Mavzu Din psixologiyasining asosiy tushunchalari-fayllar.org
Ana shu ta’rifni keyingi bayon etiladigan Urginovich mulohazalari uchun boshlang’ich nuqta sifatida qabul qilinadi. Ayni shu zahoti quyidagi shaklda savol tug’iladi: psixologik tadqiqotning qanday darajasida, qaysi fan yordamida dindorlar psixologiyasining muhim hususiyatlarini ajratish mumkin? Ularni fiziologik darajasini ochishga bir necha marta xarakat qilinadi. XIX asr mobaynida va XX asrning boshlarida ayrim xorij psixologlari alohida “diniy instikt” mavjudligi to’g’risida asarlar yozdilar. Jumladan: amerikalik psixolog J.Lo’n (1861-1951) insonga zurriyod qoldirish instiktga qanchalar xos bo’lsa, diniy instikt ham xuddi shunday xoslikka ega, deb hisoblaydi. “Instinktiv” kontseptsiya hozirgi zamonda keng ko’lamda yoyilmagan, chunki ko’pgina olimlar unday qarash asossiz ekanligiga iqror bo’ldilar.

Biroq to hozirgacha diniy ruhiyat hodisasini naturalistik nuqtai nazardan izohlashga urinish, ya’ni dindorlik ildizlarini fiziologik jarayonlardan izlash xorijdagi psixologik va dinshunoslik adabiyotlarda hamon mavjud. Xususan, amerikalik dinshunos R.V.Berxon diniy simvol (ramz)lar alohida genetik, ‘ni biokimyoviy asosga ega, ular miyaning murakkab strukturasida joylashganv a ongsizlik sohasida namoyon bo’ladi, deb bayon qiladi.