Mavzu: Dunyo xalqlarining milliy mentaliteti Reja


O‘zbek xalq mentalitetida uzviyligi va o‘ziga xosligi



Yüklə 56,49 Kb.
səhifə8/9
tarix07.01.2024
ölçüsü56,49 Kb.
#205717
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Mavzu Dunyo xalqlarining milliy mentaliteti Reja-fayllar.org

4.4. O‘zbek xalq mentalitetida uzviyligi va o‘ziga xosligi
Markaziy Osiyo-qadimdan o‘zining boy tabiiy resurslari va iqlim sharoiti, qulay geografik joylashuvi bilan qadim va o‘rta asrlarda Sharq va G‘arb mamlakatlarini ilk bor o‘zaro bog‘lagan qitalararo karvon yo‘li “Buyuk Ipak yo‘li chorahasida joylashgani, bir vaqtlar iqtisodiy imkoniyatlari bilan yirik davlatlarning diqqat markazida bo‘lib kelgan. G‘arbda yuksak kadrlangan, qiymati jihatidan oltin va qimmatbaho toshlarga tenglashti-rilgan ipak vositasida Vizantiya imperatorlari Yevropadan jangchilar yollashgan va qo‘shni “varvar”-german va slavyan qabilalarining hukmdor-larini o‘z tomonlariga og‘dirib olishgan, chunki ipak ularda yanada qadrliroq sanalgan. Ipak bu paytda uch buyuk davlat: Vizantiya imperiyasi, Sosoniylar Eroni va buyuk Turk xoqonligi o‘rtasidagi iqtisodiy raqobat ob’ektiga aylangan.
Buyuk ipak yo‘li atamasi qadimda ishlatilmagan, uni tarixi, o‘tmishda o‘rganilmagan, bu yo‘lning tarixiy, geografik va madaniy jihatlarini ilmiy o‘rganish, yaqin o‘tmishda XIX asrning 2-yarmidan boshlangan. “1877 yilda mashhur nemis olimi Karl Rixtgofen o‘zining “Xitoy” nomli yirik ilmiy asarida ulkan Yevroosiyo materigining turli qismlarini bog‘lovchi yo‘llar tizimini “Ipak yo‘li” deb atagan, keyinchalik “Buyuk ipak yo‘li” atamasi qabul qilingan.
1987 yilda YuNESKO madaniy taraqqiyot bo‘yicha BMTning umumjahon dekadasi doirasida “Ipak yo‘li-muloqot yo‘li” xalqaro dasturini qabul qildi. Bu dastur O‘rta Osiyo xalqlari boy madaniy tarixlarini keng qamrovda tadqiq etishni nazarda tutadi. Biroq uning asosiy maqsadi- Sharq bilan G‘arb o‘rtasida yanada mustahkamroq madaniy va iqtisodiy aloqalar o‘rnatish, ushbu buyuk qit’alarda yashovchi ko‘p sonli xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni yaxshilashdan iborat”.
XXI asr dunyo xalqlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochdi, shu jumladan o‘zbek xalqi tarixi, ma’naviyati, madaniyati va milliy o‘zligini anglash, o‘rganish sohasida yangi zarvaraqlarni ochmoqda. Sobiq Sho‘rolar davrida o‘zbek xalqining o‘tmishi, tarixini o‘zlari istagandek buzib talqin etishdi, ammo mustaqillik tufayli nafaqat iqtisodiy, siyosiy va boshqa shu kabi soxalarda balki o‘zbek xalqining ko‘hna davlatchilik an’analari, etnik tarixi va etnogeneziga bag‘ishlagan qator salmoqli tadqiqotlar yaratilmokda.
A. Ashirov fikriga ko‘ra”Lekin, afsuski hozirgi qadar o‘zbek xalqning mentaliteti, uning o‘ziga xos tomonlari, milliy yutuklarimiz va nuqsonlarimiz borasida tadqiqotlar aytarli ko‘zga tashlanmayapti. Tarixda ma’lumki, dunyodagi har bir millatning shu jumladan o‘zbeklarning ham aqliy ruhiy qiyofasi ya’ni milliy mentaliteti o‘ziga xos tarixiy, etniq tabiiy-iqlimiy shart-sharoitlar doirasida shakl-langani bois, uning jamiyatda sodir bo‘layotgan ijtimoiy-siyosiy hodisalar, tarixiy jarayonlarga bo‘lgan munosabati ham turli bo‘lishi shubhasiz”.
Zero, o‘tmish ajdodlarimiz, Markaziy Osiyoning markazida joylashgani tufayli bu xududida yashagan xalqlar tarixi, madaniyati, ijtimoiy hayoti va boshqa shu kabi hodislarni rivojida yetakchilik qilgan. Jumladan, milliy o‘ziga xoslik jihatlarini kashf etish uchun uzoq, tarixiy davrni bosib o‘tdi. O‘tmishda sodir bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy voqeyliklar, tabiiy geografik joylashuvi, etnomadaniy aloqalar va diniy mansubliklarni o‘zaro integratsiyasi tufayli o‘zaro uzviylik hamda o‘ziga xoslik jihatlari qaror topdi. O‘troq aholi, yarim ko‘chmanchi ovchi aholi va ko‘chmanchi chorvadorlarning aynan mana shular hamda xalqning ruhiypsixologik karashlari negizida qadimiy an’analar, urf-odatlar va marosimlar shakllanadi.
“O‘zbek xalqining milliy mentaliteti haqida so‘z yuritishdan oldin shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, o‘zbek xalqi 4 ta katta diniy-mafkuraviy bosqichni (zardo‘shtiyliq, buddaviylik, islom, kommunistik) o‘z boshidan kechirganligi va har bir mafkuraviy-diniy ta’sirlar davri tugaguncha necha avlodlar almashganini va bu jarayonlarning millat fe’l-atvorida o‘chmas iz qoldirganini unutmaslik kerak” –degan g‘oyani ilgari suradi, M.Bekmurodov.
O‘zbek xalqining etnogenezi uzoq tarix, o‘tmishga dahldor bo‘lib, etnik jihati ham ko‘p tarmoqli ekanligi uning mentalitetida barcha Markaziy Osiyo xududida yashagan turli urug‘ va sotsial qatlamlar uchun umumiy jihatga ega. G‘arb va Sharqning o‘zaro bog‘lovchi xududda yashaganligi uning milliy an’ana, marosim va urf-odatlarida ham ko‘pchilik manfaatlarini himoya, xurmat qiluvchi fe’l-atvor uning fazilatiga aylangan. Sharqliklarga hos bag‘rikenglik, mehr-oqibatlilik va g‘amho‘rlik kabi ezgu jihatlar, og‘ir sharoitga tushgan yordamga muhtoj kimsaga nisbatan amdardlik hamda yelkadoshlik fazilatlari ana shu jamoaviy yakdillikni ta’minlagan. Til, dil va fikr birligini saqlash, otashparrastlik davrida vujudga kelib, Islom davrida yanada qadr topdi.
O‘zbek xalqi istiqomat qilgan xududlartabiati, iqlimi kabi insonlarning intellektual ma’naviy qiyofasi-mentaliteti rang-barang hamda betakrordir. Amudaryo suvlari yuvub turgan xorazmliklar tabiatida jo‘shqinlik va quyoshni olovlik tafti mujassam bo‘lgan. Movarounnahr va unga tutash mintaqalardagi o‘troq dehqonchilik, me’morchilik va hunarmandchilik madaniyatiga baho berishda bu borada avtoxton xalq sifatida xalqimizning ona tabiat, olov, suv, tuproq va havoni e’zozlash bilan bog‘liq turfa odat bor. Jumladan, Navruz rutubatli qishni kuzatish, olamni yashnatuvchi ko‘klam sog‘inchida ona tabiatga ehtirom ko‘rsatuvchi ko‘p asrlik an’analar mujassam bo‘lgan.
Mehrjon, sada, gul sayli va hosil bayrami kabi sayllarning negizida nafaqat tabiatni olqishlash balki shu kunlarga yetkazgani uchun shukronalik, bergan rizq-nasiba minatdorlik va ehtirom kabi marosimlarni hamjihatlikda o‘tkazish faqat turkiylarga xos jihat bo‘lsa ajab emas. Uzoq yillik yaxshi qo‘shnichilik, e’tibor, e’zoz va xurmat ko‘rsatish o‘zga xalqlardan ayri rivojlanmagan, ayniqsa o‘zbek milliy mentalitetida forsiy zabon xalqlar va arablarning ta’siri katta bo‘lgan.


Yüklə 56,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin