Mavzu: Didaktik jarayon pedagogik texnologiyaning asosiy omili. Kirish



Yüklə 55,52 Kb.
səhifə2/4
tarix17.04.2023
ölçüsü55,52 Kb.
#99489
1   2   3   4
Didaktik jarayon pedagogik texnologiyaning asosiy omili.

Pedagogik texnologiyaning rivoji.

Pedagogik texnologiya (PT) – shunday bilimlar sohasiki, ular yordamida 3 – ming yillikda davlatimiz ta‘lim sohasida tub burilishlar yuz beradi, o‘qituvchi faoliyati yangilanadi, talaba yoshlarda hurfikrlilik, bilimga chanqoqlik, Vatanga mehr-muhabbat, insonparvarlik tuyg‘ulari tizimli ravishda shakllantiriladi.
· Pedagogik texnologiyaning farqli xussiyatlari va afzalliklari quyidagilardan iborat:
· o‘quv jarayonning qayta takrorlanish imkoniyati;
· uzluksiz teskari aloqani ta’minlash, o‘quv jarayoniga tuzatishlar kiritish o‘rgatuvchi sikllarning mavjudligi;
· o‘qitish natijalarini rejalashtirish va unga erishishni kafolatlaydi.
Ma‘lumotlilik asosida yotuvchi bosh g‘oya ham tabiat va inson uzviyligini anglab yetadigan va soxta tafakkurlash usulidan voz kechgan, qanoatli, o‘zgalar fikrini xurmatlaydigan, milliy-madaniy va umuminsoniy qadriyatlar kabi shaxs sifatlarini ko‘zda tutgan insonparvarlik hisoblanadi. Bu masalaning yechimi qay darajada ta‘limni texnologiyalashtirish bilan bog‘liq.
Dastlab “texnologiya” tushunchasiga aniqlik kiritaylik. Bu so‘z texnikaviy taraqqiyot bilan bog‘liq holda fanga 1872 yilda kirib keldi va yunoncha ikki so‘zdan – “texos” (techne) – san‘at, hunar va “logos” (logos) – fan so‘zlaridan tashkil topib “hunar fani” ma‘nosini anglatadi. Biroq bu ifoda zamonaviy texnologik jarayonni to‘liq tavsiflab berolmaydi. Texnologik jarayon har doim zaruriy vositalar va sharoitlardan foydalangan holda amallarni (operatsiyalarni) muayyan ketma-ketlikda bajarishni ko‘zda tutadi. Yanada aniqroq aytadigan bo‘lsak, texnologik jarayon – bu mehnat qurollari bilan mehnat ob‘ektlari (xom ashyo)ga bosqichma-bosqich ta‘sir etishh natijasida mahsulot yaratishh borasidagi (ishchi-mashina)ning faoliyatidir. Anna shu ta‘rifni tadqiqot mavzusiga ko‘chirish mumkin, ya‘ni: PT – bu o‘qituvchi (tarbiyachi)ning o‘qitish (tarbiya) vositalari yordamida o‘quvchi (talaba)larga muayyan sharoitda ta‘sir ko‘rsatish va aks ta‘sir mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarining jadal shakllanishining kafolatlaydigan jarayondir.
Yuqorida keltirilgan ta‘rifdan ko‘rinib turibdiki, PT tushunchasini izohlahsda texnologiya jarayoni asos qilib olindi. Aslini olganda ham bu tushunchaga berilgan ta‘riflar soni pedagogik adabiyotlarda nihoyatda ko‘pdir. Pedagogik adabiyotlarda “texnologiya” atamasining xilma-xil ko‘rinishhlarini uchratish mumkin: “o‘qitish texnologiyasi”, “O‘quv jarayoni texnologiyasi” va hokazo.
PT o‘qitish jarayonining o‘zaro bog‘liq qismlarini tashkiliy jihatdan tartibga keltirish, bosqichlarini qurish, ularni joriy etishh shartlarini aniqlashtirish, mavjud imkoniyatlarni hisobga logan holda belgilangan maqsadga erishishni ta‘minlaydi. Yoxud PT o‘qituvchining kasbiy faoliyatini yangilovchi va ta‘limda yakuniy natijani kafolatlaydigan muolajalar yig‘indisidir. Texnologiya o‘zining egiluvchanligi, natijalarning turg‘unligi, smaradorligi, oldindan loyihalanish zarurati bilan metodikadan farqlanib turadi.
Ob‘ektiv borliqni o‘rganishhning tizimli yondasis metodi fanda keng ko‘lamda qo‘llanilgach, uning ta‘siri ostida asta-sekinlik bilan PT mohiyatiga ham aniqlik kiritildi: rus olimasi N.F.Talizina texnologiyani “belgilangan o‘quv maqsadiga erishishning oqilona usullarini aniqlashdan iborat” deb tusuntiradi. Shuningdek, olima zamonaviy o‘qitish texnologiyasi haqida fikr yuritib, uni alohida fan sifatida qaras lozimligini uqtiradi: ” O‘qitish texnologiyasi – bu o‘quv jarayonini nima real tavsiflasa o‘sa, o‘qituvchiga o‘rnatilagan maqsadlarga erishish uchun nimaga tayanishh zarur bo‘lsa. Bu alohida fan.
PTni fan sifatida e‘tirof etishh G.K.Selevko tomonidan ham ma‘qullandi: “Pedagogik texnologiya o‘qitishning birmuncha oqilona yo‘llarini tadqiq qiluvchi fan sifatida ham, ta‘limda o‘llaniladigan usullar, printsiplar va regulyativlar sifatida ham real o‘qitish jarayoni sifatida mavjuddir”.
Yuqorida keltirilga ta‘riflardan ko‘rinib turibdiki, PT belgilangan boslang‘ich maqsad va mazmun asosida o‘quv jarayonini loyihalash sifatida talqin etilayapti. Bu bir jihatdan to‘g‘ri, lekin teranroq fikr yuritilsa uning bir yoqlamaliligi ko‘zga taslanadi yoki bunday yondashuvlarda o‘quvchi shaxsi inkor etilayapti. Bu kamchiliklarni birinchi bo‘lib akademik V.P.Bespalko payqadi va o‘zining yirik asarida “PT – bu o‘qituvchi mahoratiga bog‘liq bo‘lmagan holda pedagogik muvaffaqiyatni kafolatlay oladigan o‘quvchi shaxsini shakllantirishh jarayonining loyihasidir” deb ta‘rifladi.
II. Bugungi kunda mamlakatimizda mutaxassislarning ilmiy salohiyatini birlashtirisga imkoniyatlar yetarli. Nazariya va amaliyot birligining ta‘minlanishi PTning asl mohiyatini aniqlashga yo‘l ochadi. Fikrimizcha, yangi PT fanining alohida tarmog‘i sifatida yoki faqat ta‘lim amaliyotini maqbullastirishga yo‘naltirilgan tizim deb qarash mumkin emas. PT bu sohadagi nazariy va amaliy izlanishlarni birlashtirish doirasidagi faoliyatni aks ettiradi.
Pedagogik texnologiya o‘qitishning rejalashtirilgan natijalariga erishishni kafolatlaydi. Bunga, faqat o‘quv jarayoni boshqariladigan taqdirdagina erishish mumkin. Boshqariluvchilik tamoyilining ahamiyati shu bilan belgilanadi. Boshqarish – jarayonni rejalashtirilgan maromda amalga oshirish, o‘qitish maqsadlariga erishish dasturini ro‘yobga chiqarish uchun xizmat qiladi. Mazkur tamoyil o‘qitishning joriy natijalarini ko‘p bosqichli diagnostik (tashxisiy) tekshiruvlar o‘tkazish imkoniyatini, - ko‘zda tutadi butun o‘qitish davrida o‘qitish jarayonini boshqarish asosan didaktik testlardan foydalanib amalga oshiriladi. O‘qitish jarayonida didaktik testlardan foydalanish, teskari aloqani ta’minlaydi. Teskari aloqa natijalarining tahlili, ko‘zlangan natijaga erishish uchun vositalar va uslublarni o‘zgartirish orqali o‘qitish jarayonini boshqarish imkoniyatini beradi. Boshqarilish tamoyili, o‘qitish jarayonini va shu bilan birga uning natijalariga muntazam ravishda tuzatishlar kiritish imkoniyatini beradi.
Sifatli loyihalangan o‘quv jarayonining o‘qitish jarayonini sifatli boshqarish, rejalashtirilgan natijalarga erishishni kafolatidir.
Yangi PT nimani anglatadi? Bu savolning yechimini izihlashga harakat qilamiz.
Birinchidan, PT ta‘lim (tarbiya) jarayoni uchun loyihalanadi va belgilangan maqsadni yechishga qaratiladi. Binobarin, har bir jamiyat shaxshni shakllantirishh maqsadini aniq belgilab beradi va shunga mos holda ma‘lum pedagogik tizim (maktab, kollej, oliy o‘quv yurti) mavjud bo‘ladi. Bu tizimga uzluksiz ravisda ijtimoiy buyurtma o‘z ta‘sirini o‘tkazadi va ta‘lim-tarbiya maqsadini umumiy holda belgilab beradi. “Maqsad” esa pedagogik tizimning qolgan elementlarini o‘z navbatida yangilash zaruratini keltirib chiqaradi.
Kadrlar tayyorlashh milliy dasturi ta‘lim-tarbiyaning maqsadini yangi yo‘nalishga burdi, ya‘ni: “o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitdan to‘la xolis etishh, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida yuksak ma‘naviy va axloqiy talablarga javob beradigan yuqori malakali kadrlar tayyorlashh” deb belgilandi. Demak ta‘lim-tarbiyaning maqsadi butunlay yangilandi, unga mos holda mazmunning ham pedagogik jarayonning ham yangilanisi tabiiydir.
Ikkincidan, fan va texnikaning rivojlanisi bilan inson faoliyati chegarasi nihoyatda kengayib borayapti, auditoriyaga o‘qitish imkoniyatlari katta bo‘lgan yangi texnologiyalar (sanoat, qisloq ho‘jaligi, elektron, axborot va bosqa) kirib kelmoqda. Ro‘y berayotgan sifatiy o‘zgarishlar shundan dalolat beradiki, endilikda “o‘rganishh”ning birlamchi jarayonlari an‘anaviy metodika va o‘qitish vositalari romiga sig‘may, o‘quvchining individual qobiliyatlariga mos kelmay qoldi. Yangi metodikalarni talab etadigan va ta‘lim jarayonining ajralmas qismigsa aylanib borayotgan va unga o‘zining ma‘lum xususiyatlarini joriy etadigan yangi texnikaviy, aaborotli, poligrafik, audiovizualli vositalar mavjudki, ular yangi PTni real voqelikka aylantirdi.
PT mohiyat jihatdan bosqa texnologiyalar bilan bir safda turadi, cunki ular ham bosqalari qatori o‘z xususiy sohasiga, metodlari va vositalariga ega, ma‘lum “material” bilan ish ko‘radi. Biroq PT inson ongi bilan bog‘liq bilimlar sohasi sifatida murakkab va hammaga ham tushunarli bo‘lmagan pedagogik jarayonni ifoda etishhi bilan ishlab chiqarish, biologik, Hatto axborotli texnologiyalardan ajralib turadi. Uning o‘ziga xos tomonlari – tarbiya komponentlarini mujassamlastirganidir.
PT boshqa sohalardagi texnologik jarayonlar bilan uzluksiz boyib boradi va an‘anaviy o‘quv jarayoniga, uning samaradorligini oshirishga ta‘sir ko‘rshatisning yangi imkoniyatlarini egallab oladi. Afsuki, bu jarayon hozirgi ta‘lim tizimida juda qiyin kechayapti, haqiqiy kompyuterli PT o‘zining ilmiy ishlanmasini kutayapti.
Axborotli texnologiya PTning tarkibiy qismi, texnik vositalarning mukammalasgan zamonaviy turi sifatida ta‘lim jarayonida qo‘llanila boshlandi. Kelajakda iqtisodiy bo‘hronlar ortda qolib o‘quv yurtlari dasturli “mashina” bilan yetarli darajada ta‘minlanadi. Shundagina axborotli texnologiya asosida o‘quvchi (talaba)larning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish imkoniyati tug‘iladi va u o‘qituvchining yaqin ko‘makdoshiga aylanadi yoki uning funktsiyalarini to‘liq bajarishi mumkin.
TA‘LIMNI TEXNOLOGIYALASTIRIS ob‘ektiv jarayon ekanligini, zamonaviyligi esa ilmiy-texnik taraqqiyot yo‘nalisi bilan belgtlanasini e‘tirof etgan holda PTning o‘ziga xos tomonlari va yaqin kelajakda u bilan bog‘liq vazifalarni quyidagica belgilas mumkin:
1) ko‘p bosqichli ta‘lim tizimida PTning o‘rnini asoslas va zaruriy tavsiyanomalar islab ciqish;
2) zamonaviy sanoat, tibbiyot, iqtisodiyot, ekologiya kabi sohalar bilan PTlarni muntazam ravisda yangilab boris va tabaqalastirilgan yondasuv asosida ularni qo‘llas mezonlarini aniqlas;
3) istiqbolli o‘qitish vositalarini yaratish va ularga tayangan holda ilg‘or PTlarni loyihalas, amaliyotga joriy etish, ommalastiris va samarasini aniqlas;
4) tegisli bosqaruv organlari (Ta‘lim markazlari) tomonidan o‘quv muassasalari faoliyatida yangi PTlarni tatbiq etilis darajasini nazorat qilish va baholas;
5) respublikamizdagi oliy (o‘rta maxsus, kasb-hunar, maktab) ta‘lim tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvcilarni malaka osiris va qayta tayyorlash kurslarida ilg‘or pedagog va axborot texnologiyalari bo‘yica yangi bilimlar tizimi bilan qurollantirisni uzluksiz tashkil etish;
6) oliy o‘quv yurtlari talabalari, ayniqsa mutaxassis-pedagog (iqtisodci-pedagog, huquqsunos-pedagog, muhandis-pedagog va bosqa)lar uchun 40 soat hajmida PT nazariyasi va amaliyoti bo‘yica maxsus kurs joriy etish;
7) respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan ijodkor o‘qituvcilar is uslublarini muntazam ravisda o‘rganib boris va ular tomonidan yaratilgan metodikalarni yangi pedagogik texnologiya darajasiga ko‘taris borasidagi islarni amalga osiris;
8) o‘qituvchi faoliyatini pedagogik texnologiya qonuniyatlariga moslastiris muammolari va bosqalar.
Ilg‘or pedagogik texnologiyalarni loyihalash va hayotga tatbiq etishh muammosi mamlakatimizda ham rivojlangan davlatlar qatori yangi korxona – “Pedagogik texnologiya Davlat Markazi”ni tuzisni taqozo etadi. Agar sjunday Markaz tashkil etilsa, birinchi navbatda “portlash effekti” sari yo‘lni qisqartirihsga hissa qo‘shgan bo‘lardi. Uchinchi ming yillikda ta‘lim taraqqiyotining haqqoniy dvigateli sifatida o‘qituvchi faoliyatini yangilasga, ta‘lim-tarbiya jarayonini maqbul (optimal) qurisga, talaba yosjlarda hurfikrlilik, bilimga cjanqoqlik, Vatanga sodiqlik, insonparvarlik tuyg‘ularini sjakllantirisga ijobiy ta‘sir ko‘rsatar edi.
III. Yangi o‘zbek davlatchiligining tamal toshi qo‘yilayapti: ijtimoiy, iqtisodiy, ma‘naviy, mavkuraviy sohalarda tub islohotlar amalga osirilmoqda. Ta‘lim-tarbiya sohasining isloh qilinishi pedagogika fanini rivojlantirish uchun qulay imkoniyatlar yaratib berdi. Endilikda kisilik jamiyati tomonidan uzoq yillar davomida yaratilgan tarbiya tajribalarini o‘rganish va tadqiq qilish islari keng qo‘yildi.
So‘rovlar tuzumi davrida barca ijtimoiy fanlar kabi pedagogika ham kommunistik mafkura qobig‘i bilan o‘ralgan, uning rivojlanish me‘yori cheklangan, ilg‘or chet el g‘oyalar esa burjua g‘oyalari, deb tanqid qilinar va rad etilar edi. Holbuki har qanday g‘oya ham o‘zida ma‘lum bir ijobiy jihatlarni mujassamlastirisi mukin, ularni amaliyotga joriy etishj foydadan holi emas edi. Jumladan, pedagogik texnologiya (PT) ham burjua didaktikasiga tegisjli yo‘nalis sifatida qarab kelindi va bu muammoni tadqiqot ob‘ektiga aylantirisning iloji yo‘q edi.
Bugun mamalakatimiz istiqloli sarofati tufayli barcha fan sohalarini rivojlangan davlatlarda to‘plangan tajribalar asosida tahlil qilish va takomillastirish imkoniyatlari mavjud.
Pedagogika fani va amaliyotida qo‘llanilayotgan «pedagogik texnologiya” atamasi inglizcha “an edecatianal tecnrology” so‘zidan olingan bo‘lib, aynan tarjimasi “ta‘lim texnologiyasi” degan ma‘noni bildiradi Pedagogika fanida pedagogik texnologiya tushunchasini ta‘riflashda hali yagona bir fikrga kelinganicha yo‘q.
Ayrim amaliyotchi pedagoglar “pedagogik texnologiya” deganda texnologik yondashuvga asoslanmagan (ba‘zi foydali, samarali usullarni yoki o‘qitish jarayonida texnik vositalarni qo‘llashni) tushunadilar. Vaholanki, pedagogik texnologiya ta‘lim jarayoniga yangicha, o‘ziga xos belgilar, xususiyatlarga ega bo‘lgan, tizimli, texnologik yondashuvga asalanadi. U, pedagogikada ijtimoiy-muhandislik tafakkurining maxsuli; texnokratik ilmiy fikr /ong/ning ta‘lim sohasidagi loyihasi, ta‘lim jarayonini ma‘lum darajada standartlashtirish, takrorlanadigan pedagogik jarayon (tsikl)ga aylantirishdir.
Pedagogikada qayta takrorlanadigan pedagogik jarayon (tsiklni) yaratishh oson ish emas. Bunga o‘quv-tarbiya vazifalarining turli-tumanligi, ta‘lim mazmuni va o‘quv materiallarining har xilligi, talabalarning bilim o‘zlashtirish qobiliyatlarini xotira xususityalari bir xil emasligi kabi qator faktorlar sabab bo‘ladi. Shunga qaramay rivojlangan mamlakatlarda olimlar pedagogik texnologiya usulini shlab chiqdilar, ular yaratgan pedagogik texnologiya usuli qayta takrorlanadigan pedagogik tsikl bo‘lib, ta‘lim olishda rejalashtirilgan natijalarni kafolatlaydi.
Pedagogik amaliyotlarda pedagogik texnologiya tushunchasiga berilgan ta‘riflarni va uning muhim belgilari, xususiyatlarini quyida umumlashtirilgan holda keliramiz.
YUNESKO tashkiloti ma‘qullagan ta‘rif: «Pedagogik texnologiya-bu, ta‘lim shakllarini optimallashtirish maqsadida texnik vositalar, inson salohiyati hamda ularning o‘zaro ta‘sirini inobatga olib, o‘qitish va bilim o‘zlashtirishning barcha jarayonlarini aniqlash, yaratishh va qo‘llashning tizimili metodidir”. /Progremmsivnie pedagogicheskie texnologii, Toshkent, 1999,3-bet/.
Boshqa mualliflarning ta‘riflari.
-pedagogik texnologiya-amaliyotda joriy etishh mumkin bo‘lgan ma‘lum pedagogik tizimning loyihasidir;
-pedagogik texnologiya-ta‘lim-tarbiyadan ko‘zlangan maqsadga erishish uchun o‘quv jarayonida qo‘llaniladigan usullar, vositalar majmuidir;
-pedagogik texnologiya oldindan belgilangan, loyixalashtirilgan o‘quv-tarbiya jarayonini izchil oshirish kabilar.
Yuqorida keltirilgan ta‘riflar pedagogik texnologiya usulining mazmunini anglash va aniqlash jarayoni hali poyoniga etmaganligidan dalolat beradi. Bu masalaga oydinlik kiritish uchun avvalo, pedagogik texnologiya usulining muhim belgilarini aniqlash talab etiladi. Pedagogik adabiyotlarni o‘rganishh va tahlil etishh pedagogik texnologiyaning muxim xususiyatlari, belgilari qatorida quyidagilarni ko‘rsatishga imkon beradi:
-ta‘lim jarayonini oldindan loyihalash va sinfda o‘quvchilar bilan qayta ishlab chiqish;
-tizimli yondashuv asosida talabaning o‘qish-blish faoliyati tasvirlaydigan ta‘lim jarayoni loyihasini tuzish;
-ta‘lim maqsadi real, aniq diagnostik bo‘lishi va o‘quvchining bilim o‘zlashtirish sifatini ob‘ektiv baholash;
-ta‘lim jarayonining tuzilishi va mazmuni yaxlitligi, o‘zaro bog‘liq va o‘zaro ta‘sirda bo‘lishi;
-ta‘lim shakllarini optmallashtirish (qulaylashtirish);
-ta‘lim jarayonida taxnik vositalar va inson salohiyatining o‘zaro ta‘sirini hisobga olish;
-ta‘lim maqsadlarini ko‘zlangan etalon asosida o‘quvchilarning kuzatiladigan, o‘lchanadigan xarakatlari shaklida juda oydinlashtirish:
-talabaning faolligiga tayanib o‘qitish;
-bilim o‘zlashtirish jarayonida yo‘l qo‘yilgan xatolarni aniqlab tuzatib borish;
-shakllantiruvchi va jamlovchi baholar;
-belgilangan mezonlarga binoan test vazifalarini bajarish;
-ta‘limning rejalashtirilgan natijasiga erishishning kafolotlanganligi;
-ta‘lim samaradorligining yuqoriligi.
Pedagogik texnologiya tushunchasiga doir mavjud ta‘riflar hamda pedagogik texnologiya usulining muhim belgilari, xususiyatlarini umumlashtirilgan holda keltirdik. Ma‘lumki, mantik faniga ko‘ra, biror tushunchaga ilmiy ta‘rif berish uchun ta‘rifda tur va jins tushunchalar keltirilishi va ta‘riflanayotgan tur tushunchasi jins tushunchaga kiradigan boshqa tur tushunchalardan farqini ko‘rsatuvchi muhim belgilari ko‘rsatilishi talab etiladi.
YUNESKOning ta‘rifida «pedogogik texnologiya”-tur tushuncha, “tizimli metod”-jins tushuncha hisoblanadi. Ta‘rifda pedagogik texnologiya usulini o‘qitishning boshqa usullaridan farqini ko‘rsatuvchi ayrim belgilari ham /ta‘lim shakllarini optimallashtirish, texnik vositalar va inson salohiyati hamda ularning o‘zaro ta‘sirini inobatga olish; o‘qitish va bilim o‘zlashtirishning barcha jarayonlarini aniqlash, yaratishh va qo‘llash ko‘rsatilgan.
Lekin bizningcha, YUNESKO ta‘rifida pedagogik texnologiyani ta‘limning boshqa usullaridan keskin farqini yaqqol ko‘rsatuvchi: “ta‘lim jarayoniga tizimli, texnologik yondashuv; ta‘lim maqsadlarini oydinlashtirish, natijasini kafolatlash va ob‘ektiv baholash” muhim belgilar aks etmagan. Jins tushuncha sifatida ishlatilgan “tizimli metod” atamasi ham bitta metod /ya‘ni tizimli metod/ ma‘nosini bildiradi.
Pedagogik texnologiya-tizimli,texnologik yondashuvlar asosida ta‘lim shakllarini qulaylashtirish, natijasini kafolatlash va ob‘ektiv baholash uchun inson salohiyati hamda texnik vositalarning o‘zaro ta‘sirini inobatga olib, ta‘lim maqsadlarini oydinlashtirib, o‘qitish va bilim o‘zlashtirish jarayonlarida qo‘llaniladigan usul va metodlar majmuidir. Bunday usul va metodlarni ishlab chiqish pedagogik texnologiya nazariyasi va metodikasining vazifasidir.
Pedagogik texnologiya-ta‘lim usuli, ma‘lum ma‘noda ta‘lim-tarbiya jarayonlari, vositalari, shakl va metodlari majmui. O‘quv materiallarini tanlash, qayta ishlab o‘quvchilarning kuchiga, o‘zlashtirish xususiyatlariga moslab shakli, xajmini o‘zgartirish ham ta‘lim texnologiyasiga daxldor. Pedagogik texnologiya ta‘lim-tarbiyaning ob‘ektiv qonuniyatlari, diagnostik maqsadlar asosida o‘quv jarayonlari, ta‘lim-tarbiyaning mazmuni, metod va vositalarini ishlab chiqish va takomillashtirish tizimidir.
Pedagogik texnologiya uchun pedagogik amaliyot jarayonlarini belgilash va tasvirlash; o‘quvchi yoki talaba kelgusi faoliyatida duch keladigan vazifalarni oldindan aniqlash; o‘qitishning har bir bosqichida ta‘limning mazmuni /o‘quv rejasi, o‘quv elementlari, ularning mantiqiy tuzilmasi, o‘quv dasturlari, darsliklarini/ belgilash; o‘quv yuklamasi bolaning kuchiga moslik darajasini va talabaning o‘zlashtirish tezligini aniqlash; ta‘lim –tarbiyaning shakllari va vositalari /o‘quv qo‘llanmalari, ta‘lim tarbiyaning texnik vositalari/ni tayyorlashh; o‘quv jarayonining motiv komponentini ro‘yobga chiqarish maqsadida predmetning mazmuniga kiritish uchun qo‘shimcha ravishda vaziyatli matnlar, testlar tayyorlashh; shaxsda shakllantirish nazarda tutilgan kasbiy sifatlar va ma‘naviy fazilatlarni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan mashqlar tizimini ishlab chiqi; ta‘limning natijasi va o‘zlashtirish darajasi, sifatini baholash mezonlariga mos ravishda talabaning bilim va malakalarni egallash sifatini ob‘ektiv baholash uchun test /nazorat/ vazifalarini tayyorlashh; darsda va darsdan tashqari o‘quvchiga beriladigan vazifalarni rejalashtirish, mustaqil mashg‘ulotlarning tuzilmasi va mazmunini ishlab chiqish kabilar ham pedagogik texnologiyaning vazifalari hisoblanadi.
Pedagogik texnologiyaning fan sifatidagi vazifasi ta‘lim-tarbiya amaliyotida eng samarali va tejamli o‘quv jarayonlarini shaxsni kasb egasi sifatida shakllantiruvchi pedagogik, psixologik qonuniyatlarni aniqlash, shuningdek falsafa, sotsiologiya,fiziologiya, matematika, kibernetika, informatika va boshqa fanlarning qonuniyatlaridan foydalanishh yo‘llarini aniqlashdan iborat.

Il. Bob Pedagogik texnologiya fan sifatida, uning asosiy kategoriyalari metodologik asoslari va o'ziga xos xususiyatlari


Ijtimoiy voqelik ta’limni boshqarish muammolarini ko‘rib chiqish va hal qilishni mustaqil yo‘nalish sifatida ajratib olish, ta’lim-tarbiya jarayonini boshqarishning asoslangan usul, vositalarini ishlab chiqish va joriy qilish zaruratini belgilab berdi. Uning o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirish o‘rtasidagi tashkiliy-boshqaruv, axborot aloqalari, ijtimoiy jihatdan ahamiyatga molik shaxsni shakllantirishdagi yaxlit jarayonning tarkibiy qismlari sifatini oshirdi.
Bugungi kunda erkin va mustaqil fikrlovchi, ijtimoiy-siyosiy hayotda ongli ravishda faol ishtirok etishga qodir yosh avlodni shakllantirish «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ning asosiy ustuvor yo‘nalishidir. Bu esa mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotiga demokratik asoslarini joriy etishni, fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurishni tezlashtirish imkonini beradi. Dastur ta’lim muassasalari mustaqilligini kengaytirish orqali ta’lim boshqaruvini demokratlashtirishni o‘z ichiga oladi.
O‘qish, o‘qitish – inson faoliyatining boshqa sohalari singari ijtimoiy foydali faoliyatdir. Iqtisodiy tuzumlar nima ishlab chiqarayotgani bilangina emas, balki qanday va qanaqa mehnat qurollari bilan ishlab chiqarayotganligi bilan biri ikkinchisidan farq qiladi, degan g‘oya o‘qish-o‘qitish faoliyatiga ham taalluqlidir.
Pedagogika fanida ta’lim usullari rivojlanishiga shu nuqtai nazardan qarab, uni shartli ravishda quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin:
1. Muallim «o‘z qo‘l kuchi» bilan o‘qitish bosqichi, ya’ni o‘quvchi uchun axborot manbai – o‘qituvchi bo‘ladi.
2. O‘quv kitoblari, darsliklar yaratilgan va keng qo‘llanilgan bosqich.
3. Audiovizual vositalar qo‘llanilgan bosqich.
4. O‘qitishni boshqarishda oddiy avtomatlashtirish vositalarini qo‘llash bosqichi.
5. O‘qitishni zamonaviy EHM vositasida boshqarishni avtomatlashtirish bosqichi.
Insoniyatning rivojlanish davrlari almashganda pedagogik texnologiyalar butunlay yo‘q bo‘lib ketmaydi, balki pedagogik texnologiyalar keyingi davrlarga assotsiatsiya orqali fikran bog‘lanadi, yangi sifatlar, xususiyatlarga ega bo‘lib, kuchayadi va boyiydi. Ushbu jarayon borgan sari tezlashib boradi.
Kishilik tarixida 1-bosqich uzoq muddat davom etgan. Unda o‘qituvchi o‘z kuchiga, o‘z bilim va mahoratiga asoslanib ish bajargan. Keyinchalik dunyoviy va diniy mazmundagi qo‘lyozma kitoblar yaratildi, lekin o‘quvchi ularning mazmunini o‘qituvchi faoliyati vositasida o‘zlashtiradi.
2-bosqich darsliklar yaratish va ulardan foydalanish texnologiyasi mukammal rivojlanmagan, lekin o‘qitishning 1,2,3-bosqichlariga xos ta’lim vositalari maktablarga jadal kirib bormoqda.
O‘quv adabiyotlarini joriy etish qarama-qarshiliklar kurashi natijasida sodir bo‘lgan. Keyingi davrlarda ham ta’lim sohasidagi jiddiy o‘zgarishlar oson kechmagan. Bugungi kunda ham 1-bosqich texnologiyasi ruhida shakllangan ayrim pedagoglarda keyingi davrlarda vujudga kelgan o‘quv vositalarini o‘zlashtirib olishga, ta’lim-tarbiya jarayonini shu asosda tashkil etishga intilish sust darajada. 1-bosqich o‘quv vositalari o‘qituvchidan ko‘p mehnat talab etadi va o‘quvchining bilim, tayyorgarlik darajasi yuqori bo‘lmaydi.
Bu pedagogik bosqichlarning har birida ta’lim metodlari takomillashtirila borganligi tufayli o‘qituvchi mehnatining samarasi ortib, zamonaviy texnologiyani qo‘llaydiganlar safi kengaya borgan.
Bugungi kunda respublikamizni rivojlangan davlatlar darajasiga chiqarish maqsadida bir qator qonun va qarorlar qabul qilindi. Ta’lim O‘zbekiston davlati siyosatining ustuvor sohasiga aylandi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida rivojlangan mamlakatlar darajasida raqobatbardosh, yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarni egallagan, yuqori malakali kadrlar tayyorlash maqsadi kun tartibiga qo‘yildi. Auditoriyalarga kirib o‘quv jarayonini kuzatgan kishi mavjud pedagogik tizim birinchi va ikkinchi bosqichlarga xos ekanligiga ishonch hosil qiladi.
Pedagogik texnologiyaning asosiy elementlari quyidagilardan iborat:
1. Pedagogik muloqot texnologiyasida o‘qituvchi (pedagog)ning o‘quvchi-talabalar bilan muloqoti.
Muloqotning vazifalari:
- shaxsni tanish, axborot almashish;
- kelgusi pedagogik muloqotni modellashtirish va tahlil etish;
- muloqotdan olgan tasavvurlari;
- muloqot yuzasidan fikrlashi;
- pedagogik muloqotni tashkil etish texnikasi;
- ishga ijodiy yondashishi.
2. Pedagogik talab texnologiyasi.
- «pedagogik talab» tushunchasi, uning o‘ziga xos xususiyatlari;
- xulq-atvor va ijtimoiy madaniy qoidalarning namoyon bo‘lishi;
- o‘quvchi-talabaga bo‘lgan hurmat va talab;
- pedagogik talabning psixologik tamoyillari va mezonlari.
3. Baholash texnologiyasi, pedagogik baho va belgilash.
- xatti-harakatlardan olgan taassurot, voqelikni, obyekt va subyektni qabul qilish;
- baho berish usullarini tanlash o‘qituvchi (pedagog) o‘z imkoniyatini tahlil etishi, ta’sir samaradorligini oshirishi);
- pedagogik baholash texnologiyasi.
4. Axborotning ta’sir ko‘rsatish texnologiyasi.
- nutqiy-axborot berish, «ratsional axborot berish» tushunchalari, namoyishli va ko‘rgazmali axborot olish vositalaridan biri sifatida;
- nutqiy ta’sir etish, suhbat, hamkorlik, tezis, argument, ko‘rgazma obrazi;
- nutqiy ta’sir etish texnologiyasi;
- namoyish va ko‘rgazmali vosita, iqtisodiy, etik, estetik, gigiyenik materiallar;
- qabul qilishning fiziologik va psixologik xususiyatlarini namoyyish qilish texnologiyasi.
5. Pedagogik materiallarni yaratish va uni yechish texnologiyasi.
- pedagogik konflikt tushunchasi – konflikt pedagogik texnologiya elementi sifatida, konflikt subyektlari orasida qarama-qarshiliklar tavsifi sifatida, bo‘sh va mazmunli konflikt;
- holat tahlili (voqeani aniqlash);
- konflikt;
- konfliktning xilma-xilligi (norozilik, qarshi chiqish);
- konfliktni yechish shakllari (yumor, hazil, toifa).
Pedagogik texnologiyar ning qo‘shimcha elementlari:
1. Psixologik muhit yaratish texnologiyasi.
2. Guruh faoliyatini tashkil etish texnologiyasi.
3. Muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsiz holatlarni tashkil etish texnologiyasi.
4. O‘quvchining xatti-harakatiga pedagogik reaksiya qilish texnologiyasi.
5. Xulqi va odobi yomon o‘quvchi-talabalar bilan ishlash texnologiyasi.
6. Etik himoya texnologiyasi.
7. Muammoli vaziyatlar yaratish texnologiyasi.
8. Pedagogik vosita texnologiyasi.
9. Pedagogik improvizatsiya texnologiyasi.
Bugungi kunda axborot texnologiyalari jamiyatimiz rivojlanishiga ta’sir etuvchi eng muhim omillardan biri hisoblanadi. Axborot texnologiyalari insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida ham mavjud bo‘lib, hozirgi zamon axborotlashgan jamiyatning o‘ziga xos xususiyati shundaki, axborot texnologiyalari barcha mavjud texnologiyalar, xususan yangi texnologiyalar orasida yetakchi o‘rin egallamoqda.
Axborot texnologiyasi va texnik vositalar samarasini belgilaydigan didaktik materiallardan keng foydalanish Pedagogik texnologiyar larning asosiy belgilaridan biridir. Milliy dasturda ta’lim-tarbiya jarayonini boshqarishning bu muhim vositasiga alohida urg‘u berilgan. Axborotli vositalar (kompyuter, elektron aloqa, radio, televideniye) dan foydalanish darajasi ikki omil bilan aniqlanadi:
1. O‘quv jarayoni uchun axborotli vositalar samara beradigan mavzular yuzasidan didaktik materiallarni ishlab chiqish.
2. Pedagoglarning o‘z amaliy faoliyatlarida texnik vositalar va didaktik materiallardan metodik jihatdan to‘g‘ri foydalana olish tayyorgarligini tekshirish.
Axborotli ta’lim jarayoni oldindan pedagogik loyihalangandagina ko‘zlangan maqsadga erishish mumkin. Pedagogik jarayonni kompyuterlashtirishning asosiy yo‘nalishlaridan biri va Pedagogik texnologiyalar bilan shug‘ullanishi lozim bo‘lgan sohadir.
Axborot texnologiyalari – kishilarning bilimlarini rivojlantiradigan, ularning texnika va ijtimoiy jarayonlarni boshqarish bo‘yicha imkoniyatlarini kengaytiradigan ma’lumotlarni tashkil etish, saqlash, ishlab chiqish, tiklash, uzatish usullari va texnika vositalari hisoblanadi. Shuningdek, axborot texnologiyalari deganda, ma’lum bir maqsadga erishish uchun amalga oshiriladigan jarayonlar zanjiridan iborat yaratuvchi faoliyat tushuniladi. Agar texnologik zanjirni tashkil etuvchi jarayonlar, ular orasidagi axborot almashinuvini tashkil etish va ularni uyg‘unlashtirishda kompyuterlardan foydalanish imkoniyati yaratilsa, har qanday texnologiyaning samaradorligi ortadi. Albatta, buning uchun mazkur texnologiyani sinchiklab o‘rganish, jarayonlaridagi va ular o‘rtasidagi axborot almashinuvini, shuningdek, jarayonlar zanjirini (ya’ni texnologiyani) boshqarishning axborot ta’minotini tahlil etish zaruriyati paydo bo‘ladi.
Hozirgi zamon axborot texnologiyalarining asosini quyidagi uchta texnika yutug‘i tashkil etadi:
1. Axborotni mashina o‘qiydigan tushunchalarda jamlash muhitining paydo bo‘lishi (magnit lentalar, kinofilmlar, magnit disklar va h.k.);
2. Axborotni yer sharining istalgan nuqtasiga vaqt va masofa bo‘yicha muhim cheklashlarsiz yetkazishini ta’minlovchi aloqa vositalarining rivojlanishi, aholining aloqa vositalari bilan keng qamrab olinishi (radio eshittirish, televideniye, ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari, yo‘ldosh aloqa, telefon tarmog‘i va h.k.);
3.Axborotni kompyuterlar yordamida berilgan algoritm bo‘yicha avtomatlashtirilgan ishlab chiqish imkonini oshirish (saralash, tasniflash, kerakli shaklda ifodalash, yaratish va h.).
Axborot texnologiyalari, birinchidan, axborotning sirkulatsiyasi va ishlov berish majmui, ikkinchidan, bu jarayonlarning tasviridir. Axborot texnologiyalari ta’lim jarayonida muhim o‘rin tutib, quyidagi vazifalarni hal etishga yordam beradi:
- har bir odamga xos noyob fazilatlardan iborat individual qobiliyatlarni o‘qitilayotgan o‘quvchi va talabalarda ochish, saqlash va rivojlantirish, ularda bilish qobiliyatlarini, o‘zini o‘zi kamolotga yetkazishga intilishni shakllantirish;
- voqea va hodisalarni kompleks o‘rganishni, texnika, ijtimoiy, gumanitar fanlar va san’at orasidagi o‘zaro bog‘liqlikning chambarchasligini ta’minlash;
- o‘quv - tarbiya jarayonlarining mazmun, shakl va metodlarini doimiy dinamik yangilash.
Ta’lim tizimi nuqtai nazaridan axborot texnologiyalarining joriy etilishi bilan birga yuzaga keladigan quyidagi muammolar muhimdir:
1. Texnik muammolar – bular ta’lim tizimida foydalaniladigan elektron hisoblash va mikroprotsessor texnikasiga qo‘yiladigan talablarni, uni qo‘llash xususiyatlarini belgilaydi.
2. Dastur muammolari – bular ta’lim tizimida foydalanish uchun dastur ta’minotining tarkibi va turlarini, ularning qo‘llanish tarkibi va xususiyatlarini belgilaydi.
3. Tayyorgarlik muammolari – bular o‘qituvchi va o‘quvchi, pedagog va talabalarning hisoblash texnikasidan foydalanish uquvi bilan bog‘liq bo‘ladi.
Bugungi kunda ta’limni axborotlashtirishda asosiy yo‘nalish turli o‘quv fanlari bo‘yicha pedagogik dastur vositalarini yaratishdan iborat bo‘lib qoldi. Ammo mavjud va ishlab chiqilayotgan kompyuter texnikasi bazasidagi pedagogik dastur vositalari o‘qitish nuqtai nazaridan ta’lim sifatida muhim siljishlarga olib kelishi mumkin. Buning sabablaridan biri kompyuter texnologiyalarini an’anaviy tashkil etilgan o‘qitish jarayonida joriy etila boshladi. U o‘zining asosiy mazmuni va metodlari bo‘yicha bu texnologiyalarga yo‘naltirilmagan va ularga ehtiyoj sezmaydi.
Ta’lim texnologiyalari doimo axborotli bo‘lgan, chunki ular ko‘p xil axborotni saqlash, uzatish, foydalanuvchilarga yetkazish bilan bog‘liq edi. Kompyuter texnikasi va kommunikatsiya vositalari paydo bo‘lishi bilan o‘qitish texnologiyalari tubdan o‘zgardi. Ta’lim jarayonida axborot texnologiyalarini amalga oshirilishi quyidagilarning mavjud bo‘lishini taqozo etadi:
- ta’limning texnik vositalari sifatida kompyuterlar va kommunikatsiya vositalari;
- ta’lim jarayonini tashkil etish uchun unga mos tizimli va amaliy dastur ta’minoti;
- ta’lim-tarbiya jarayonida yangi o‘quv texnika vositalarini tatbiq etish bo‘yicha mos metodik ishlanmalar.
Keyingi vaqtlarda «o‘qitishning kompyuter texnologiyalari» tushunchasi tarqalib, bunda kompyuterlar bazasida amalga oshirilgan o‘qitish texnologiyalari tushuniladi. Biroq axborot texnologiyalari tushunchasi o‘qitishning kompyuter texnologiyalari tushunchasidan kengroqdir, chunki kompyuterlar axborot texnologiyalari texnik vositalarining tarkibiy qismidir.
Bugungi kunda turli optik xotirlovchi qurilmalar (videodisklar, optik disklar) keng tarqaldi. Ulardan foydalanish matnli grafik axborotni bir vaqtda birgalikda yozish imkonini beradi, shu bilan birga uni qayta tiklashda yuqori sifatli tasvir paydo bo‘ladi. Magnit yozuvdan farqli o‘laroq, optik disklardagi yozuv istalgan sondagi qayta tiklashlarda ham yomonlashmaydi. Kompyuterlar ishining dastur-matematik ta’minoti yuqori texnologik ishlab chiqarish taraqqiyotining muhim yo‘nalishi bo‘lmoqda. Shuningdek, texnik va dasturli axborot texnologiyalari mavjud bo‘lib, ularga quyidagilar kiradi:
EHM tarmoqlari. Hozirgi vaqtda bilimlarning barcha sohalarida EHM yoki kompyuter (lokal yoki global) tarmoqlari keng tarqalgan. EHM lokal tarmoqlari uncha katta bo‘lmagan fazoda amalga oshiriladi va axborot xizmati turli tarmoqlarining integratori bo‘ladi. Ular tashkilotlardagi barcha axborot texnologiyalari vositalarini birlashtiradi hamda ularning samaradorligini oshiradi. EHM global tarmoqlari esa, axborotni katta masofalarga uzatilishini amalga oshirish imkonini beradi.
Yo‘ldosh aloqa tizimlari. Ko‘plab yer ustidagi stansiyalarni va yer sun’iy yo‘ldoshidagi retrenslyatorlarni o‘z ichiga oladi. Bugungi kunga kelib, bu tizimlar kompyuterlar orasidagi aloqani amalga oshirish uchun ma’lumotlar to‘plash televideniye dasturini uzatish uchun ishlatilmoqda.
Sun’iy intellekt tizimlari. Sun’iy intellekt elementli EHMning odatdagi EHMdan farqi shundaki, odatdagi EHMlar faqat statistik ma’lumotlarni, sun’iy intellekt tizimlari esa bilimlarni ishlab chiqadi. Informatikaning alohida yo‘nalishi sun’iy intellektdir. Odam aqliy faoliyatining ba’zi turlarini amalga oshiruvchi dasturli-texnika vositalari ishlab chiqilmoqda.
Elektron pochta. «Elektron pochta» – korrespondensiyalar almashishi uchun pochtaga o‘xshash axborot uzatish va ishlab chiqishning elektron usullaridan foydalanish, ya’ni bosma materiallar, jadvallar va jurnallarni uzatish hamda elektron pochta qog‘ozsiz pochta aloqalari xizmatidan iborat bo‘lib, u xabarlarni to‘plash, ishlab chiqish va taqdim etish hamda ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari tizimidir.
Elektron pochta yordamida aholiga elektron gazeta va jurnallar kabi axborot xizmati ko‘rsatish amalga oshirilgan. So‘nggi yillarda jahon bozorida elektron nashrlar borgan sari ko‘p o‘rin egallamoqda. Bu jarayon kompakt optik disklar keng tarqalishi bilan tezlashdi.
Teleanjumanlar. Teleanjumanlar zamonaviy axborot texnologiyalarning amalga oshirilishiga misol bo‘la oladi. Teleanjumanlarlarni o‘tkazish uchun terminallar, televizion kameralar, grafik displeylar, katta namoyish ekranlari kabi apparaturalardan foydalaniladi. Shuningdek, teleanjumanlar orqali dolzarb masalalar muhokamasini tezkorlik bilan tashkil etish, muhokama uchun istalgan rasmli materiallardan foydalanish, dolzarb masalalarni muhokama qilishda ishtirok etuvchi mutaxassislar doirasini kengaytirish kabi imkoniyatlar yuzaga keladi.
O‘qitishning yangi axborot texnologiyalari o‘quvchi-talabaning emas, u eng avvalo o‘qituvchi (pedagog)ning texnologiyasidir. O‘quvchi-talaba zamonaviy axborot texnologiyasini o‘rganmaydi, balki uning mahsulotidan o‘qitishning texnik vositasi sifatida foydalanadi. O‘qituvchi (pedagog) zamonaviy texnologiyalarni qo‘llab darsga tayyorlanadi, darsni tashkil qiladi, o‘quvchi - talabalar bilimini nazorat qiladi va ta’lim mazmunini takomillashtirishda kompyuterlashtirishning eng yuqori darajasi yangi axborot texnologiyalarini ta’lim jarayoniga olib kirishdan iborat bo‘ladi.
Axborot tenologiyalari, kompyuterlashtirish va kompyuter tarmoqlari negizida ta’lim jarayonini axborot bilan ta’minlashni rivojlantirish omillari quyidagilar: bunda kompyuterlashtirishning har ikkala yo‘nalishini ham rivojlantirib borish zaruriyati tug‘iladi. Buning uchun shu sohada qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlarga asoslangan holda uzluksiz ta’lim tizimini hamma bosqichlarida «kompyuterlashtirishning konsepsiyasi» yaratilishi lozim.
Kompyuterli texnologiyalar dasturli o‘qitish g‘oyalarini rivojlantiradi, zamonaviy kompyuterlar va telekommunikatsiyalarning noyob imkoniyatlari bilan bog‘liq ta’limning ham tadqiq qilinmagan yangi texnologik variantlarini ochadi. Ta’limning kompyuterli (yangi axborot) texnologiyalari – ta’lim oluvchiga axborotni tayyorlash va uzatish jarayoni bo‘lib uni amalga oshirish vositasi kompyuterdir, ya’ni:
- o‘quvchi-talabalarda axborot bilan ishlash mahoratini shakllantirish, kommunikativ qobiliyatlarini rivojlantirish;
- «axborotli jamiyat» shaxsini tayyorlash;
- ta’lim oluvchilarning o‘zlashtirish imkoni darajasidagi yetarli miqdorda axborot bilan ta’minlash;
- o‘quvchi - talabalarda tadqiqotchilik hamda optimal qarorlar qabul qilish mahoratini shakllantirish.
Kompyuter texnologiyasi mazmuni bir qancha shakllantirilgan modelini qo‘llashga asoslangan bo‘lib, bu model kompyuter xotirasiga yozib qo‘yilgan pedagogik dasturli vositalar va telekommunikatsiya tarmog‘ining imkoniyatlari orqali namoyon bo‘ladi.
Axborot texnologiyalaridan faqat o‘quv jarayonida emas, balki uzluksiz ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarni ilmiy-texnik va maxsus axborot bilan ta’minlaydigan axborot ishida, ta’lim tizimini boshqarishda ham foydalanilish mumkin.
Rivojlangan mamlakatlarda axborot texnologiyalarini ta’limga joriy etishda ularning texnik vositalarini integratsiyalash asosiy yo‘nalish bo‘lmoqda. Shu munosabat bilan hatto «multimedia» tushunchasi paydo bo‘ldiki, u o‘qitishda ko‘pchilik texnik vositalardan kompleks foydalanishni bildiradi. Multimediani qo‘llagan holda eng muhim narsa o‘quvchi-talabalarni kerakli axborotni tanlab olishga o‘rgatishdan iborat bo‘ladi. O‘qituvchi (pedagog)ning vazifasi axborotni berishdan iborat emas, balki uni topishda yordam berishdan iborat bo‘ladi, o‘qituvchi (pedagog) bilimlar sohasida yo‘l ko‘rsatuvchi bo‘ladi. Bu kabi o‘qitish vositalari kompleksidan foydalanilgan holda o‘quvchi-talabaga ta’sir ko‘rsatish birgina axborot kanallari (ko‘rish, eshitish va h.k.) orqali amalga oshiriladi. Bu esa ta’lim samaradorligini oshiradi.
Ta’lim jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanilganda o‘quvchi-talabalarning bilish faoliyatini tashkil etish shakllarini tiklash muammosi yangicha hal etilishi lozim. Agar an’anaviy ta’lim sharoitlarida bilish faoliyatini tashkil etishning eng ko‘p tarqalgan shakllari individual va frontal shakllar bo‘ladigan bo‘lsa, axborot texnologiyalaridan foydalanish sharoitida ularning ikkalasidan bir vaqtda foydalanish mumkin. Shuningdek, ta’lim jarayoniga axborot texnologiyalarining joriy etilishi o‘qituvchi (pedagog) vazifasining o‘zgarishiga sabab bo‘ladi, ya’ni pedagog ta’lim-tarbiya berishdan ko‘ra ko‘proq tadqiqotchi, tashkilotchi, maslahatchi va dasturlovchiga aylana boradi. Bularning hammasi esa o‘qituvchi (pedagog)larni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini o‘zgartirishni talab qiladi. Tadqiqotchilar ta’kidlaganidek, o‘qituvchi (pedagog) larning axborot madaniyati asoslari metodologik, umumta’limiy, umummadaniy xarakterda bo‘lib, pedagogik xodimlarni kasbiy tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonida barcha o‘quv fanlari kompleksini o‘rganishda shakllanishi lozim.
Keyingi yillarda Oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarini axborot texnologiyalari bilan jihozlash, ta’lim tizimi mazmuni, uni tashkil etish shakllari hamda sifatini oshirish borasida katta ijobiy o‘zgarishlar ro‘y beradi.
Ma’lumki, o‘qituvchi (pedagog)larning an’anaviy o‘qitish usulida laboratoriya va amaliy ishlar o‘tkazilishiga ko‘p vaqt ajratiladi. Bu mutaxassis tayyorlashning juda muhim tarkibiy qismidir. U nafaqat o‘quvchi-talabaning nazariy bilimlarini mustahkamlashga, o‘quv materialini o‘zlashtirish samarasini oshirishga, balki muayyan sohada amaliy ko‘nikmalarni hosil qilishga ham ko‘mak beradi. Biroq, bunday mashg‘ulotlar to‘laqonli natija beradi, deya olmaymiz. Sababi – laboratoriya stendlari yetarli darajada emasligida hamda ko‘pgina laboratoriya stendlari va o‘quv xonalari zamonaviy moslama va uskunalar bilan jihozlanmagan, ularning aksariyati ma’naviy eskirib qolgan va bugungi kun talablariga to‘liq javob bermaydi. Texnologiyalar tez sur’atda rivojlanayotgan hozirgi vaqtda amaliy mashg‘ulotlar uchun laboratoriya va stendlar har bir o‘quv yilida takomillashtirishni talab etadi. Buning uchun esa qo‘shimcha sarf-xarajatlar qilish kerak. Boshqa yana bir muhim omil shundaki, ba’zi laboratoriya tadqiqotlaridagi ish yoki jarayonlarning sustligi sababli ajratilgan vaqt ichida ta’lim oluvchilar takror tahlil yoxud sinovlar o‘tkazishga qiynalishadi, holbuki, ma’lum bir sohada yetarlicha ish ko‘nikmalari va tajriba orttirish uchun amaliy mashg‘ulotlarni ko‘p marotaba takrorlash zarur. Afsuski, an’anaviy ish olib borish sharoitida laboratoriya stendlarining kamligi hamda moslamalarining tez-tez buzilishi va shu bilan bog‘liq ashyolarga qo‘shimcha sarflar qilinishi bois har doim ham bunday qilinavermaydi.
Yuqorida aytilganlarni hisobga olib, yangi tizim mutaxassis kadrlarini tayyorlash uchun fikr muhim vazifalarni hal etishga yordam bera oladigan yangi samarali, hammabop pedagogik uslubni joriy etish zaruriyati tug‘ildi, deb ayta olamiz. Buning uchun laboratoriya stendlari va o‘quv ustaxonalaridagi mashg‘ulotlar barcha talabalar uchun nafaqat qiziqarli, balki qulay va oson bo‘lishiga erishmoq lozim. Mashg‘ulotlar o‘ziga jalb eta olishi, barcha ruhiy va didaktik omillarni hisobga olishi, jarayonlarni jo‘shqin tarzda namoyon etishi, mashg‘ulotlar o‘tkazish va o‘qitilayotgan fanni o‘zlashtirishni, umuman butun o‘qitish samarasini oshirishi, egallangan bilimlar xususida o‘ziga o‘zi baho berish imkonini ta’minlamog‘i zarur. Aynan shu nuqtai nazardan zamonaviy axborot texnologiyalarining tatbiq etilishi yuqorida ko‘rsatilgan vazifalarni maqbul tarzda hal qilish va an’anaviy o‘qitish usulining bir qator kamchiliklarini bartaraf etishga ko‘mak beradi.
Bugungi kunga kelib, Oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida virtual stendlardan muvaffaqiyatli foydalanilmoqda. Xo‘sh, virtual stend deganda nimani tushunamiz? Virtual stend – o‘quv amaliy stendi yoki o‘quv-malaka ustaxonasi bo‘lib, o‘quvchi-talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlashga, kompyuter dastur va texnologiyalari orqali ma’lum yo‘nalishda zaruriy ko‘nikmalarni hosil qilishga yordam beradi.
Virtual stendlar har bir o‘quvchi-talaba uchun texnikaga o‘zining kirish parametrlarini «buyurishga», o‘z bilimlarini nazorat qilishga imkon beradi. Laboratoriya ishini o‘tkazish, uni zarur tartibda tushunish va hokazolar bilan bog‘liq vaqtdan yo‘qotish esa kompyuter samarasi hisobiga kamaytiriladi.
Bunda, ayniqsa, zamonaviy jihozlar va apparatlarni xarid qilish, ularni barcha ta’lim muassasalarida taqsimlash bilan bog‘liq ulkan moliya zahiralarining tejab qolinishi muhimdir. Zamonaviy axborot texnologiyasi bo‘lgan oddiy kompakt diskka o‘nlab, ba’zan esa, yuzlab laboratoriya ishlarini joylashtirish mumkin. Endi esa bir dona shunday virtual laboratoriya stendi necha marta arzonga tushishini hisoblab chiqish qiyin emas. Bundan tashqari, ular bilan birga ta’lim muassasalarini ta’minlash mumkin. Agar ular Internetga ulangan bo‘lsa, undan ham yaxshi bo‘ladi. Bundan shuni ko‘rish mumkinki, virtual stendlar ko‘proq qo‘llanilsa, shunday sarflarning oldini olish mumkin bo‘ladi.
4. Ta’lim tizimida munosabatlarni shakllanishi. 
Internet tizimining xalqaro axborot tizimi orqali masofali usullar yordamida mutaxassis kadrlar tayyorlash va pedagogik kadrlar malakasini oshirish imkoniyati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 4 oktabrda e’lon qilingan maxsus qarorida ko‘zda tutilgan. Tahsil olayotganlar ham, ta’lim muassasalari ham virtual stendlardan foydalanishdan manfaat ko‘radilar.
Ularning joriy qilinishi natijasida, an’anaviy ta’limga qiyoslaganda, mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha ta’lim jarayonining yanada yuqori sifati ta’minlanadi. Bunga avtomatlashtirilgan o‘qituvchi (pedagog) va test o‘tkazuvchi, tizimlar, test topshiriqlari va o‘z-o‘zini tekshirish uchun savollarni o‘z ichiga olgan ixtisoslashgan o‘quv-uslubiy qo‘llanmalardan foydalanish, o‘quv jarayonining uslubiy negizini tezkor yangilash hisobiga erishiladi. Biz o‘qitishning tashkiliy shakllari, zamonaviy axborot texnologiyalari hamda turli ta’lim maskanlarining o‘quv imkoniga ega bo‘lamiz. Bu esa ma’lum darajada turli muassasalar mutaxassislari diplomlari qadri teng bo‘lishini ta’minlaydi.
Demak, ta’lim jarayonida virtual stendlardan samarali foydalanish ta’lim sifatini oshiribgina qolmay, balki ulkan moliya zahiralarini tejashga imkon beradi hamda xavfsiz, ekologik toza muhitni yaratadi. Virtual stendlar joriy etilishi ta’lim, ishlab chiqarish, boshqa davlat muassasalarining umumiy yondashuvini talab qiladi. Virtual o‘qitish stendlarini, ayniqsa qimmatbaho jihozni xarid qilishdan oldin diqqat bilan o‘rganib chiqish zarur. Bu xodimlarni mahalliy sharoitda o‘qitishga, ta’lim oluvchilarni xorij mamlakatlariga guruh-guruh bo‘lib jo‘nashining oldini olishga imkon yaratadi.


Yüklə 55,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin