 136
Yuqoridagilardan xulosa chiqargan holda tajriba ishlarimizni quyidagilarga qaratdik.
1. Kuzatishlarimiz shuni ko'rsatadiki, yuqoridagi mavzular bo'yicha topshiriqlar og'zaki test asosida o'tkazildi.
2. Tajriba avvalida 5,97 foiz o'zlashtirishga, tajriba yakunida esa 80,59 foiz o'zlashtirishga erishdilar.
MTTda o'tkazilgan tajriba-sinov ishlarining natijalari juda ham quvonarli. Bundan ma'lum bo'ladiki, tajribadan keyingi holat tajribadan oldingi holatdan yuqori ekan.
Demak, ushbu maktabgacha ta'lim tashkiloti mashg'ulotlarini zamonaviy tashkil etishda yaxshi natijalarga erishgan deyish mumkin.
Ta'lim samaradorligini oshirish, eng avvalo, tarbiyachining pedagogik mahorati hamda uning ta'lim jarayoniga nisbatan yondashuvi muhim ahamiyatga ega. Bugungi kunda tarbiyachilarning pedagogik mahorati darajasi har bir mashg'ulot hamda o'rganilayotgan mavzuning tarbiyalanuvchilarga yetkazib berish jarayoniga nisbatan ijodiy, texnologik yondashuvni taqozo etmoqda. Texnologik yondashuv negizida namoyon bo'luvchi holatlarning asosiysi - bu dars jarayonining muayyan loyiha asosida tashkil etilishi sanaladi.
Maktabgacha ta'lim sifatiga ta'sir qiluvchi tashqi muhit omillariga ijtimoiy buyurtmali maqsadlardan tashqari maktabgacha ta'limga davlat me'yorlari (talablari), shuningdek, maktabgacha ta'lim tashkilotida bolalarga ta'lim berish uchun zarur bo'lgan tashqi resurslar (kadrlar, axborot, moddiy va hokozo) kiradi.
Xulosa o'rnida shuni qayd etish lozimki, texnologik yondashuv asosida ta'limni tashkil etish ijobiy natijalarni beradi.

Adabiyotlar:


Karimov. “Barkamol avlod –O‘zbekiston taraqiyotining poydevori”. T.,1997.
Yo‘ldoshev.J.G‘.Yangi pedagogik texnologiya yo‘nalishlari, muammolari, echimlari //Xalq ta‘limi, 1999, №4. B.4-11.
Saidaxmedov N. «Yangi pedagogik texnologiyalar mohiyati”. “Xalq ta‘limi” jurnali. 1999,1-son
Farberman. B.L. Ilg‘or pedagogik texnologiyalar. T.,2001
Ochilov M.Yangi pedagogik texnologiyalar. “Nasaf” nashriyoti. 1999.
Sayidaxmedov. N. Yangi pedagogik texnologiyalar. T.,”Moliya”, 2003. 171 b.
Azizxo’jayeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. T., 2003.
CHoriev A. Yangi pedagogik texnologiyalar. Ma‘ruzalar matni, Qarshi 2000.
9.T.G‘afforova va boshqalar. Ta‘limning ilg‘or texnologiyalari. Qarshi 2003. 112 b.
Xaydarova O.Q. Oliy pedagogik ta’limga texnologik yondashuv asoslari. – Toshkent.: Yangi asr avlodi. 2006.
Xaydarova O.Q. Bo’lajak o’qituvchilarni innovatsion faoliyatga tayyorlash. Qarshi, Nasaf, 2008.



Yüklə 55,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin