1-jadval
2000-2019 yillarda O’zbekistonda YaIMning tarmoqlar bo’yicha tarkibi (foizda)*
№
|
Ko’rsatkichlar
|
Yillar
|
2019 yilning 2010 yilga nisbatan o’zgarishi,
(+;-)
|
2000
|
2005
|
2010
|
2015
|
2017
|
2019
|
1
|
Sanoat
|
14,1
|
20,7
|
21,3
|
23,4
|
25,2
|
26,7
|
+12,6
|
2
|
Qishloq xo’jaligi
|
32,1
|
25,0
|
19,4
|
16,7
|
19,7
|
20,9
|
+0,3
|
3
|
Qurilish
|
6,0
|
4,9
|
4,3
|
4,3
|
6,1
|
5,7
|
-0,3
|
4
|
Xizmatlar sohasi
|
35,2
|
38,4
|
46,9
|
48,7
|
38,1
|
35,5
|
+0,3
|
5
|
Sof soliqlar
|
12,5
|
11,0
|
8,1
|
6,9
|
11,5
|
11,2
|
-1,3
|
6
|
Jami
|
100,0
|
100,0
|
100,0
|
100,0
|
100,0
|
100,0
|
X
|
*Manba O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari
Ta’kidlash kerakki, 2019 yilgaqadar YaIM hajmining izchil yuqori o’sish sur’atlari bilan birga uning tarkibida qishloq xo’jaligi maxsulotlari ulushining kamayish tendensiyasi yuz berdi. Masalan, 2000 yilda qishloq xo’jalik tarmog’ining mamlakat YaIMdagi ulushi 32,1 foizni tashkil etgan bo’lsa, 2017 yilga kelib 19,7 foizni tashkil etdi, ya’ni 12,4 punktga qisqardi. Ammo, 2019 yilga kelib qishloq xo’jaligi foydalanilmagan imkoniyatlarni jumladan, o’rmon xo’jaligini daromad topish yo’lida samarali foydalanilganligi natijasida qishloq va o’rmon xo’jaligida ishlab chiqargan maxsulotlari YaIM 20,9 foizini tashkil etdi. Buni avvalambor iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan chuqur tarkibiy o’zgarishlarning yaqqol tasdig’i sifatida e’tirof etish kerak.
2-jadval
Moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohasida band aholi soni nisbatining mamlakatlararo taqqoslama ko’rsatkichlari (foizda)*
№
|
Mamlakatlar
nomi
|
Ko’rsatkichlar (2019 yil)
|
aholi bandligi
|
yalpi ichki maxsulot
|
xizmat ko’rsatish sohasida
|
ishlab chiqarish sohasida
|
xizmat ko’rsatish sohasida
|
ishlab chiqarish sohasida
|
1
|
O’zbekiston
|
50,5
|
49,5
|
35,5
|
64,5
|
2
|
Rossiya
|
65,0
|
35,0
|
68,5
|
31,5
|
3
|
AQSh
|
70,0
|
30,0
|
78,5
|
21,5
|
4
|
Germaniya
|
66,9
|
33,1
|
72,5
|
27,5
|
5
|
Chexiya
|
57,2
|
42,8
|
57,9
|
42,1
|
6
|
Polsha
|
53,2
|
46,8
|
64,0
|
36,0
|
*Manba: mamlakatlarning statistik ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi.
2-jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiyotida band aholi sonida xizmat ko’rsatish sohasining ulushi, O’zbekiston iqtisodiyotida band aholi sonidagi xizmat ko’rsatish sohasining ulushidan ancha yuqori. YaIM tarkibida xizmat ko’rsatish sohasining ulushi ham ko’p. Rivojlangan mamlakatlarda xizmat ko’rsatish sohasida aholi bandligining tarmoqlar kesimidagi tahlili ham yuqoridagi fikrlarni tasdiqlaydi (3.3.5-jadval).
3-jadval
O’zbekiston real sektorida yaratilgan yalpi xizmatlar (foizlarda)
№
|
Xizmat ko’rsatish sohasi tarmoqlari
|
Yillar
|
2020 yilni 2010 yilga nisbatan o’zgarishi (+;-)
|
2010
|
2013
|
2014
|
2017
|
2020
|
1
|
Savdo va umumiy ovqatlanish, moddiy texnika ta’minoti, savdo va tayyorlov
|
10,5
|
10,2
|
11,1
|
10,1
|
25,8***
|
+15,3
|
2
|
Uy-joy kommunal xo’jalik aholiga no ishlab chiqarish turidagi maishiy xizmat ko’rsatish
|
4,1
|
4,2
|
4,3
|
-
|
-
|
X
|
3
|
Sog’liqni saqlash jismoniy tarbiya va ijtimoiy ta’minot
|
3,6
|
4,2
|
4,4
|
3,1
|
1,5**
|
-2,1
|
4
|
Maorif, madaniyat, san’at, fan va ilmiy xizmat ko’rsatish
|
8,3
|
8,3
|
8,5
|
3,6*
|
4,1*
|
-4,2
|
5
|
Moliya kredit
|
2,4
|
2,6
|
2,7
|
12,8
|
20,9
|
+10,4
|
6
|
Boshqa tarmoqlar
|
11,2
|
10,8
|
9,5
|
19,1
|
3,7
|
-7,5
|
*Manba. 2017 va 2020 yildagi statistik to’plamda faqatgina ta’lim xizmatlari ko’rsatilgan.
**Manba 2020 yilda statistik to’plamdi faqatgina sog’liqni saqlash sohasidagi xizmatlar berilgan.
***Manba. 2020 yilda statistik to’plamda faqatgina savdo xizmatlari ko’rsatilgan.
3.Real sektor va iqtisodiy oʼsish. Real agregatlar.
Mamlakatimiz iqtisodiyotini modernizatsiyalash, uning samarali tarkibiy tuzilmasiga ega bo‘lish va shu orqali barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlariga erishish vatanimiz taraqqiyoti va xalq farovonligini ta’minlashning muhim shartlaridan hisoblanadi. Ushbu maqsadlarga erishish uchun Xalqaro valyuta fondi(XVF), XVF ning maxsus fondlari, Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB), Xalqaro rivojlantirish assotsiatsiyasi, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB), Yevropa hamjamiyatining mintaqaviy valyuta-kredit va moliyaviy tashkilotlari, Yevropa investitsiya banki, Islom Taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banklari eng avvalo iqtisodiyotning real sektorini jadal rivojlantirish maqsadida respublikamizni har jihatdan qo‘llab kelmoqda. Ushbu maqsadlardan kelib chiqqan holda, iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida real sektor korxonalarini qo‘llab-quvvatlash dolzarb ahamiyat kasb etib kelmoqda. Chunki xususiy va real sektorni rivojlantirish jarayonida davlatning ichki moliyaviy resurslari yetishmasligi kuzatilib, xalqaro moliya institutlaridan kreditlarni jalb etishga bo‘lgan talab yanada oshib borada. Bugungi kunga kelib xalqaro moliya munosabatlarida xalqaro moliya institutlarini ahamiyati yuqori hisoblanadi. Xalqaro moliya institutlari yirik moliyaviy resurslarga va katta vakolatlarga ega hisoblanadi. Bu tashkilotlar jahon moliya-kredit munosabatlarining asosini tashkil etadi. Xalqaro moliya tashkilotlari bilan hamkorlik mamlakat uchun nafaqat yirik mablag‘larni iqtisodiyotga jalb etish imkonini beradi, balki jahon moliyaviy munosabatlarida o‘z o‘rni va ovoziga ega bo‘lish imkoniyatini ham taqdim etadi
Nominal agregatlar deb joriy davr baxolarida ulchanadigan agrigatlarga, real agregatlar deb bazis davr baxolarida
ulchanadigan agregatlarga aytiladi. Shunday qilib nominal YaIM
ma’lum davrdagi tovar va xizmatlarning joriy davr narxlari data ulchangan xajmidir. Real YaIM xam shu tovar va xizmatlarni belgilaydi, ammo narxlarni bazis yili bax,olarida oladi. Nominal YaIM o’zgarishi narx yoki xajm uzgarishi natijasida xam yuz berishi mumkiy. Real YaIMning uzgarishi oxirigi maxsulot xajmi o’zgarishini aks ettiradi. Narxlarning urtacha darajasi bazis yilga nisbatan uzgarishini nominal YaIMni
real YaIMga nisbati kabi anidlash mumkin. Bu koeffisiyent YaIMning narx diflyatori deb ataladi. Bazis yil uchun diflyator diymati birga (yoki koeffisiyent foizlarida xisoblansa 100 ga) teng. YaIM diflyatori urtacha diymatining uzgarishi mamlakatdagi inflyasiyaning umumiy kusatkichi buladi.
4. Nominal agregatlar va Isteʼmol narxlar indeksi.
Iqtisodiyotda doimiy inflatsiya jarayonining mavjudligi makroiqtisodiy
ko‘rsatkichlarni taqqoslama baholarda hisoblashni zarur etib qo‘yadi.
Chunki, inflatsiya iqtisodiyotning real holatini buzib ko‘rsatadi. Iqtisodiyotni
tahlil qilish, muammolarni aniqlash hamda boshqaruv qarorlarini qabul
qilishni qiyinlashtiradi. Bu vazifani bajarish uchun joriy baholarda
hisoblangan nominal ko‘rsatkichlardan emas, balki taqqoslama (bazis)
baholarda hisoblangan real ko‘rsatkichlardan foydalanish zarur. Ayrim
yagona firmadan farqli o‘laroq milliy iqtisodiyotda juda ko‘p sonli tovarlar
va xizmatlar ishlab chiqarilishi sababli ularning barchasini bir varakayiga
taqqoslama baholarda hisoblash qiyin. Shu tufayli YaIM tarkibida katta
ulushni tashkil etgan eng muhim tovarlar va xizmatlar bahosining o‘zgarishi koeffitsienti (baholar indeksi) hisoblab topilib olingan natija butun milliy
iqtisodiyot uchun tadbiq etiladi. Baholar indeksini yoki inflatsiya darajasini hisoblash uchun: - deflator (Paashe indeksi); - iste’mol narxlari indeksi(Laspeyres indeksi); - sanoat ishlab chiqarish baholari indekslari hisoblanishi lozim. Deflator ko‘rsatkichi quyidagi formula bilan hisoblaganadi:
Nominal YaIM
Deflator =———————————100
RealYaIM
Nominal YaIM yakuniy tovarlar va xizmatlar hajmini joriy narxlarda,
real YaIM esa doimiy narxlarda baholaydi.
Nominal YaIM
Real YaIM = ———————————— 100
Deflator
Shunday qilib, real YaIM hajmi faqatgina ishlab chiqarish hajmi o‘sishi
bilan oshadi, nominal YaIM esa tovar va xizmatlar baho darajasining o‘sishi
natijasida ham oshishi mumkin.
Iste’mol narxlari indeksi quyidagicha aniqlanadi:
∑Qi0Pi1
INI=-------------100
∑Qi0Pi0
Bu yerda: Qi0– bazis yilda iste’mol savatiga kiritilgan i – tovar va xizmatlar hajmi; Pi1 – i – tovarning joriy yildagi bahosi; Pi0 – i – tovarning bazis yildagi hajmi. Iste’mol narxlari indeksi hisoblashning shartlari;
- iste’mol savati bazis yil uchun aniqlanadi va bir necha yil davomida o‘zgarmaydi;
- iste’mol savatiga faqat iste’mol xarakteridagi tovarlar va xizmatlar kiritiladi;
Iste’mol narxlari indeksi (CPI) – bu, rezidentlar tomonidan iste’mol qilinadigan import va mamlakat ichida ishlab chiqarilgan tovarlarni ma’lum savatdagi narxi indeksidir. Bundan farqli ravishda YaIM deflyatori – bu, ham ichki iste’mol, ham eksport uchun ishlab chiqarilgan barcha tovarlar narxi indeksidir. Kurish mumkinki, iste’ml narxlari indeksi (INI) va YaIM deflyatorining o’zgarishidagi farqlar aks ettiradi. Agar import narxlari eksport narxlariga qaraganda ko’proq darajada oshsa, INI orqali ifodalangan inflyasiya darajasi, boshqa sharoitlar teng bo’lganda, YaIM deflyatori orqali ifodalangan inflyasiya darajasidan yuqori bo’ladi.
Takrorlash uchun savollar
1.Iqtisodiyotning real sektori tushunchasiga ta’rif bering.
2. Real sektorning iqtisodiyotdagi oʼrni va ahamiyati nimada.
3.Real sector YaIM ishlab chikarishida ishtiroki
4.iqtisodiy oʼsish turlari
5. Real agregatlar deganda nimani tushunasiz.
6. Nominal agregatlar va isteʼmol narxlar indeksi.
Dostları ilə paylaş: |