1. Kasblarni shaxs diqqatiga qo’yadigan talablari. 2. Diqqatning kasb tanlashdagi roli. 3. Kasbiy mahoratni oshirishda diqqatning o’rni.
Kasblarni shaxs diqqatiga qo’yadigan talablari. Kasbiy diqqatyaxshi shakllangan ixtiyoriy diqqatning anglanganligi va keragicha boshqarish imkoniyatining mavjudligi bilan ajralib turuvchi va nima, qachon, qaerda hamda nimaga diqqatni qaratish kerakligini belgilab beruvchi jarayon hisoblanadi. Kasbiy diqqatning yaxshi rivojlanganligi uning maqsadli va mohirona yo‘naltirilganligi bilan belgilanadi. Diqqatni bir joyga jamlash va uni to‘g‘ri yo‘naltirishda quyidagi omillarni hisobga olish zarur:
ish jarayoniga xos va mos sharoitni yaratish, ya’ni ish joyini saranjomlash, yorug‘likka qulay joylashib olish;
muayyan vazifani bajarish uchun psixologik tayyorgarlik ko‘rish;
aqliy tayyorgarlik, zarur adabiyotlardan foydalanish, tajriba orttirish, aqliy faoliyat yuritish uchun qulay vaqtlarni hisobga olish (tongi soat 5 dan 11 gacha, kundo’zgi soat 16 dan kechki 20–24 gacha aqliy faoliyat unumdorligi yuqoriligini ko’zatish mumkin).
Muhandis xodimning kasbiy faoliyatida diqqatning asosiy xususiyatlari (taqsimlanishi, tarqoqligi, barqarorligi, tez o‘rin almashishi) ham o‘zisha xos ahamiyat kasb etishi, ya’ni sodir bo‘lgan voqea-hodisalarning zarur tomonlarini o‘rganish va aniqlik kiritishda, jinoyatchi Shaxs ning psixik holatini ko’zatishda qo‘l kelishini anglab etish lozim. Masalan, diqqatning hajmi 7–12 ta ob’ektni to‘liq qamraydi, barqarorligi 10–12 daqiqa to‘liq saqlanadi, bir soniya ichida diqqatni 3–4 marotaba ko‘chirish mumkin.
Diqqatni kuchaytirish usullari: – javobgarlik hissini sezish, faoliyat samaradorligini belgilovchi ahamiyatli tomonlarni hisobga olish;
muayyan xatti-harakatlarni amalga oshirishda irodaviy kuchga tayanish;
ob’ektni «e’tibor bilan ko’zat», «yaxshilab qara», «yana bir bor tekshir» kabi diqqatni kuchaytiruvchi buyruqlarni berish;
salbiy hissiyotlarni ko’zatish jarayoniga aralashtirmaslik;
ko’zatuvchanlik faoliyatini susaytiruvchi omillarni inobatga olmaslik.
Diqqat jarayoni, o‘z navbatida, ko’zatuvchanlik faoliyati bilan uyg‘un shakllanadi. Kuzatish Muhandis xodimlarining kasbiy faoliyatida o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. U operativ qiziqish uyg‘otgan Shaxs larning jinoiy faoliyatini fosh etishda, ularning aloqalarini, Shaxsiy xislatlarini o‘rganishda, tergov jarayoniga tegishli ma’lumotlarni to‘plashda namoyon bo‘ladi.
Diqqat deb ongimizni bir nuqtaga to’plab, ma’lum narsa va hodisalarga faol yo’naltirilishiga aytiladi. Diqqat sezish jarayonida, idrok qilishda, xotira, hayol va tafakkur jarayonlarida har doim ishtirok etadi. Demak, diqqat barcha aks ettirish jarayonlarimizning doimiy yo’ldoshidir.
Diqqat inson faoliyatining barcha turlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishning va ularni samaradorligini ta’minlovchi muhim shartlardan biridir. Kishi faoliyati qanchalik murakkab, serzahmat, davomiylik jihatdan uzoq muddatli, mas’uliyat hissini taqozo qilsa, u diqqatga shunchalik yuksak shartlar va talablar qo’yadi. Inson ziyrakligi, farosatliligi, tez payqashi, sinchkovligi, dilkashligi uningturmush sharoitida, shaxslararo munosabatida muhim omil sifatida xizmat qiladi. Diqqat aqliy faoliyatning barcha turlarida ishtirok etadi, insonning xattiharakatlari ham uning ishtirokida sodir bo’ladi.
Psixologiya fanida diqqatga har xil ta’rif beriladi, uni yoritishda psixologlar turli nazariyaga asoslanib yondashadilar. Diqqat deb ongni bir nuqgaga to’plab, muayyan bir ob’yektga aktiv (faol) qaratilishi aytiladi (P. I. Ivanov). P. I. Ivanovning fikricha, biz faoliyatimiz jarayonida idrok va tasavvur qiladigan har bir narsa, har bir hodisa, o’zimiz qilgan ishimiz, o’y va fikrlarimiz diqqatning ob’yekti bo’la oladi.
Diqqatning nerv-fiziologik asosida oriyentirovka yoki tekshirish deb aytiladigan maxsus reflekslar yotadi. Oriyentirovka yoki tekshirish refleksi diqqatning fiziologik asosi hisoblanadi, chunki bu refleks bosh miya yarim sharlarining po’stida kuchli qo’zg’olish jarayonidan iborat bo’ladi. Boshqacha qilib aytganda, har bir daqiqada organizmga turli narsalarning ta’siridan hosil bo’lgan qo’zg’olishlarga nisbatan, oriyentirovka yoki tekshirish refleksini hosil qilgan narsaning ta’siridan yuz bergan qo’zg’olish kuchli bo’ladi. Diqqat ma’lum nerv markazlarining qo’zg’alishi va miyadagi boshqa nerv markazlarining tormozlanishi bilan bog’liqdir. Bu esa sub’yekt ahamiyatli bo’lgan qo’zg’atuvchilarni ajratishni, ya’ni psixik faoliyatning yo’naltirilishini ta’minlaydi. Bunday yo’naltirilishning sodda misoli sifatida oriyentatsiya refleksini ko’rsatish mumkin. Xar qanday yangidan yuzaga kelgan qo’zg’atuvchi, agar u yetarli darajada intensiv(kuchlanishga ega) bo’lsa, tegishli qo’zg’alish jarayonini yuzaga keltiradi, bu refleks, I.P.Pavlov aytganidek «nima u» degan refleks bilan ifodalanadi, bu esa sodda turdagi diqqatning fiziologik asosidir.
I.P.Pavlov ta’limoti bilan akademik A.A.Uxtomskiy olib borgan tekshirishlari bir–biriga to’g’ri keladi. Agar nerv sistemasiga bir qancha qo’zg’ovchilar bir vaqtda ta’sir qilsa bosh miya po’stida shu ongning o’zida bir necha qo’zg’alish o’choqlari paydo bo’ladi. Shu bilan birga, xar bir qo’zg’alish o’chog’i bosh miya po’stining hamma yog’iga tarqalishga iradiatsiyalanishga moyildir. Shuning uchun ayrim qo’zg’alish o’choqlari o’rtasida to’qnashish va «kurash» sodir bo’ladi. Bu kurash natijasida qo’zg’alish o’choqlaridan biri hukmron (dominanta) bo’lib oladi Mana shu hukmron bo’lib olgan qo’zg’alish o’chog’ini akademik Uxtomskiy «dominanta» deb ataydi. Uxtomskiyning bergan ta’rifiga ko’ra;
Dominanta – bu ayni chog’da markazda sodir bo’ladigan reaksiyalar xarakterinni bir qadar belgilab beruvchi hukmron qo’zg’alish o’’chog’idir. Dominantalar mavjud bo’lgan paytda boshqa qo’zg’alish o’choklari («subdominantalar» - nisbatan kuchsiz qo’zg’alish o’choqlari) ko’pincha yo’qolib ketmaydilar. Ular dominantaga qo’shilib, uni kuchaytiradilar yoki dominanta bilan kurasha boshlaydilar. Bu kurash jarayonida subdominanta dominanta bo’lib olishi mumkin, ilgarigi dominanta esa – subdominanta bo’lib qolishi mumkin. Hukmron qo’zg’alish o’chog’i bo’lgan dominanta diqqatimizning ma’lum narsaga yo’naltirilishi va tuplanishining fiziologik asosidir.
Psixologiyada ikki xil diqqat turi farq qiladi. Ulardan biri ixtiyorsiz diqqat bo’lsa, ikkinchisi- ixtiyoriy diqqatdir. Ixtiyorsiz diqqat deb to’satdan ta’sir qilgan biror sabab tufayli bizning xohishimizdan tashqari hosil bo’ladigan diqqatga aytiladi. Ixtiyorsiz diqqat odamning har turli ehtiyojlari va qiziqishi bilan bevosita bog’liq bo’lgan diqqatdir. Ixtiyorsiz diqqatning nerv-fiziologik asosini oriyentirovka yoki tekshirish refleksi tashkil qiladi.
Ixtiyoriy diqqat deb oldindan belgilangan qat’iy bir maqsad asosida va ongli ravishda diqqatimizni ma’lum narsa hamda hodisalarga qaratilishiga aytiladi. Ixtiyoriy diqqatning nerv-fiziologik asosida miya yarim sharlarining po’stida vujulga keladigan optimal qo’zg’alish manbai bilan ikkinchi signallar sistemasining faoliyati yotadi. Ixtiyoriy diqqatning yuzaga kelishida nutqning roli g’oyat kattadir. Ixtiyoriy diqqat har doim ixtiyorsiz diqqat bilanalmashinib turadi. Ixtiyoriy diqqat paytida odam tez charchaydi, chunki ixtiyoriy diqqat odamdan hamma vaqt iroda kuchini sarflashni talab etadi.
Diqqatning asosiy turlari ixtiyyoriy va ixtiyorsiz diqqatdir. Diqqatni bunday turlarga bulish xissiyot yoki irodaning ustunligiga asoslanadi. Shu sababli, ba’zan diqqatning bu turlari irodaviy va emotsional diqqat deb xam ataladi. Diqqatning yana uchunchi turi sungi ixtiyoriy diqqat bo’lib, u dastlabki ikki turdagi diqqatning uziga xos sintezidan iborat. Ixtiyorsiz diqqat maxsus zur berishni talab kilmaydi. U ongga ta’sir etuvchi predmet yoki xodisaning bevosita kizikish uygotishidan paydo bo’ladi.
Ta’lim jarayonida xam umumiy mexnat faoliyatidagi singari, ixtiyoriy diqqat xal kiluvchi rol uynaydi. Diqqatning bu turi ixtiyorsiz diqqatdan, birinchidan, kuzlagan maqsadi bilan fark qiladi, ya’ni u kishining uz oldiga kuygan maqsadiga bog’liq bo’ladi. Ikkinchidan, undan uyushkoklikni talab etadi, bu avvaldan diqqatni tuplashga tayorgarlikda, shuningdek etiborining tuplanish jarayonini boshqara bilishda ifodalanadigan uyushkoklikdir. Uchinchidan, irodaviy diqqatga diqqatni jalb qilish va saklash jarayonida zur berish bilan bog’liq bo’lgan kuch sarflash xos. Nixoyat, turtinchidan, u faoliyat jarayonidagi uta barqarorligi bilan fark qiladi. Shuning uchun uni irodaviy diqqat deyiladi. Faoliyat jarayonida, ko’pincha, diqqatning ixtiyorsiz ravishda asosiy ishdan bo’lak narsalarga ko’chib turishi uchraydi. Bunday xodisani diqqatning chalg’ishi deb ataladi. Ixtiyorsiz diqqatni ham va ixtiyoriy diqqat ham o’zining yo’nalishiga ko’ra tashqi va ichki bo’lishi mumkin.
Manbai bizning ongimizda tashqarida bo’lgan diqqatga tashqi diqqat deb ataladi. Tashqi diqqat dastavval bizning idroklarimiz jarayonida namoyon bo’ladi. Shafyor, vagon haydovchisi, tikuvchining ishida sodir bo’ladigan diqqat tashqi diqqatga misol bo’la oladi. Manbai bizning tasavvurlarimiz, fikrlarimiz, hissiyotlarimiz va mayllarimizdan iborat bo’lgan diqqatga ichki diqqat deb ataladi. Biz ongimizning uzida sodir bo’layotgan jarayonlarni kuzatayotganimizda, ya’ni o’z xissiyotlarimizni, fikrlarimizni, istaklarimizni va shuning kabilarni kuzatayotganimizda ichki diqqat namoyonbo’ladi.
Odamning diqqati bir qancha xususiyatlariga ega bo’lib, ulardan asosiylari-diqqatning bo’linuvchanligi va diqqatning ko’chuvchanligidan iboratdir. Diqqatning kuchi va barqarorligi deb odam o’z diqqatini biror narsa yoki hodisaga uzoq muddat davomida muttasil qaratib tura olishiga aytiladi. Diqqatning kuchi va barqarorligi deb odam o’z diqqatini biror narsa yoki hodisaga uzoq muddat davomida muttasil qaratib tura olishiga aytiladi. Diqqatning bo’linuvchanligi. Diqqatning bo’linishi deganda, biz ayni bir vaqtda diqqatimizni ikki yoki uch narsaga qaratilishini tushunamiz. Agar diqqatimiz faqat bitta narsaga qaratilgan bo’lsa, ya’ni diqqatimiz faqat bitta narsa ustida to’plangan bo’lsa buni konsentratsiyalashgan (to’plangan) diqqat deb yuritiladi. Buning aksicha, agar diqqatimiz ayni bir vaqtda bir necha narsaga qaratilgan bo’lsa, buni bo’lingan (taqsimlangan) diqqat deb yuritiladi.
Diqqatning bo’linishi har kimda har xil bo’ladi. Buning sababi shundaki, diqqatning yengillik bilan bo’linishi diqqatimiz qaratilgan narsalarning ilgaridan bizga qanchalik tanishligi bilan bog’liqdir.
Diqqatning ko’chuvchanligi. Odamning diqqati har doim bir narsada ikkinchi bir narsaga, bir faoliyatidan boshqa bir faoliyatiga ko’chib turadi. Diqqatning ana shunday xususiyatini diqqatning ko’chuvchanligi deb yuritiladi. Diqqatning ana shu yuqorida ko’rib o’tgan asosiy xususiyatlari odamning (shu jumladan bolalarning ham) barcha turdagi faoliyatlari uchun juda kerakli xususiyatlardir. Diqqatning ana shu xususiyatlari tufayli odam atrofidagi muhitga, undagi turli-tuman o’zgarishlarga tez moslasha oladi. Diqqatning bu asosiy xususiyatlari odamga tug’ma ravishda, ya’ni irsiy yo’l bilan berilmaydi. Bu xususiyatlar odamning yoshlik chog’idan boshlab turli faoliyatlar- o’yin, o’qish va mehnat faoliyatlari jarayonida tarkib topib boradi.
Diqqatning ko’lami. Odamlar o’z diqqatlarining ko’lami jihatidan ham bir-birlaridan farq qiladilar. Ayrim odamlar diqqatining ko’lami keng bo’lsa, boshqa bir odamlar diqqatining ko’lami torroq bo’ladi. Diqqatning ko’lami ayni bir vaqtda odamning idrokiga sig’ishi mumkin bo’lgan narsalar miqdori bilan belgilanadi. Boshqacha qilib aytganda, idrok qilish jarayonida diqqatimiz qaratilgan narsalardan qanchasini ongimizga sig’dira olishimiz diqqatning ko’lamini tashkil etadi. Diqqatning ko’lami odatda taxistoskop degan maxsus asbob bilan belgilanadi. Diqqat ko’lamining keng bo’lishi odamning turmush tajribasi va mashq bilan bog’liqdir.
Diqqatning barqarorligi bu diqqatni muayyan maqsadaga buysindirilgan faoliyatda uzoq vaqt markazlashtirib turilishidir. Diqqatning barqarorligi ishda umumiy maqsadga intiluvchanlik saqlangan holda ob’yektlar va faoliyat xarakterining almashinib turishini talab qiladi. Diqqat barqarorligini yuqorida ko’rsatib o’tilgan barcha shartlariga rioya qilish o’quvchilarning o’quv ishlari jarayonida chalg’ishlarini bartaraf qilish uchun juda muhimdir. Chalg’ish – diqqatning barqarorligiga qarama-qarshi bo’lgan holatdir. Bu diqqatning zarur faoliyatdan ixtiyorsiz ravishda chetga ogishi demakdir. Diqqatning barqarorligini uning ko’chuvchanligini va turlicha tebranishi bilan birgalikda o’rganish va tarbiyalash lozim. Diqqatning ko’chishi bu faoliyat maqsadining o’zgarishi bilan diqqatning bir ob’yektidan ikkinchisiga o’tishi demakdir. Masalan, dars davomida o’quvchilar o’qituvchining tushuntirishini eshitib turib, asta-sekin diqqatlarini masalani yechishga bir o’quvchi masalasini yechib turib, boshqasiga ko’chiradilar va xokazo. Diqqatning ko’chuvchanligi va chalg’ishini uning beqarorligi bilan chalkashtirish mumkin emas. Bir necha minut davomida diqqat bilan soatning chiqirlashini eshiting yoki tomir urishini sanab ko’ring biroz vaqtdan keyin diqqatiningiz bir necha chiqirlashni tushurib qoldiradi, ya’ni tebrana boshlaydi. Diqqatning tebranishi bu diqqatning muayyan ob’yektga yana qaytishi yoki kuchayishiga bog’liq holda vaqt-vaqti bilan qisqa muddatli chalg’ishi yoki bo’shashidir.
Dominanta tushunchasi fiziologiya faniga A. A. Uxtomskiy tomonidan kiritilgan. Uning isbotlashicha, D. orqa miyadan tortib to bosh nerv markazlarining ishlash prinsipini tashkil qiladi. Domiianta diqqatning fiziologik asosidir.
Diqqatning ko’lami — bir davrning o’zida diqqat tomonidan qamrab olinishi mumkin bo’lgan ob’yektlarning miqdori.
Diqqatning ko’chuvchanligi — faoliyat jarayonida diqqatning ongli ravishda bir ob’yektdan ikkinchi ob’yektga ko’chirilishi. Diqqatning ko’chuvchanligi har qanday faoliyatda, ayniqsa pulьt boshqaruvidagi alohida ahamiyatga egadir.
Diqqatning taqsimlanishi — diqqatning bir vaqtning o’zida bir qancha ob’yektlarga qaratilishidan iborat xususiyati. Diqqatning taqsimlanishi murakkab faoliyat jarayonini amalga oshirishda alohida ahamiyatga egadir. Masalan: shoferning, o’qituvchining ish jarayonidagi diqqati taqsimlangan diqqatdir.
Diqqatning barqarorligi — diqqatning o’z ob’yektiga kuchli yo’naltirilishi va faol to’planishidan iborat ijobiy xususiyati.
Parishonlik — diqqatni ma’lum bir ob’yektga qarata olmaslikdan iborat salbiy xususiyat. Parishonlik vaqgincha holat bo’lishi ham, shaxsning nisbatan barqaror xislati bo’lishi ham mumkin. Parishonlikning ikki turi mavjud bo’lib, biri diqqatni umuman hech narsaga qarata olmaslik bo’lsa, ikkinchisi diqqatning muayyan ob’yekt ustiga kuchli to’plantirib, boshqa narsalarga qaratilmasligidir. Parishonlik psixopatologik sabablarga ko’ra kelib chiqishi xam mumkin.
Diqqat barqarorligining rivojlanishi shaxsning irodaviy fazilatlarining jiddiyligi bilan chambarchas bog'liq. Artur Blochning "Merfi qonuni" kitobida shunday deyilgan: "Diqqatni jamlashga bo'lgan ehtiyoj doimo chalg'itishga bo'lgan cheksiz xohish bilan birga keladi". Irodaviy e'tiborni tarbiyalash, asosan, mas'uliyat hissini tarbiyalash va irodaviy harakatni o'rgatish bilan bog'liq.